Jadidchilik va jadid adabiyoti




Download 21.65 Kb.
Sana25.05.2023
Hajmi21.65 Kb.
#64360
Bog'liq
Jadidchilik va jadid adabiyoti.
kkkpkpkkoppkoppoppo, grgfrurturturtrtu, Afgʻon urushi 1979, ХС-2017, ХС-2022, назорат топшириқлари EH, Ахборот мажмуа, OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR, 17 mavzu, 15356 2-10-1-11-39--------------------2023 (1), 6-ma ruza-Sinrtgetika, Informatika fanidan test baza(500ta)-fayllar.org, Avloyorova Gulshoda (2), Bobur

Jadidchilik va jadid adabiyoti.

Turkistonda XVIII asr oxirida boshlangan jadidchilik harakati uzoq paytdan buyon davom etib kelayotgan madaniy masalalar borasidagi tortishuvlar va muzokalaralarining yangi shaklda namoyon bo‘lishi edi. Jadidchilik harakati,yangi usulda ta’lim va tarbiyani tevarakdagi Ovrupo sivilizatsiyasiga moslashtirish emas,balki Ovrupo sivilizatsiyasini o‘rganib,uni milliy madaniyatga xizmat ettirishning bir ifodasi edi. Ziyo Ko‘kalpga ko‘ra,“zamonaviylashmoq”degani ovrupoliklar kabi zirhlilar ,/broneviklar/, avtomobillar,uchoqlar ishlab chiqarib,ularni ishlata bilmoq deganidir:zamonaviylashmoq suratda,ko‘rinishda ovropoliklarga o‘xshash kerak degani emas”. (Ziyo Ko‘kalp- Turkiya madaniyat arbobi, shoir, olim, faylasuf,“Turklashmoq,islomlashmoq”, Istambul- 1974,12 bet.) Turkistondagi jadidchilik jarayoni ham Ziyo Ko‘kalp ifodalaridagi mazmunga ega edi.


XVIII asr oxirida boshlangan va XXasr boshida Turkistonning har tarafiga yoyilgan madaniyatga oid kurashlar,aslida XVIII asr oxiridan beri davom etib kelayotgan ta’lim-tarbiya asoslari sohasidagi tortishuvlarning endi yangi davr fikrlari,shart-sharoitlari bilan boyiyotganini ko‘rsatar edi.Turkistonda yangilanish uchun kurash jarayoni ta’lim-tarbiyani yangi usulda tashkil etish orzularidan boshlangan edi.
Turkistondagi,xususan Buxoro shahridagi “madrasalarda ilm o‘rgatish qanday asoslarga olib borilishi kerak”,degan masala olimlar orasida 200 yildan ortiq davr mobaynida muhokama va tortishuvlarga sabab bo‘ldi.
Ma’lumki,Buxoro madrasalari XVI asr oxirigacha,bugungi tushunchalarga solishtirsak dorilfunun tabiatiga ega edi. Madrasalarda barcha ilmlar o‘rgatilardi. XVI asr oxirida fojia boshlandi. Turkistondagi Buxoro davlatining xoni Abdullaxon Buxoroda ajoyib bir madrasa binosini qurdirdi. U 1587 yilda bu madrasaga bir Shayx-ul-Ulamo /Rektor/ tanlamoq uchun ulamolarni bir ilmiy munozaraga taklif etdi. Abdullaxonning amriga ko‘ra,mudarrislardan Mavlaniy Sadriddin bilan Sherozdan kelgan musofir mudarris Mirzajon Sheroziy orasida diniy va ilmiy munozara ochildi. Sheroziy,tortishuv kunlarida,o‘z fikrlari bilan ilohiyot ta’limotini teranlashtirishni himoya qildi.Buxoro mudarrisi Sadriddin esa,madrasa ta’lim-tarbiyasida,dinniy ilmlar yonida dunyoviy ilmlarining ham ahamiyati borligi haqidagi fikrni ilgari surdi. Majlisga yig‘ilgan mudarrislar Abdullaxon qarshisida Sheroziyning fikrlari ustun deb qaror chiqardilar. Xon o‘z nomi berilgan madrasaga Sheroziyni Shayx-ul-Ulamo qilib tayin etdi.Xon ismini tashigan bu madrasa boshqa madrasalarga qaraganda imtiyozli xisoblanadi. Sheroziy tez orada madrasa boshqa madrasalarga qaraganda imtiyozli xisoblanadi. Sheroziy tez orada madrasa darslari qatorida dunyoviy ilmlarni o‘rgatilishiga barham berdi.. Bunday tadbir boshqa madrasalarga ham ta’sir etdi. Madrasalarda 10-12 yil davomida tahsil oluvchi talabalar,yolg‘iz diniy ilmlarni o‘rgana boshladilar,lekin riyoziyot,xandasa,tarix,tibbiya va adabiyot ilmlaridan xabarsiz qoldilar.
