• Jadidchilik yoki jadidizm
  • Kelib chiqishi
  • Jadidchilik Tavsifi Jadidchilik yoki jadidizm — XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakatdir




    Download 47.9 Kb.
    bet1/3
    Sana21.06.2023
    Hajmi47.9 Kb.
    #74692
      1   2   3
    Bog'liq
    Jadidchilik
    8-sinf-mate-testlar-1, 11-Мавзу, Vella Elegant, 3 mavzu, 40 talik test NAMUNA, Yo’l ta’mirlash xizmati tarkibi va ko’prik va quvurlarni saqlash ishlari vazifasi., vatan haqida sherlar, olimpiada bayonnoma, Mamadaliyev Abduhalil, Mamadaliyev Abduxalil pedagogika va psixalogiya, MUYASSAR, \'22.10.21 ochiq dars 4-mavzu Didaktika Microsoft Word

    Jadidchilik
    Tavsifi
    Jadidchilik yoki jadidizm — XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakatdir. Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.
    Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: جديد jadīd — yangi) — XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakatdir.[1] Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.
    Jadidchilik avvaliga madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilar panturkizm gʻoyalarini targʻib qilishgan.[2]
    Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal, millatchilik harakati“ deb taʼrif berilgan.[3] Bu davrda asosan tanqid qilingan jadidchilik namoyandalari nomi SSRI parchalanib ketganidan keyin qayta tiklandi.
    Kelib chiqishi

    bayroq (Turkiston)
    Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrimtatarlar oʻrtasida vujudga keldi.
    Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921—1929-yillarni oʻz ichiga oladi.
    Birinchi davrda Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam oʻrnashib olishi kuzatiladi. U oʻz siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qoʻgʻirchoqqa aylantirib, rus va gʻarb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini koʻzlaydi. Ayni chogʻda mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qoʻyildi, diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori boʻlgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxoʻrlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar boʻyniga xoch taqtirishgacha borildi. Oʻsha davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli (Dukchi eshon) xalqqa qarata oʻz „Xitobnoma“si (1898)da yaxshi bayon qilgan.
    Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish — siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun oʻziga qulay zamin topdi.
    Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.
    Gʻoya va maqsadlari
    Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etishshariatni isloh qilish, xalqqa maʼrifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish. ToshkentFargʻonaBuxoroSamarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.
    Turkiston mintaqasidagi asoschilari
    Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxoʻja BehbudiyAbduqodir Shukuriy (Shakuriy), Ajziy (Samarqand), Munavvarqori AbdurashidxonovAbdulla AvloniyMajid Qori QodiriyUbaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (Ubaydulla Xoʻjayev), Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov (Toshkent), FitratFayzulla XoʻjayevUsmonxoʻja PoʻlatxoʻjayevAbdulvohid BurhonovSadriddin AyniyAbdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon MahmudovHamzaChoʻlponIsʼhoqxon IbratMuhammadsharif Soʻfizoda (Fargʻona vodiysi), Boltihoji SultonovRahmonberdi Madazimov, Fozilbek Qosimbekov (Oʻsh uyezdi), Polvonniyoz hoji YusupovBobooxun Salimov (Xorazm) turardi.
    Turkiston mintaqasidagi yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati, tarqalish joyi va yoʻnalishiga koʻra, uchga boʻlinadi: TurkistonBuxoro va Xiva jadidchiligi.

    Download 47.9 Kb.
      1   2   3




    Download 47.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadidchilik Tavsifi Jadidchilik yoki jadidizm — XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakatdir

    Download 47.9 Kb.