• Rivojlantiruvchi maqsad
  • Darsning borishi : Dars shiori:Xotira uyg`oq qadr aziz. I.Tashkiliy qism
  • II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash
  • III. Yangi mavzu bayoni.
  • Ta`limiy maqsad: o`quvchilarni qarilik gashtini surayotgan bobo va buvilarimizni qadrlash,ularni yodga olishga o`rgatish. Tarbiyaviy maqsad




    Download 0.57 Mb.
    Sana03.06.2022
    Hajmi0.57 Mb.
    #22873
    Bog'liq
    Ona-Vatan-aziz
    Dasturlash tillari rivojining birinchi qadamlari, i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6, TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1), difff, Иккинчи туплам, Manzuraxon, mohiyat, 1-23 MEHNAT MUHOFAZASItaqvimi, 4-22 neft va gaz kimyoviy sintez taqvim

    Ona Vatan aziz


    (Xotira va qadrlash kuni oldidan)
    Ta`limiy maqsad:o`quvchilarni qarilik gashtini surayotgan bobo va buvilarimizni qadrlash ,ularni yodga olishga o`rgatish.
    Tarbiyaviy maqsad:boy tariximizni ko`z qorachig`iday asrash ,yurtga sadoqat hissini tarbiyalash, insonlarga mehr oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e`tiqodli bo`lishga o`rgatish.
    Rivojlantiruvchi maqsad:mustaqil fikrlashga o`rgatish.
    Dars kompetensiyasi:Vatanimizning tarixiy sanalarini bilish,matematik savodxonlik ,fan va texnika yangiliklaridan habardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish .
    Dars turi: yangi bilim beruvchi
    Dars metodi:,,Aqliy hujum’’
    Dars jihozi:Motamsaro ona haykali rasmi, birinchi prezidentimiz rasmi, o`yin uchun daraxt maketlar.
    Darsning borishi:
    Dars shiori:Xotira uyg`oq qadr aziz.
    I.Tashkiliy qism:
    Porloq bilimdon yoshlarim ,
    Asal qaymoq qandlarim,
    Xammangiz sog` omonmisiz
    Darsimizga tayyormisiz.
    Xo`r:Ustoz hech ham g`am yemang,
    Bilimaringiz kam demang
    Xammamiz sog` omonmiz ,
    Bizlar darsga tayyormiz.
    Aziz bolajonlar ,sizlar dunyodagi jamiki shirin tilaklarni tilayman.Bahorlari kuladigan,bulbulllari navo aylaydigan jannatmakon yurt yana qayda bor?Yurtim senga ko`z tegmasin ,qalblari quvonchga to`la jajji bolajonlar sizlarga ham ko`z tegmasin. Barchangizga yaxshi kayfiyat tilab bugungi darsimizni boshlaymiz.
    II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
    Siz bilan kecha Svetaforning va tartibga soluvchi ishoralari mavzusini o`rgangan edik.
    -Yo`ldan o`tishdan oldin qaysi tomonga qarash kerak?
    (Chapga qaraladi)

    ,,Velosipedlarda harakat qilish ‘’belgisi.


    ,,Yo`lovchilar harakati” belgisi
    Svetafor ranglariga ta`rif beriladi
    III. Yangi mavzu bayoni.
    Bugungi mavzuni doskaga yozmadik buni sizarni zukkoligingizni tekshirib topamiz.
    Harflar ostidagi raqamlarni o`sib boorish tartibida yozsangiz bugungi mavzumiz hosil bo`ladi.
    ,,Ona Vatan aziz !’’
    Barakalla bolajonlar
    Endi oltin qoldalar eslanadi

    Bizning Vatanimiz qayer? O`zbekiston.
    Ha barakalla bolajonlar. Insonni ona diyoridan muqaddas maskan bo`lmasa kerak. U ota bobolarimizdan qolgan beqiyos merosdir. Ota bobolarimiz ko`zlariga to`tiyo qilgan,har qarichini muqaddas bilganlar.hu Vatanni mustaqil ko`rishni orzu qilganlar. Bu orzularga biz erishdik,shuning uchun uni ko`z qorachig`day asrashimiz kerak.
    VATAN
    Ajdodlar nomingga bitishgan doston,
    Mardlaring sen uchun baxsh etishgan jon
    Ko`kragin yovlarga etishgan qalqon,
    Aiz va muqaddas ,buyuksan Vatan,
    Har birimiz uchun suyuksan Vatan.

    Tinchlikdir hamisha eng aziz shior


    Uni qo`riqlovchi o`g`lonlaring bor,
    Shu bois osmoning tiniq beg`ubor
    Aziz va muqadds ,buyuksan Vatan,
    Har birimiz uchun suyuksan Vatan.

    Xalqing ahil yashar tilda shukrona,


    Nasib etganidan shunday zamona
    Har kuning to`y bayram yangrar tarona.
    Aziz va muqadds ,buyuksan Vatan,
    Har birimiz uchun suyuksan Vatan.
    O`quvchilar guruhlarga bo`linadilar.
    1.
    2.
    3.
    Har bir guruhga DARAXT maketi beriladi.

    -O`quvchilar endi siz bu daraxtni burglar bilan boyitishingiz kerak.Barglarga vatan haqidagi fikrlaringizni yozishlaringiz kerak bo`ladi.

