• Buxoro jadidchiligi
  • Jadidchilik Tavsifi Jadidchilik yoki jadidizm — XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakatdir




    Download 47.9 Kb.
    bet2/3
    Sana21.06.2023
    Hajmi47.9 Kb.
    #74692
    1   2   3
    Bog'liq
    Jadidchilik
    8-sinf-mate-testlar-1, 11-Мавзу, Vella Elegant, 3 mavzu, 40 talik test NAMUNA, Yo’l ta’mirlash xizmati tarkibi va ko’prik va quvurlarni saqlash ishlari vazifasi., vatan haqida sherlar, olimpiada bayonnoma, Mamadaliyev Abduhalil, Mamadaliyev Abduxalil pedagogika va psixalogiya, MUYASSAR, \'22.10.21 ochiq dars 4-mavzu Didaktika Microsoft Word
    Turkiston jadidchiligi
    Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari oʻrtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston oʻlkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular Chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xomashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, soʻng mustaqil davlat boʻlishini yoqlab chiqdilar.
    Buxoro jadidchiligi
    Buxorodagi jadidchilik Turkistondagiga nisbatan ogʻir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan Buxorodagi shahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullavachchalar, mayda doʻkondorlar va maʼmurlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va askarlar oʻrtasida nufuzi avvaliga past boʻlgan. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, chunonchi, soliqlarni kamaytirish talabi bilan chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi boʻlishdi. Buxoroda vobkentlik dehqon Joʻraboy ilk yangi usul maktabini ochgan edi.
    Buxorodagi jadidchilik harakatiga ayrim johil mullalar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani boʻlgan qadimiylar oqimi qarshi chiqdi. 20-asr boshlarida Buxoro jamiyati 2 guruhga: Ikrom domla rahbarligidagi taraqqiyparvarlar va Mulla Abdurazzoq boshchiligidagi qadimiylarga boʻlingan edi.
    1908-yil „Buxoroi sharif shirkati“ tuzilib, darsliklar nashr etish va kitob savdosi bilan shugʻullandi. Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev (Usmon Xoʻja), Homidxoʻja MehriyAbdulvohid BurhonovAbdulqodir MuhiddinovSadriddin AyniyAbdurahmon Saʼdiy shirkatning tashkilotchilari edi. 1909-yil dekabrda jadidlar Buxoroda „Tarbiyai atfol“ („Bolalar tarbiyasi“) maxfiy jamiyatini tuzishdi (asoschilari: Abdulvohid Burhonov, Homidxoʻja Mehriy, Ahmadjon Hamdiy, Mukammil BurhonovHoji Rafe). Bu jamiyat turkistonlik va buxorolik yoshlarni Istanbuldagi „Buxoro taʼmimi maorif jamiyati“ boʻlimiga oʻqishga joʻnatdi. Xorijdagi taʼlim yoshlar dunyoqarashida tubdan burilish yasadi. Jadidchilik Buxoro va Turkistonda bir vaqtda boshlangan boʻlsa ham, amirlikdagi ogʻir muhit uning taraqqiyotini tezlashtirdi. 1910-yildan boshlab Buxoroda jadidchilik harakati tashkiliy tus oldi va „Tarbiyai atfol“ maxfiy jamiyati asosida partiya tashkil topdi.

    Download 47.9 Kb.
    1   2   3




    Download 47.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadidchilik Tavsifi Jadidchilik yoki jadidizm — XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakatdir

    Download 47.9 Kb.