3-Amaliy mashg‘ulot
AutoPlay Media Studio dasturi yordamida elektron darslik yaratish asoslarini o‘rganish.
iSpring Suite dasturi yordamida multimediali elektron o‘quv kurslarini yaratish.
Zamon talablariga javob beradigan kuchli, mukammal multimedia hujjatlarini yaratish
uchun Windowsning yuqorida qayd etib o‘tilgan standart multimedia dasturlari imkoniyat jihatdan
yetarli emas. Shu sababli keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga va ulardan
foydalanishga oid juda ham ko‘plab dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay
dasturidir.
Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++, Java, Macromedia
Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin.
Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma’lumotlar bazasini
va shunga o‘xshash obyektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin.
Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o‘zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan
holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmpva .png
kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo‘ladi.
Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o‘zidan turib, CD
yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega
ekanligini ko‘rsatadi.
Tayyor loyiha bunda.exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi ochiluvchi arxiv ko‘rinishda yoki
qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin.
Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiri- tilgan.
Dasturning bu xossasi uning “Label”, “Paragraph” va “Button” kabi obyekt- lari bilan birga
ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to‘liq versiya bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, matnni orfografik
tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi lug‘atlar bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, AutoPlay Media Studio ning yangi versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega
holda iste’molga chiqarilgan:
•
Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, multi- media-
ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish;
•
Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va boshqalarni
biriktira olish xususiyati;
•
Web-ilovalarni yaratishga mo‘ljallangan mukammallashgan instrumentlar;
•
XML, SQL va shifrlash mexanizmalari bilan ishlay olishi;
•
RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi;
•
Slide-show bilan ishlash imkoniyati;
•
Matn rangini o‘zgartirish uchun “RadioButton” obyektining mavjudligi;
•
Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi;
•
Obyektlarni formatlash imkoniyati;
•
Kalit so‘zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;
•
CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hk.
|