Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va
texnologiyalar universiteti
Geodeziya kartografiya va Kadastr yoʻnalishi
23/04 guruh
MUSTAQIL ISH
Topshirdi: Soliyev Davronbek
Tekshirdi:
Mavzu: Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati
asoslarining barpo etilishi
Reja:
1. Demokratik fuqorolik
2. Konsitutsiyamizdagi bosh qomusimiz
3. Jamiyatni turdan isloh qilish
4. Ombudsman haqida
1. Har bir davlat o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lini tanlar ekan, eng muhim
maqsad vavazifalarini belgilab oladi. Mamalakatimiz mustaqilligining ilk davrida
qabul qilingan Konstitutsiyada ham xalqimizning xohish-irodasi, inson huquq va
manfaatlari, davlat tuzilishi o’z irodasini topgan. Bosh qomusimiz, jinsi, irqi,
millati, dini, ijtimoiy kelib
chiqishidan qat’i nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini qayd etdi
va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi.
Demokratik fuqarolik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo’ygan har qanday
davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko’rsatuvchi shartlaridan biri-
inson huquq va erkinliklarining qonunlarda to’liq belgilanishi hamda ularning
ta’minlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi.
O’zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurishdan asosiy maqsad - ushbu
davlatda yashovchi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini to’la ta’minlashdan
iboratdir.
Konstitutsiyani yaratish yo’lidagi ilk huquqiy qadam o’zbek tiliga davlat tili
maqomi berilishidir. Keyin esa ikkinchi huquqiy qadam Prezidentlik institut ta’sis
etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo’yicha komissiya tuzilishi bilan
bog’liq. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning e’lon qilinishi bilan uchinchi huquqiy
qadam qo’yildi. Keyingi qadam esa Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil
etilishiga borib taqaladi. Oliy Kengash qarori bilan 1990-yil 21-iyun kuni O’z. Res
Birinchi Prezidenti I.Karimov raisligida davlat arboblari, mutaxassislardan iborat
komissiya tuzildi va shu komissiya tomonisan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida
tayyorlandi. Keyinchalik 1992-yil8-sentabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq
muhokamasiga e’lon qilishga qaror qiladi va 26-sentabr kuni matbuotda chop
etiladi. Takliflar ham inobatga olinib, ayrimo’zgartirishlar kiritilib, 21-noyabrda
umumxalq muhokamasi uchun ikkinchi marta gazetalarda chop etiladi. Eng
so’nggi o’ninchi qadam esa Konstitutsiya loyihasining qabul qilinishidir.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan,
unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo’qolad deb ta’kidlagan edi.
Shundan kelibchiqqan holda, Konstitutsiya mamlakatimizda huquqiy demokratik
davlat barpo etishda hamda fuqarolik jamiyatini bunyod etishda bosh omil
hisoblanadi. Har qanday demokratik islohotlar natijasi, mamlakatda tinchlik
hamda taraqqiyotning bosh omili ham konstitutsiya va qonun ustuvorligini
ta’minlanishi va shu orqali jamiyatda huquqiy demokratik davlatni barpo etish,
qolaversa, fuqarolik jamiyati yaratish bilan bevosita bog’liq.
3
2.
Konstitutsiya O’zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati, ya’ni xalqning
o’zi bevositaboshqariladigan jamiyat va demokratik huquqiy davlat qurishni
asosiy
maqsad qilib qo’yadi. Unda «jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug’i -
inson» ekanligi yorqin mujassamlashtirilgan. Insonni ulug’lash, uni muhofaza
qilish va har tomonlama kamoltoptirish Konstitutsiyamizning asosiy g’oyasiga
aylantirilgan. Zero, Konstitutsiyamizning eng katta va mu him qismi «Inson va
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb nomlangan II
bo’limidir.
Har qanday demokratik islohotlar natijasi, mamlakatda tinchlik hamda
taraqqiyotning bosh omili ham konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlanishi
va shu orqali jamiyatda huquqiy demokratik davlatni barpo etish, qolaversa,
fuqarolik jamiyati yaratish bilan bevosita bog’liq.
Asosiy qonunimizda inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini
ta’minlash, har bir shaxsning qadr-qimmatini e’zozlash, barpo etayotgan adolatli
jamiyatimizning ajralmas xususiyatlaridan birirdir. Shuningdek. Asosiy
qonunimizning 7-moddasida: xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi
sifatida belgilab qo’yilganligi, 13- moddasiga ko’ra: O’z Res demokratiya
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi,
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarioliy qadriyat hisoblanadi. Bu
moddalarga ko’ra, davlat o’z faoliyatini faqat inson va jamiyat farovonligini
ko’zlab amalga oshirishini anglatadi. Qolaversa, mamlakatimizdagi insonparvar
siyosatning amaliy namunasini 2019-yil Jasliq qo’rg’onidagi jazoni ijro etish
koloniyasini yopilganini aytishimiz mumkin. Bundan tashqari, ozodlikdan
mahrum etilgan shaxslarga pensiya va ijtimoiy sug’urta to’lash tartibi ilk bor
amaliyotga kiritildi. Mana shundan keyin pensiya yoshidagi ko’plab mahkumlarga
pensiya pullari to’lab berildi.