Mirzajon Sheroziyning mashhur Buxoro madrasasida davom ettirgan dunyoviy ilmlarga qarshi nafrat harakati XUI asr oxiridan XUII asr boshlarigacha yolg‘iz Buxoro xonligi madrasalari uchun emas. balki butun Turkiston madrasalari uchun ham o‘rnak bo‘ldi. Madrasalar,eski zamondagi umumilmlar markazi rolini yo‘qotdilar. XIX asr o‘rtalarigacha ba’zi Buxoro madrasalarida diniy darslar yonida aruz ilmi,qofiya ilmi,tarix ilmi,tabiat,xisob ilmi ,munozara ilmi kabi ilmlar o‘rgatilmokda edi.Faqat bular tasirli bo‘lolmadilar.
Buxoro madrasalaridagi mudarrislar Mirzajon Sheroziy zamonidan beri,darslarning mazmuni masalasida,ikki xil fikrdagi guruhlarga bo‘lingandilar. Sheroziy tarafdorlari,diniy darslar berishni ilgari surardilar. Ularning qarshisidagi mudarrislar esa diniy darslar bilan birga dunyoviy ilmlar ham tibbiya,jo‘grofiya,tarix,handasa,riyoziyot,adabiyot va falakiyot o‘rganilishini talab qilardilar XIX asrda butun madrasalarda taasub hokim edi. Bunday fikr jarayoni Turkistonni madanniy nuqtai nazardan ruhiy tushkunlik bulutlari ortida qoldirdi. Ammo ,XIX asrgacha bir gurux mudarrislar maktab va madrasalarda barcha ilmlarning o‘rgatilishi fikrlaridan va talabalaridan voz kechmagandilar. XIX asrda Samarqandda Abu Said,Andijonda Fozil domla,Vobkentda Mo‘min Xo‘ja ,Boysunda Mulla Xudoyberdi va Qozonda Shahobiddin Marjoniy kabi olimlar madrasalarda Sheroziydan oldingi ilmlarni kabul kilish fikrini ilgari surardilar,faqat muvaffaqiyatga erisha olmadilar.
Turkistonda ta’lim va tarbiya tortishuvlari davom etar ekan,bu mamlakat XIX asrda rus istilosiga duchor bo‘ldi. Ruslar orqali Ovrupo sivilizatsiyasi ham Turkistonga kira boshlagan edi. XIX asrda butun islom dunyosiga isloh yo‘li bilan zamonaviylashish jarayoni hokim edi. Usmonli imperatorligi Istambul,Krim,Ozarbayjon,Qozon,Hijoz va Hindistonda,musulmon hayotini islohot o‘tkazish yo‘li bilan yangilash fikrlari tarqalayotgan edi. Usmonli imperatorligidan Mustafo Rashid Poshonning islohot g‘oyasi,Qrim olimi Ismoil G‘aspirali Beyning,Ozarbayjonning ma’rifatparvar yozuvchisi Mirza Fatali Oxundzodaning va Qozonda Shahobiddin Marjoniyning g‘oyalari hojilar,maktublar,sayyohlar va tujjorlar vositasi bilan Turkistondagi Ziyolilarga ilhom bermoqda edi.
