• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Shamollatish sxemalari laxmlar bo’yicha havo harakatini va tarqalishini ma’lum tartibini nazarda tutadi




    Download 131.96 Kb.
    bet4/4
    Sana10.02.2024
    Hajmi131.96 Kb.
    #154291
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu shaxta ventilyatorlari-fayllar.org
    Zoology1
    Shamollatish sxemalari laxmlar bo’yicha havo harakatini va tarqalishini ma’lum tartibini nazarda tutadi. Toza havo kiruvchi va zararlangan havoni chiqarib yuboruvchi stvollarning joylashishi bo’yicha shamollatishning uch sxemasi farqlanadi:markaziy,qanotli vabirlashgan usul. Markaziy shamollatish sxemasida ikkala stvol ham shaxta maydonining markazida joylashgan bo’ladi. Bunda bir stvoldan uzatiladigan toza havo chiqarish shtreklaridan qazish ishlarigacha boradi va ventilyatsion laxmlardan shaxta maydonining markaziga qaytadi va ikkinchi stvoldab yer yuzasiga chiqib ketadi. Shamollatishning qanotli sxemasida markaziy stvoldan kelgan toza havo chiqarish laxmlaridan qazish ishlarigacha boradi va o’tib o’z yo’lini ventilyatsion shtreklarda, qanotlarda joylashgan ventilyatsion stvolgacha davomettiradi. Shamollatishning birlashgan sxemasida ikkinchi va birinchi sxemalar birlashgan/bo’ladi.
    Gazli shaxtalarda umumiy shamollatish sxemalaridan mustaqil ravishda havo oqimini pastdan yuqoriga yo’naltirish kerak. Buning natijasida metanni zaboydan to’liq yo’q qilishga erishiladi. Yuqori xavfsizlik va alohida uchastkalarning mustaqil ishlashi uchun shaxtaga tushuvchi havo oqimini oqimchalarga ajratish zarur. Keyin ushbu oqimchalar umumiy chiquvchi stvol oqimida birlashtiriladi.
    Stvollar va asosiy ventilyatsion laxmlarning yuzasi 4,5 m2 dan kam bo’lmasligi kerak.
    Xulosa
    Ventilyatsion oqim harakatining tezligi qazish zaboylarida – 0,25m/sek dan kam
    bo’lmasligi va tayyorlov laxmlarida 0,15 m/sek dan kam bo’lmasligi kerak.
    Alohida uchastkalar va zaboylar bo’yicha havoni taqsimlash qazib olishga, odamlar soniga, portlatish ishlariga va kon ishlarining rejasi bo’yicha amalga oshiriladi. Shamollatish sxemalari havo keluvchi laxmlar uzunligi, ularning ko’ndalang kesim yuzasi va keluvchihavoning miqdorini ko’rsatib tuziladi. Shundan keyin shamollatish sxemasining barcha tarmoqlari bo’yicha umumshaxta depressiyasi hisoblanadi.
    Chuqur kuchli gazlashgan shaxtalarni shamollatishni loyihalashtirishda asosiy e’tibor gaz ajralib chiqishi va gaz manbai bo’lgan qatlamlarni gazsizlashtirish usullariga qaratilishi kerak. Zamonaviy qazib olish komplekslari bitta lavadan 2000 t/smena ko’mirni olish imkonini bermoqda. Lekin ventilyatsiya sharoitlariga ko’ra bu qiymat 700-800 t/sutkadan oshib ketmasligi kerak.
    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1)Latipov K.SH., “Gidravlika, gidromashinalar, gidroyuritmalar”, Toshkent, O‘qituvchi,1992y.


    2)Boyarskiy V.A., Kirov I.P., “Vodootlivniye i osusheniye na gornix predpriyatiyax”, Moskva, Visshaya shkola, 1980 g.
    3)Sodiqov A., Boymirzayev B., “Konchilik mexanikasi”, Toshkent, Iqbol-Ziyo, 2007y.
    4)Babak G.A., Bocharov K.P., Voloxov A.T. i dr., “Shaxtniye ventilyatorniye ustanovki glavnogo provetrivaniya”, Moskva,Nedra,1990g.
    http://fayllar.org
    Download 131.96 Kb.
    1   2   3   4




    Download 131.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shamollatish sxemalari laxmlar bo’yicha havo harakatini va tarqalishini ma’lum tartibini nazarda tutadi

    Download 131.96 Kb.