|
Mavzu: Gazlarning tarkibini o’lchash va boshqari Reja: Gazlarning tarkibini tahlil qilish
|
bet | 11/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 260,36 Kb. | | #246447 |
Bog'liq Mustaqi ishTermokimyoviy gaz analizatorlari. Bu gaz analizatorlarining ishlashi kislorodning boshqa gazlar bilan katalizatorlar ishtirokida o‘tadigan reak- siyasining issiqlik samarasini o‘lchashga asoslangan. Mazkur asboblarning ikki guruhi keng tarqalgan.
Asboblarning birinchi guruhida yonish katalitik aktiv bo‘lgan platina tolada sodir bo‘ladi, bu tola ayni bir vaqtda sezgir element — o‘lchash ko‘prigining yelkasi hisoblanadi. Bu guruhdagi asboblarda tahlil qilish aniqlanadigan komponent yonganida haroratning ortishini o‘lchashga asoslangan.
Ikkinchi guruh asboblarda oksidlanish reaksiyasi katalizator qatlamida sodir boiadi, reaksiyaning issiqlik samarasi esa qarshilik termometri yoki shu katalizatorda joylashtirilgan termobatareya bilan o‘lchanadi.
Birinchi guruh termokimyoviy gaz analizatorlarining prinsipial sxemasi 8-rasmda keltirilgan. Gaz analizatorining o‘lchash sxemasi o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan muvozanatlashmagan ko‘prikdan iborat. Ishchi yacheyka deb yuritiladigan oqim o‘lchash yacheykasi ko‘prikning bitta yelkasi Rx ni hosil qiladi. Ko‘prikning R2 yelkasini hosil qiladigan taqqoslash yacheykasi o‘z parametrlari va tuzilishi jihatidan ishchi yacheykaga ekvivalent bo‘lib, havo to‘ldirilgan bo‘ladi. Ko‘prikning Rv R4 yelkalari o‘zgarmas qarshiliklar bo‘lib, ular manganindan tayyorlangan. Ko‘prikli sxemaning noli reostat R. bilan o‘rnatiladi. Tahlil qilinayotgan komponentning yonishida haroratning ortishi bilan platina tolasi elektr qarshiligining o‘zgarishi o‘lchash ko‘prigi muvozanatining buzilishiga olib keladi. Muvozanat buzilgandagi tok kuchi gaz aralashmasidagi komponent miqdoriga mutanosib bo‘ladi. O‘lchash asbobi tahlil — nazorat qayta ulagichi yordamida sxemaga kiritilgan maxsus o‘zgarmas rezistorga ulanadi, asbobning strelkasi R- reostat strelkasi bilan talab etilgan reper (tayanch) nuqtaga qo‘yiladi. Millivoltmetrning shkalasida platina tolasini qizdiradigan, turli komponentlarni tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan tok kuchini qo‘yadigan uchta tayanch nuqta bor.
Bu turdagi asboblar, asosan, havodagi yonuvchi (metan, benzin bugMari va h.k.) gazlarning portlash xavfini yuzaga keltiradigan konsentratsiyasining indikatorlari va analizatorlari sifatida ishlatiladi. Ular ko‘pincha ko'chma (ko‘tarib 9-rasm. Termokimyoviy gaz analizatorining sxemasi. yuradigan) turda chiqariladi. O‘lchash xatoligi taxminan ±10 %.
Sanoat binolari xonalari havosining yonuvchi gazlar bilan ifloslanishini avtomatik nazorat qilish uchun yonuvchi gazlarga moijallangan SGS turidagi, metanga moijallangan CMC turidagi, benzinga moijallangan GPB turidagi va boshqa signalizatorlar ishlab chiqariladi.
|
| |