    (O`quvchilar o`z fikrlarini yozadilar)
    -Dunyo yaxshiliklardan yuz ochadi,ezguliklardan olam nurga to`ladi.Mehr berib mehr ko`ramiz , umri azizlarni qadrlab qadr topamiz.Endi siz bilan BOSHQOTIRMA yechamiz.
    1.Jannat mevasi.2. Mo`tabar qalbi quyosh zot.3.O`zbegim milliy libosi.4.Aqlimizni oshirar ,Zehnimiz boyitar.5.Fasllar kelinchagi.6.Bahor elchisi.

    XOTIRA so`zi hosil bo`ladi.
    Xotira o`zlikni anglash o`tmishni doimo yodda tutishga da`vat etib turadigan muqaddas tuyg`udir.U orqali inson o`ziga yaxshi hislatlarni qaror topdirib boradi.
    Odamzod boshqa jonzodlardan ajratib turadigan muhim jihatlaridan biri uning xotirasiga ega ekanidadir. Chunki insonni inson qilib turadigan unga ,,men’’lik ya`ni o`ziga hos ichki qiyofa ato etadigan narsa xotira deyiladi. Muqaddas tushunchalarning barchasi xotira bilan tirik. Xotira nafaqat o`tmishni unutmaslik bugungi kunni to`g`ri tasavvur etish hamdir.Xotira insonni kelajakka ochiq ko`z bilan qarashga o`rgatadi.
    Qadrlash esa xonadonimizga fayzu Baraka bag`ishlab,qilayotgan ezgu ishlarimizga oq fotiha tilab turgan pir-u badavlat qariyalarimizning hurmatini joyiga qo`yishdir.
    Yurt Mustaqilligi uchun jonini fido qilganvatandoshlarimiz xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi. Ularninig fidoiyliklari tildan tilga o`tib, avlodlarga vatanni sevishga o`rnak bo`ladi. Shahrimiz markazida,, Motamsaro ona haykali’’ qo`yilgan.Bu ona haykali yurimiz uchun jonini fida qilgan farzandlar onalari timsolga qo`yilgan.Bundagi sokinlik kishini o`yga toldiradi.Bu haykal ostiga gilchamlar qo`yib ularni yod etishadi.Bu yurtda yurtimizning ozodligi uchun kurashgan va bevaqt qatl etishgan Abdulla Qodiriy ,Fitrat, Usmon Nosir, Cho`lpon kabi bobolarimiz nomi bitilgan qabr bor. Bu ziyoratgohlardan odam arimaydi.

    Ikkinchi jahon urushi xalqimiz boshiga og`ir kunlarni soldi.Bu urush 1941-yilda boshlab 1945-yilda tamom bo`lagan.Bu urushda ming minglab yurtdoshlarimiz mayib majruh bo`lib qaytdilar. Necha necha odamlar dom daraksiz yo`qolib ketishgan.
    Ular xotirasini abadiylashtirish uchun 1999-yil 2-martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e`lon qilindi. Farmonga ko`ra 9-may Xotira va qadrlash kunideb ta`sis etildi.Xotira maydoni savob maydoni.
    Mustaqil O`zbekistonning davlat asoschisi ,o`zbek xalqining ardoqli farzandi manlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham jonajon vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib yurtimiz mustaqilligiga o`z hissasini qo`shgan.Islom karimov olijanob insonoy fazilatlari bilan xalq farovonligi ,yo`lida fidoiylik ko`rsatib , tarixda o`chmas iz qoldirdi.
    Bobomiz Mustaqil o`zbekiston Respublikasini barpo etish yo`lidagi ulkan hissalari uchun ,,O`zbekiston qahramoni’’unvoni ,,Mustaqillik ”, ,,Amir Temur “o`rdenlari bilan taqdirlangan.
    Bobomizning bizga qarata :,,Bolalarim sizning vataningiz bitta mana shu O`zbekiston . Ota bobolarimiz hoki ham shu yerda yotibdi. Shu muqaddas zamin seni dunyoga keltirgan , sen uni obod etishing shart degan edilar.Siz shunday buyuk bobolarimizga munosib farzand bo`lishingiz uchun bilmdon bo`lib yetishishingiz kerak .Zotan bobomiz…………………………………………(Video qo`yiladi)

    Bobomiz Islom Karimov bu dunyodan o`tgan deb ayta olmaymiz.Chunki bobomiz har bir qilgan ishimiz boshida ,yo`limizda nur,qalbimizda quyosh bo`lib porlaydi.


    Endi daraxtimizni gullar bilan bezantiramiz. Bu gullar orqasiga o`z orzularimizni yozib qo`yamiz va unga erishish uchun harakat qilamiz.Demak bobomiz bizga shu qadar ishnar ekan biz ham O`ZBEKISTON RESPUBLIKASGA XIZMAT QILAMIZ !deya qasamyod qilib dars yakunlanadi.
    Download 0.57 Mb.




    Download 0.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta`limiy maqsad: o`quvchilarni qarilik gashtini surayotgan bobo va buvilarimizni qadrlash,ularni yodga olishga o`rgatish. Tarbiyaviy maqsad

    Download 0.57 Mb.