• 3. “Sxema” texnologiyasi
  • Nilufar guli” texnologiyasi




    Download 2.9 Kb.
    Sana03.11.2023
    Hajmi2.9 Kb.
    #93908
    Bog'liq
    Nilufar guli” texnologiyasi-fayllar.org
    Bўlim va mavzulaning nomi, 3411-Текст статьи-8594-1-10-20211112

    Nilufar guli” texnologiyasi

    Nilufar guli” texnologiyasi


    “Nilufar guli” texnologiyasi didaktik muammolarni yechishning samarali vositalaridan biri bo’lib, shaklan nilufar guli ko’rinishiga ega. Yagona asos hamda unga birikkan jto’qqizta “gul barg” (kvadrat, to’rtburchak yoki aylanalar)larni o’z ichiga oladigan mazkur metod yordamida yetakchi muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalar hal etiladi. Talabalarda hal etilayotgan masala yuzasidan mantiqiy, izchil fikrlash, ichki mohiyatini tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan mazkur metoddan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) hal etiladigan masala aniqlashtiriladi; 2) talabalar topshiriq mazmuni va uni yechish shartlari bilan tanishtiriladilar; 3) talabalar kichik guruhlar (yoki juftliklar)ga biriktiriladilar; 4) guruh yoki juftlik a’zolari markaziy to’rt burchak (kvadrat, aylana)da asosiy muammo (g’oya, vazifa)ni qayd etadilar; 5) mazkur masala yechimi yuzasidan fikr yuritib, markaziy to’rtburchak (kvadrat, aylana) atrofida sakkizta xuddi shunday yordamchi chizmalarni hosil qiladilar va ularda masalaning xususiy yechimlarini bayon etadilar; 6) yordamchi shakllarda ifodalangan g’oyalarni “gulning barglari”ga, ya’ni alohida yana shunday majmuaga olib chiqadilar (o’z navbatida ularning har biri yana bir muammo ko’rinishini oladi); 7) yordamchi chizmalarda ham asosiy muammo (g’oya, vazifa) yoritilgan chizma kabi “gul barglar”da xususiy masala va yechimlar aks ettiriladi; 8) o’rganilayotgan masalaning mohiyatidan kelib chiqib, bu jarayon bir necha bor takrorlanishi mumkin; 9) har bir guruh yoki juftliklar topshiriq yuzasidan o’z yechimlarini taqdimot tarzida bayon etadilar; 10) guruhlar tomonidan taqdim etilgan yechimlar muhokama qilinadi va eng to’g’ri variant aniqlanadi.
    T alabalarga quyidagi sxema namuna sifatida taqdim etiladi:
    3. “Sxema” texnologiyasi o’rganilayotgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala mohiyatining asosiy xususiyat yoki belgilariga muvofiq sxema, tasvir yoki rasm orqali ifodalashini ta’minlaydi. Ushbu texnologiyani qo’llash talabadan masalaga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar o’rganilayotgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala bo’yicha o’zlashtirgan nazariy bilimlarini yodga oladi, eng muhim xususiyat va belgilarni aniqlaydi, ularni umumlashtiradi yoki tarkibiy qismlarga ajratgan holda sxemani yaratadi. Talabalarda fikrlash, ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, rivojlantirishga xizmat qiluvchi ushbu metod g’oyaning qisqa, aniq ifodalanishi uchun sharoit yaratadi.
    http://fayllar.org
    Download 2.9 Kb.




    Download 2.9 Kb.