Turkistonda ilk bora,Ovrupo texnikasini o‘rganish kerakligi masalasini Qo‘qon xoni Olimxonning jiyani Said Muhammad Hakimxon,Rusiya,Turkiya,Xijoz,Eron va Ozarbayjonni sayohat qilib qaytgach,1843 yilda yozgan asari bilan o‘rtaga qo‘ygan edi.
Turkistondagi jadidchilik harakati XIX asr oxirida quruq madaniy harakatning o‘zi bo‘libgina kolmay,ayni choqda Turk-Islom huquqiy munosabatlarining yangitdan o‘rtaga qo‘yilishi va bu huquqiy munosabatlarning millatga o‘rgatilishi ma’nosini tashimoqda edi. Milliy va siyosiy hurriyat orzulari jadidchilik harakatining bir parchasi ekanligini ilk bora o‘rtaga qo‘ygan odam aslan Buxoro fuqarosi,lekin Sibiriyada yashayotgan qozi Abdurashid Ibrohim 1853-1940 bo‘lgan edi. U Turkiya,Makka va Ovrupo o‘lkalarida uzoq yillar yashadi va bu o‘lkalardagi fikrlarni va hayot tarzini o‘rganish tashabusida bo‘lgandi. Ibrohim 1895 yilda Istambulda “Cho‘lpon –Yulduz”nomi ila e’lon qilingan risolasida,musulmonlar ustidagi rus hokimiyatiga qarshi shiddatli xujumlar kilgan edi. Ismoil Gaspirali Bey ham 1881 yilda yozgan bir risolasida,musulmonlarning fikriy sukunatiga sabab bo‘lgandir”,deya shikoyatda bo‘lingan edi. Uzoq yillar Makkada,Istambulda va umrining oxirida Turkistonning Chuguchok shahrida nashr etilgan “Tolfiq al-axbor”nomli asarida (ikki jild,1245 saxifa) rus hokimiyati ostidagi turklar uchun mustakillik talab etmokda edi. (Zaki Validiy To‘g‘on. “Bukungi Turkeli /Turkiston/ va yakin tarixi”,II jild,Istambul 1942-47,542 bet).
Jadidchilik harakatining XX asr boshidagi yetakchilari,hurriyatga yetishmoq uchun avvalo yosh avlodni Ovrupo ilmlari darajasida tarbiyalash g‘oyasini ilgari surmoqda edilar. Ular tomonidan tashkil etilgan Usul-i Jadid maktablari 1890 yilda Farg‘ona vodiysida va 1893 yilda Samarqand shahrida ochilgan edi. Ular Samarqand va Buxoro shaharlarini kezib ko‘rishgandi. Ularning ziyoratidan keyin Samarkand jadidchilik harakatining ilk markazi rolini o‘ynay boshlagandi. Shuni qayd etishimiz kerakki,rus hokimiyati ostidagi turklar orasida ilk da’fa Korako‘l (ruslarcha,Prjevalsk) shahrida tashkil etilgan Usul-i jadid maktabi Mulla Jo‘raboy tomonidan 1990 yilda ochilgandi. 1990-yillarda Turkiston Umumiy Valiyligida 80 ga yakin,Buxoro Amirligida 57 yangi usul maktablari ochilgandi.
Ilk jadidchilikning asos markaziy muammosi,zamonaviy maktab va zamonaviy ma’lumot edi. Shoir Sadriddin Ayniyning XXasr boshida yozilgan quyidagi she’ridan jadidchilikning o‘sha paytlardagi manzarasi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi:
“Maktabsizlik bizni qildi yap-yalang‘och,
Maktabsizlik bizni etdi talon-taroj.
Maktabsizlik Turon elin o‘ldirdi och,
Ko‘zingni och,bu xo‘rlikdan maktabga qoch”.
Demak,ilk jadidchilarning eng katta dardlari yangicha ya’ni zamonaviy maktab ochish masalasi bo‘lgan edi. Jadidchilar qoloqlik va g‘aflatdan qutilish uchun avvalo tez va qulay o‘qish-yozishni o‘rgatmoq g‘oyasini ilgari surdilar. Maktablarda islom asoslari bilan birga ,jo‘g‘rofiya,tarix,turk tili,kimyo,fizika va hisob ilmlarini ham o‘rgatayotgan edilar. Maktablardagi darslar turkcha edi.
