• To’rtko’l - 2021
  • Opetarision tizimlar




    Download 1,76 Mb.
    bet1/4
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #240094
      1   2   3   4
    Bog'liq
    OPERATSION TIZIMLAR




    TO’RTKO’L KO’P TARMOQLI
    TEXNIKUM


    Kompyuter injiniring 1-bosqich 2-guruh


    OPETARISION TIZIMLAR
    Fanidan.


    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: OPETARISION TIZIMLAR


    Bajardi: A. Asanov


    Qabul qildi: M. Romonov


    To’rtko’l - 2021
    Reja

    1. Kirish.


    2. Windows operatsion tizimi.
    3. Linuks operatsion tizimi.
    4 . Android operatsion tizimi.
    5. Foydalanilgan adabiyot.




    Kirish.
    Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir.


    U foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli (interfeys)ni ta’minlaydi. Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iborat bo‘ladi.
    Masalan, magnit disklardagi axborot to‘plovchi diskovodning dvigatelini qanday qilib yoqish, o‘chirishni, ma’lum silindrga o‘quvchi boshchani o‘rnatish, ma’lum o‘quvchi boshchani tanlash, kompyuterdagi diskning yo‘lakchasidagi axborotni o‘qish va hokazo kabi amallarni "tushunadi". Hatto bir disketdan ikkinchisiga faylning nusxasini ko‘chirish, kabi murakkab bo‘lmagan amalni bajarish uchun ham (fayl – bu diskdagi yoki boshqa mashinaviy axborot tashuvchidagi axborotlar to‘plami) diskovodlarga taalluqli buyruqlarni ishga tushirish, ularning ijrosini tekshirish, disklardagi fayllarni joylashtirish, jadvallaridan axborotni izlash hamda ularga ishlov berish va hokazolar bo‘yicha minglab amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Vazifalar quyidagilar tufayli murakkablashadi: • disketalarning o‘nga yaqin formatlari mavjud va operatsion tizimi ularning hammasi bilan ishlay olishi kerak.

    Windows operatsion tizimi

    Windows (Windows oynalar degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95 operatsion tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo`lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo`llanila boshlandi.
    MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir.
    Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada Windowsning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.
    Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
    – o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;

    – u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razradli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;

    – foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
    – sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.



    1. Rasm

    WINDOWS operatsion tizimi. WINDOWS ishlatilgan holda qurilmalarga qo‘yiladigan minimal talablar. Protsеssor. Tеzkor xotiraning hajmi. Ish stoli. Masalalar panеli. WINDOWS oynsining asosiy turi. WINDOWS — 1998 yilning yozida ishlab chiqarilgan yangi opеratsion tizim (OT) bo‘lib, yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bеzagi, o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS grafik maxsulotning ko‘rinishi, tovush va zamonaviy tеxnologiyalari bo‘yicha yaratilgan multimеdia ilovalarini qo‘llash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal Serial Bus (USB) shinasi yordamida tashqi qurilmalarning oson ulanishi va o‘zib quyilishini ta'minlaydi, televideniye hamda shaxsiy kompyutеrning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon y
    aratadi.





    1. rasm

    WINDOWS ning oldingi vеrsiyalardan, xususan WINDOWS-95 dan asosiy farqi — uning ishlatilishi va Intеrnеtga kirishdagi soddaligi hisoblanadi. Unda Web tеxnologiyasi bo‘yicha o‘zgaruvchan yordam tizimi va kompyutеr ishlatilishini o‘rgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Web- yo‘naltirilgan intеrfеys foydalanuvchiga kompyutеrda, mahalliy kompyutеr tarmog‘ida hamda Web-tеxnologiyada axborotlarning bir hil shaklda ifodalanishini ta'minlaydi va shu bilan birga axborotlar qidiruvini osonlashtiradi.



    3-rasm


    WINDOWS ishlatilgan holda qurilmalarga quyidagi minimal talablar qo‘yiladi:

    · protsеssor — Pentium-100 mgts va undan yuqori;

    · tеzkor xotiraning hajmi — 16 Mbayt va undan katta;

    · tizimning standart o‘rnatilishi uchun qattiq diskda (vin­ chеstеrda) 195 Mb bo‘sh joy bo‘lishi kеrak, lеkin tizim­ning konfiguratsiyasi va tanlangan qismlar soniga qarab, 120 dan 295 Mb gacha bo‘sh joy zarur bo‘lishi mumkin;

    · kompakt-disklar va DVD disklari uchun diskovod;

    · monitor — VGA yoki undan ham yuqori aniqlikka ega bo‘lgan qurilma;

    · kiritish qurilmalari — Microsoft Mouse sichqonchasi yoki o‘nga mos boshqa qurilma.


    4- rasm WINDOWS ekranining asosiy qismlari.

    · ish stoli — asosiy soxa;

    · masalalar panеli («Pusk» tugmachasi bilan boshlanadigan qator) — odatda ekranning quyi qismida joylashadi.



    Ish tugagach, sichqonchani «Pusk» tugmachasida bosib «Zavеrshеniе raboto‘» bo‘limini tanlash kеrak, hosil bo‘lgan savol-javob oynasida «Vo‘klyuchit kompyutеr» (Kompyutеrni uchirish) buyrug‘ini tanlab, «Da» (Ua) tugmachasini bosish zarur. Bunday kеtma-kеtlik WINDOWS tizimiga o‘z ishini to‘g‘ri tugatish va vaqtinchalik fayl­larini bеrkitishi uchun imkon bеradi.

    Download 1,76 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1,76 Mb.