Shuningdek, inson huquq va erkinliklarini qadrlash, hurmat qilish
madaniyatini shakllantirish va shu borada o’qitishning uzluksiz tizimini yaratish,
oliy o’quv yurtlarida, kadrlar tayyorlash markazlarida yoki bo’lmasam, kurslarda
“jamiyatdagi inson huquqlari”, “jamiyatdagi bola huquqlari”, “xotin-qizlar
huquqlari” nomli maxsuso’quv kurslarini joriy etish lozim deb hisoblayman. Ya’ni
bu orqali ma’lum birma’noda xalqning, insonlarning huquqiy ongi va madaniyati
oshadi, o’sadi va ijtimoiyhayotdagi voqeliklarga mustaqil huquqiy munosabat
bildira olishadi.
Ma’lumki, Bosh qomusimiz boʼlgan konstitutsiyamizda “Davlat xalq
irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi” to’g’risidagi norma
belgilab qo’yilgan. Uning ijrosini amalda ta’minlash maqsadida Ma’muriy
islohotlar konsepsiyasi qabul qilindi. Yaʼni jamiyatimizda fuqarolarning oʼrni,
huquqlari yanada mustahkamlanib, ijtimoiy hayotda ularni har jabhada qoʻllab
quvvatlab, keng imkoniyatlar, qulayliklar yaratib berilmoqda va xalq farovonligini
yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan bir qator chora tadbirlar koʻrilmoqda.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha maslahat kengashi, Fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy
assotsiatsiyasi kelgusi yilda har bir soha va tarmoq bo’yicha jamoatchilik
nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan tizimini yaratishga bosh-qosh bo’lishi
va tashabbus ko’rsatishi lozim.Konstitutsiyaga asosan sudlar o’z faoliyatida
mustaqil, lekin ularning chinakam nazoratchisi xalq bo’lishi kerak.
mamlakatimizda va xorijda fuqarolarimizni kafolatli
himoya qilish bundan buyon ham davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri
bo’lib qoladi.
Konstitutsiyamizga muvofiq, fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini
boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega.
Saylovda o’ziga ma’qulbo’lgan nomzod yoki biron-bir partiya ilgari surayotgan
dastur uchun ovoz berish, ularni qo’llab-quvvatlash vakillik demokratiyasining
yaqqol ko’rinishidir. Fuqarolarning saylash va saylanishga oid huquqlari yanada
kengaytirildi va amalda bo’lgan ko’plab cheklovlar bekor qilindi. O’zbek xalqining
ko’p asrlik orzu-umidlari ifodasi bo’lgan mustaqillikning asosiy xususiyati milliy,
umuminsoniy qadriyatlarni ta’minlaydigan huquqiy- demokratik davlat qurish edi.
Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish yillari bo’ldi. O’tgan
yillar ko’hna tariximizni teran his qilish, hozirgi jahon jarayonida o’z o’rnimizni
egallash davri bo’ldi. Bu davrda biz o’zligimizni anglab, tarixiy yo’limizni uzil-
kesil tanlab oldik.
3. Mustaqil O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarixiy
an’analarga, dunyo tajribalariga, o’lkaning o’ziga xos tomonlariga tayangan
holda jamiyatni
siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo’llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita
bosh vazifa:
1. Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta
qurish;
2. Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish,
davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish
masalalarini hal qilishdan iboratdir.
Jamiyatda qonuniylikning g’alaba qilishi, fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy va
boshqa huquqlarini himoyasi uchun hokimiyatlarning bo’linish prinsipi haqli
ravishda amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-
moddasida hokimiyatning bo’linishi tamoyili konstitutsiya darajasida
mustahkamlandi.
Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning yo’llarini ko’rsatib berar
ekan, Birinchi Prezident I.A.Karimov eng avvalo bu vazifa hokimiyat barcha
tarmoqlarning bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini
mustahkamlashga bog’liqligini uqtiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning
V-bo’lim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan “O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida”gi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga
ko’ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi
hokimiyatni amalga oshiradi.
Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o’zgartirish, mamlakat hayoti uchun
zarur o’zgartirishlarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy
Majlisni shakllantirish uchun 1994-yil 25-dekabrga saylovlar belgilandi.
1993-yilni 28-dekabrida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Oliy
|