Turkistondagi o‘qitish sistemasining Ovrupodagi maktab sistemalaridan orqada qolayotganidan shikoyat qilardilar.Tavvalo taxallusli shoir bir she’rida quyidagicha kinoya qilgan edi:
“Sizning bola o‘qiydi kitobga qarab,
Bizning bola o‘qiydi osmonga qarab,
Olib keling aeroplaningizni,
Varragimiz ila solishtiramiz.
Olib keling avtomobilingizni,
Qo‘qon aravasi ila chopishtiramiz”.
Usul-i Jadid maktablari boy turklar tomonidan kurilayotgan ,ularning mudirlari va o‘qituvchilari esa madrasa tahsili ko‘rgan,Ovrupo va boshqa turk mamlakatlaridan kelayotgan fikrlarni gazeta va jurnallar vositasi ila o‘rgangan ziyolilar edi. Yangi usulda dars berish yo‘lini o‘rganmoq uchun Turkistondan Krimga vakil o‘qituvchilar yuborilgandi. Maktablarda turk tili grammatikasini qulay o‘rgatmoq uchun Munavvar Qori 1901 yilda “Adib-i soniy”nomli kitoblar yozgan va nashr ettirgan edi.
Munavvar Korining bu asarlari Turkistonli muhojir Mavlono A’zam Hoshimiy tomonidan Karochida (Pokistonda) 1965 yili yangitdan nashr etildi.
Jadidchilar arab xarflarini qulay o‘rgatmoq va turkchani to‘g‘ri talaffuz ettirmoq uchun arab harflaridagi fatxa,kasra va zamma ishoratlari o‘rniga aloxida xarflarini ilova qilgandilar.Ular bu alifbega turklarning eng eski “ng”harfini ham qo‘shdilar.Turkistonda alifbe shu tariqa yaratilgandi.
Turkistondagi jadidchilik harakati,yangilanish fikrlarini tashviq etmak g‘oyalari bilan nashr etilgan gazeta va jurnallarda alohida qadrini topgandi. Jadidchilar 1905 yillarga qadar o‘z gazetalarini chiqarishga imkon topa olmagandilar.Ular ,1906 yildan e’tiboran “Taraqqiy”,“Xurshid”,“Shuhrat”,“Osiyo”,“Buxoroi Sharif”,“Turon”,“Samarqand”,“Sadoi Farg‘ona”,“Sadoi Turkiston”,“Qozoq”,“Bolopon”gazetalarini,”Oyna”,“Isloh”va “Yurt”jurnallarini nashr etdilar. Bu gazeta va jurnallar Turkistonda jadidchilik matbuotining qisqa bir vaqt ichida tashkil topganini ko‘rsatmokdadir. Birgina Samarqand muftisi Mahmudxo‘ja Bexbudiy tomonidan nashr etilgan adabiyot jurnali –“Oyna”1913-15 yillarda uzluksiz chiqib turdi. Jadidchilik gazetalari turkistonliklarni zamonning yangi sharoitlariga qarab harakat qilishga da’vat etardi. Chunonchi,1914 yildan chiqa boshlagan “Sadoyi Turkiston”gazetasining 1 sonida quyidagi fikrlar yozilgandi:
“Biz hali hozirda na zamonga,na Shariyat-Islomiyaga ko‘ra harakat qilamiz. Shu jaholat muqaddas vatanimiz va mehribon onamiz bo‘lgan Turkistonga karshi bir xiyonat deya his etganimizdan bu gazetani ta’sis etdik.”
