to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi to’g’risida”,
“O’zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to’g’risida”,
“Fuqarolarning huquqlari vaerkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va
qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida”, “Siyosiy partiyalar
to’g’risida” qonunlarni, Mehnat kodeksi (1995), “Fuqarolik Kodeksi”ning
(1996) (birinchi va ikkinchi qismlari) kabi ko’plab qonunlar va qarorlar qabul
qildi.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq
Oliy Majlisiga saylovlar bo’lib, saylangan deputatlardan O’zbekiston
Parlamentining yangi tarkibi shakllandi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasi
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy
Majlis birinchi sessiyasidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan “2000-2002-yillarga
mo’ljallangan qonunchilik va nazorat faoliyatining ustivorlik jihatlari
to’g’risida”gi hujjatni tasdiqladi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV-sessiyasida
(2000-yil 14-dekabr) Oliy Majlisning O’zbekiston xalqiga Murojaaatida: “Yangi
asr mamlakat uchun yangilanish va taraqqiyot davriga aylanishiga
ishonamiz. Shu boisdan ham mustaqil yurtimizning yorug’ istiqboli uchun
barchamiz hamjihat bo’lib kurashaylik. Maqsadimiz -Vatan taraqqiyoti,
yurt tinchligi, xalq farovonligi va kelajak avlodning baxt-saodatidir”-
deyilgan.
Mustaqillikning tayanch nuqtalaridan biri prezidentlik boshqaruvining joriy
qilinishi bo’ldi. Bu bilan davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali
tizimi shakllana boshladiki, Prezidentlik boshqaruvi shu tizimning o’zagidir.
O’zbekiston mustaqillik tomon yo’l tutar ekan, birinchi kunlaridan boshlab,
uning boshida Islom Abdug’anievich Karimov turdi. Asrlarga teng shu qisqa
vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
barqarorlik, tarixiy, milliy va diniy qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda
o’rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O’zbekiston Respublikasining xalqaro
hamjamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik
davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog’laydilar.
|