|
Shaxta va rudniklarning ventilyatsiya loyihalari quyidagilarni o’z ichiga oladi
|
bet | 3/4 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 131,96 Kb. | | #154291 |
Bog'liq Mavzu shaxta ventilyatorlari-fayllar.orgShaxta va rudniklarning ventilyatsiya loyihalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
· Kon ishlarini shamollatish uchun zarur bo’lgan kerakli havo miqdorining hisobi;
·Shamollatishsxemasinitanlash;
· Alohida zaboylar va uchastkalarga havoni taqsimlash; umumshaxtadepressiyasini hisoblash;ventilyatorlarnitanlash;
Ko’mir shaxtalarida havo miqdorini hisoblash unga ehtiyoj sezgan barcha uchastkalar uchun alohida hisoblanadi. Shaxta bo’yicha umumiy havo miqdori uning qismli chiqimlari yig’indisidan iborat bo’ladi.
Qazish zaboyini shamollatish uchun zarur bo’lgan havo miqdori quyidagi omillar bo’yicha hisoblanadi:
А) gaz ajralib chiqishi bo’yicha;
B) ko’mirni portlatganda hosil bo’luvchi gazlar bo’yicha;
V) insonlarning eng ko’p soni bo’yicha;
G) chang omili bo’yicha.
Qazish zaboyini shamollatish uchun havo harakatining tezligi quyidagicha qabul qilinadi: minimal – 0,9 m/sek, optimal – 1,6 m/sek, maksimal – 4 m/sek.
Agar chang omili bo’yicha shamollatish intensivligini oshirish kerak bo’lmasa, havo harakatining tezligi normalar va xavfsizlik qoidalariga binoan boshqariladi.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda havoning miqdori hisoblanganidan ortiq qilib tanlanadi va qabul qilinadi.
Kameralarni shamollatish uchun kerak bo’lgan havo miqdori quyidagilar bo’yicha aniqlanadi:
А) PM omborxonalarini shamollatish uchun
B) elektr uskunalari bilan ishlaydigan kameralarni shamollatish uchun
V) zaryadlangan kameralarni shamollatish uchun.
Har bir qazib olish uchastkalari qazish zaboylari, tayyorlov zaboylari va bo’shliqlardan tashkil topgan kon laxmlarining kompleksi sifatida qaraladi.
Shunga bog’liq ravishda har bir qazish uchastkasi uchun quyidagi omillar bo’yicha
umumiy debit bo’ladi:
· Doimiy gaz ajralishi bo’yicha;
· Eng ko’p insonlar soni bo’yicha;
· Uchastkadagi portlash ishlari natijasida hosil bo’luvchi gazlar bo’yicha
Shaxtani shamollatish uchun zarur bo’lgan havoning umumiy miqdori alohida uchastkalarga zarur havolarning yig’indisini hisoblab topiladi.
Ruda shaxtalarini shamollatish uchun zarur bo’lgan havo miqdori ham ko’mir
shaxtalaridagidek hisoblanadi.
|
| |