Turkistondagi jadidchilik harakati o‘z adabiyotini yaratishda ham orqada qolmadi. Jadidchilik adabiyoti bilan,Turkiston adabiyoti tarixining yangi davri boshlandi. Jadidchilik adabiyotining XX asr boshidan 1937 yilgacha bo‘lgan davrida shunday ulug‘ shoir va adiblar faoliyat ko‘rsatdilarki,ularning orasida quyidagi siymolar alohida tanilganlardir:Mulla Nafas,Avliyo Quli,Miskin Qilich,Komil Xorazmiy,Muhammad Aminxuja Muqumiy,Zokirjon Furqat,Mufti Mahmudxo‘ja Behbudiy,Ibroihim Qo‘nanboy-Abay,Muryoqub Dulat,Abdurauf Fitrat,Ashurali Zohiriy,Tavallo,Ubaydullo Zavqiy,Abdulhamid Sulaymon Cho‘lpon,Avaz O‘tar,Abdulla Avloniy,Hamza Xakimzoda Niyoziy,Sadriddin Ayniy,Abdulla Qodiriy –Julqinboy,Mulla Qilich,Muxtor Avaz,Qosim Tiniston,Mag‘jon Jumaboy va h. k. Shu narsa ham ta’kidlanishi kerakki,Jadidchilik Adabiyotining vakillari milliy jaholatga qarshi jabha ochishga va mustaqillik yo‘lini izlab topishga da’vat etdilar. Jadidchilar teatr asarlariga aloxida e’tibor berdilar.
Behbudiyning “Padarkush”nomli teatr asari jadidchilik adabiyotida drammaturgiyaga yo‘l ochgan edi. Behbudiyga ko‘ra,o‘qimagan,johil qolgan farzand otasining qotili bo‘lishi hech gap emas. Keyingi davr jadidchilik drammaturgiyasining takomilida Abdurauf Fitratning katta roli bordir. Fitrat dramatik asarlarining mavzusini Turkiston tarixidan olgan va “tarixni gapirtirib”yoshlarni Turkiston milliy hayotiga bog‘lashga harakat qilgandi.
Jadidchilik adabiyoti bugungi Turkiston turk adabiyotiga ham ta’sir etgandir. Afsuski,bu kunga qadar jadidchilik fikrlari va adabiyoti dunyoning hech bir yerida turkologlar tomonidan teran tadqiq etilmagandir.
Jadidchilik harakati Chor Rusiyasi va Buxoro Amirligi hukumatining kontroli va dushmanlik siyosati ostida davom ettirilgan bir faoliyat jabhasi edi. Chor Rusiyasi jadidchilikdan qo‘rqayotgan edi,chunki jadidchilik,yoshlarni milliy tarbiya yo‘li bilan Rus hukumatiga qarshi safarbar bo‘lish nuqtasiga ketayotgan edi. Buxoroda va umuman Turkistonda mutaasib dindorlar ham jadidchilikni islomga dushman bir harakat shaklida ko‘rayotgan edilar. Buxoro Amiri va uning hukumati jadidchilikning eng jiddiy dushmani rolini o‘ynadi. Buxoro Amirligida jadidchilik qo‘rquvi buyuk edi. Qayerdaki,bir jadidchini ko‘rsalar va uning faoliyatini sezsalar o‘sha yerda uni o‘ldirardilar. Shunga qaramay Buxoro Amirligidagi jadidchilik faoliyatlari ham shiddat bilan davom etgan edi.
Turkistonda madaniy kurash turkistonliklar orasida 1917 yilga qadar ikki oqimni tashkil etardi. Ziyolilar jadidchilik va qadimchilik guruhlariga bo‘lingandilar. Har ikkisining ham qo‘rqinch dushmani rus hokimiyati edi Ammo qadimchilar buni anglamasdilar. Qadimchilarning ta’siri katta edi. Shunga qaramay jadidlik endi to‘xtatib bo‘lmas bir fikr jarayoni mohiyatini olgandi. Ammo,jadidchilik harakati 1910 yilgacha bir tashkilot qura olmagan edi. Ruslar madaniyat tashkilotlari tashkil qilishga ruxsat bermasdilar. Jadidchilik harakati bir tashkilot xarakterini olmagan edi. Jadidizmning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan Fayzulla Xo‘janing fikricha,jadidchilik harakati 1910 yildan keyin Turk va Eron inqiloblarining ta’siri ostida butun musulmon sharqining uyg‘ona boshlashi bilan bir tashkilot xarakterini oldi.(Fayzulla Xo‘jayev. “K istorii revoldyutsiy v Buxare”. Toshkent,1926. 6 bet.) Mustamlaka bo‘lgan Turkistonda jadidchilik 1917 yilga qadar bir tashkilot shaklini olaolmadi. Lekin yarim mustamlaka bo‘lgan Buxoro amirligidagi jadidchilar 1910 yilda yashirincha “Jamiyati tarbiai atfol” nomli bir tashkilot qurdilar. Bu jamiyat 1911 yilda Istambulda,Turkiston (va Buxoro)dan talaba o‘laroq jo‘natilgan Abdurauf Fitrat,Muqumiddin Bekjon va Sodiq Ashur o‘g‘li kabilardan tashkil topgan hay’at “Buxoro marifat jamiyati”ni qurgandilar. Bu jamiyat Turkiston va Buxoro amirligidan Istambulga jo‘natilgan talabalarning moddiy va ma’naviy muammolariga yordamchi bo‘lgandi. Jamiyatning 17 moddali nizomnomasi,a’zolari va faoliyatlari bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar uchraydi…
Rusiyada 1917 yil fevral inqilobidan keyin Turkiston jadidchilari Munavar Qori rahbarligida “Sho‘roi Islom” ismli tashkilot tuzdilar. Bu tashkilot ularning madaniy hayotidagi ilk va ochiq bir tashkilot edi. “Sho‘roi Islom” bir tarafdan Turkistonning har tarafida madaniy hayotni jonlantirish uchun faoliyat ko‘rsatdi,boshqa tarafdan Turkistonning turkistonliklar tomonidan idora etilishi tushunchasini ishlab chiqdi. Rus hokimiyati ostidagi Turkiston jadidchilari Buxoro amirligidagi jadidlar bilan yaqin aloqalarga kirishdilar. Jadidchilar o‘zlarining “Sho‘roi Islom” tashkilolti vositasi ila Turkistonda hech bo‘lmasa,Milliy muxtoriyat (avtonomiya) qozonmoqqa harakat qilardilar.
Bolshevik ruslar 1917 yil noyabrida Toshkent shahrida Turkiston uchun Sovet hokimiyati rejimini e’lon etganidan so‘ng,Turkiston milliy ziyolilari va Rusiyaga qarshi bo‘lgan barcha ish odamlari Qo‘qon shahrida to‘plandilar. 1917 yil dekabrida Turkiston milliy muxtoriyat hukumatini qurdilar. Bu muxtoriyat Turkistonning turkistonliklar tomonidan idora qilinishiga asoslangan edi. “Sho‘roi Islom” tashkiloti Rusiya bolshevizmiga qarshi Turkiston milliy davlatchilik g‘oyalarini jiddiyat bilan olib borgan va birinchi bo‘lib,“Turkiston ulomolar jamiyati” bilan birlikda Qo‘qon shahrida Turkiston muxtoriyatini e’lon qila olgandi. Sovet tarixchilarining fikrlariga ko‘ra “jadidchilar,Turkistonni rusiyadan ayirishni o‘ylardilar” (B.F. G‘afurov. “Istoriya tadjikskogo naroda”. M.,1949. 451 bet.) “Sho‘roi Islom” tashkiloti 1920 yilda Sovet hukumati tomonidan ta’qiqlandi (ocherki “Istorii Komunisticheskoy partii Turkistana”,T.,1958. 95,96 betlar).
Rusiya Sovet hukumati 1917 yildan e’tiboran jadidchilar ila ish birligi qilmoq taktikasini olib bordi. Jadidchilar Chor Rusiyasidan ozod bo‘lganlari uchun mamnun edilar. Va Sovet hokimiyatining ilk davrida milliy madaniy siyosatlarini davom ettira oldilar. Jadidchilarning “Turk eli”,“Turk so‘zi”,“Ulug‘ Turkiston”,“El bayrog‘i”,“Cho‘lpon” nomli gazetalari 1918 yilning yoz oylarigacha o‘z milliy g‘oyalarini bayon etib ulgurgandilar. Jadidchilar bilan ish birligi qilgan Sovet idorachilari hatto “Kommunizm Turkistonda jadidizm yo‘li orqali maydonga chiqa oldi”,deya fikr bildirgandilar. (Qarang:B. Hayit. “Buxoro va Xiva mustaqilligining bitirilishi tarixi haqida ba’zi mulohazalar”,“Milliy Turkiston”,1967 12 nomer,12,19 betlar) Sovet idoralari jadidchilarning yuqorida zikr etganimiz,gazetalarini yopdilar. Ular,1918 yildan e’tiboran o‘z ruhlarida o‘nta gazeta nashr etdilar. Jadidchilar Sovet gazetalari yo‘li ila o‘z fikrlarini bildira boshladilar.
Buxoro Amirligi va Xeva Xonligidagi jadidchilar:bular “Yosh buxoroliklar”,“Yosh xivaliklar” nomlari bilan tanilgandirlar,Usmonli imperatorligidagi “Yosh turklar” harakatining ta’siri ostida qolgandirlar. Ularning bir guruhi Buxoro amirligi va Xiva xonligini yo‘q qilib,bularning o‘rniga jumhurriyat qurmoq niyatida Sovetlar bilan,hatto qurol bilan ish birligi qildilar. Sovet kommunizm rejimi ila birlikda ishlash masalasida jadidlar ikki guruhga bo‘linadilar. Bir guruh jadidchilar Sovetlar tomonidan Buxoro va Xiva yarim mustaqil davlatlarining ishg‘ol etilishiga rozi bo‘lmaydilar,lekin bir qism jadid rahbarlari Sovet qizil armiyasining Buxoro va Xivaga hujum qilishiga tarafdor bo‘ldilar. Sovet rusiya qo‘shini 1920 yilda bu ikki davlatni ishg‘ol etar ekan,jadidchilarga suyandi va jadidlar ham ularga qurol bo‘ldilar. (Bolshaya sovetskaya ensklopediya,4 jild,199 bet)
Sovet madaniy siyosatining ta’siri bilan jadidchi ijodkorlar 1919 yildan e’tiboran,ikki guruhga bo‘linishgandi. Miryoqub Davlat,Mag‘jon Jumaboy,Abdurauf Fitrat,Abdulhamid Sulaymon Cho‘lpon kabi shoirlar fikrlarini o‘zgartirmay,Sovet madaniyat idoralarida milliy mafkura milliy madaniyatning takomili uchun faoliyatlarini davom ettirdilar. Jadidlarning eski ta’sirli shoirlaridan Sadriddin Ayniy,Hamza Hakimzoda Niyoziy,Abdulla Avloniy va Saken Sayfullin kabilar,she’rlarida va boshqa faoliyatlarida kommunizm ruhini tashimoq rolini o‘ynay boshladilar.
Sovet Rusiyasining Turkistondagi idorachilari 1930 yilgacha jadidchilarning fikr va faoliyatlariga izn berdilar. Faqat 1934 yildan e’tiboran,jiddiyat bilan,“mafkura maydonida kurash” shiori ostida jadidizm mafkurasidan qutilish harakatiga tushdilar. Jadidlarning hayot bo‘lgan katta bir qismi Sovet davlati,kommunistik partiyasi va madaniyat muassasalarida 1937 yilgacha ishlay oldilar. Sovet rejimi bularning kontrol ostida ishlatayotgan edi,lekin hayotlariga tajovuz qilmayotgan edi.
Sovet Rusiyasining 1937,39 yillarda davom ettirgan “davlat va kommunistik partiya idoralarini xalq dushmanlaridan va millatchilardan tozalash” siyosati natijasida jadidizmning Sovet idoralarida ishlayotgan barcha vakillari qamoqqa olindilar. Bularning ko‘pchiligi troyka (uch kishilik yashirin mahkama) qarori bilan otib tashlandi.
Demakki,1939 yilni Turkistonda jadidizm faoliyatlarining oxiri deb hisoblash mumkin. Jadidchilik Kommunizm rejimining zo‘rovonlik siyosati ostida milliy madaniyatning takomili va milliy davlat hayotini qozonmoq yo‘lidagi faoliyatlarini to‘xtatish majburiyatida qoldi. Jadidchildik harakati Turkistondagi fikr hayoti tarixining bir parchasi sifatida davom eta boshladi. Jadidizm tugutilishi masalasida Sovet Ittifoqida nashr etilgan bir ensklopediyada shunday deyilgandir:“Jadidizm Sovet hokimiyatiga qarshi kurashda siyosiy bosqinchilik (banditizm) shaklini oldi. Jadidchilar chet imperialist hukumatlarining jasuslari rolini o‘ynadilar. Jadidizm oqibatda SSSRda sotsializm zafarlaridan so‘ngra bitkazildi. (“Pravda Vastoka”,1962,26 yanvar yana qarang:kuzatuvchi B. Hayit:“Nega jadidchilikdan qo‘rqmoqdalar?”,“Middiy Turkiston” 1963,92 nomer,28,30 betlar. “Sharq yulduzi”,T.,1980,8 nomer 100 bet.)
Sovetlarning “Jadidizm siyosiy bosqinchilik shaklini oldi va chet imperialistlarining jasuslari rolini o‘ynadi”,degan fikrlari tuhmatning bir ko‘rinishidir. Sovetlar “Sotsializm zafari”,deganda 1938,39 yillarni tushunadilar.
Sovetlar jadidchilik harakatining ba’zi ochiq faoliyatlariga barham berdilar. Lekin,Turkiston ziyolilari orasida jadidizm ruhidan to hozirgi paytgacha qutila olmadilar. Ba’zi Turkistonli tarixchi va adabiyotchilar,1956 yildan keyin jadidizm jarayonining tarixiy hodisa sifatida qurilishi masalasini o‘rtaga qo‘ydilar. Ba’zilari esa,ochiqcha jadidizm g‘oyasini himoya qilish istagida bo‘ldilar. Kommunizm rejimi bularning qarshisida ham jabha ochish majburiyatida qolgandi. O‘zbekiston kompartiyasining birinchi kotibi Sh. Rashidov rejimning talablarini shunday ifoda etgan edi. “Ba’zi insonlar Stalinning shaxsiga qarshi kurash bilan birga,jadidchilik va uning g‘oyasini ham himoya qilmoqchi bo‘ladilar. Biz bunga xayrihohlik qilaolmaymiz va bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Shaxsga sig‘inish davrida ba’zi jadidchilar va ularga yaqin bo‘lgan o‘qituvchilar,yozuvchilar va gazetachilar tazyiqqa duchor etildilar. Keyingi paytlarda ular afv etildilar. Ammo,teskarichi va aksilinqilobchi bo‘lgan jadidizm afv etilmadi. Panislamizm va panturkizm jadidchilarning asos g‘oyasi edi. Kimki,jadidchilikni himoya qilmoq harakatida bo‘lsa,u dushmanni himoya etayotgan bo‘ladi.” (“Pravda Vastoka gazetasi”. T. 1961,26 yanvar. Yana qarang:“Milliy Turkiston” 1963 94 nomer,28,30 bet)
Bu kungi (1981yil…)Turkistonda jadidizm yo‘q. Lekin Sovet rejimida jadidizmdan qo‘rquv bor. Jadidizm mafkurasining qoldirgan ta’sirlari bor. Turkistonda u zamonning jadidchilari,shoir Abdulla Avloniy tilidan:“Tur,ey,millat uyqudan,hasratlashaylik” (“Sharq yulduzi”,1980 8 nomer,100 bet) deyishardi. Bu kungi ziyolilar,millatning uyqudan uyg‘onganini sezardilar. Ular millatni turishga chaqirayotirlar,millatni,mustaqillikni olishga da’vat etayotirlar.
* Mazkur maqolaning turkiya turkchasida bitilgan nusxasi “Milliy egitim va kultur”,“Milliy ta’lim va madaniyat”jurnalida turkiya turkchasida bosilgan.)
Turkiya turkchasidan Miraziz A’zam tarjimasi
Download 21.65 Kb.




Download 21.65 Kb.