12-ma’ruza. Moddalarning tarkibini tahlil qilish va parametrlarini o‘lchash usullari va asboblari




Download 55 Kb.
bet1/3
Sana20.05.2024
Hajmi55 Kb.
#245413
  1   2   3
Bog'liq
12-ma’ruza. Moddalarning tarkibini tahlil qilish va parametrlari


12-ma’ruza. Moddalarning tarkibini tahlil qilish va parametrlarini o‘lchash usullari va asboblari.
Reja.
1. Asosiy ma’lumotlar va tasnifi.
2. Suyuqliklarning tarkibini taxlil qilish.

Asosiy ma’lumotlar va tasnifi.
Texnologik jarayonlarni harorat, bosim, sarf va sath kabi parametrlarga ko‘ra boshqarish, ko‘pincha, talab etilgan sifatdagi mahsulotlar olishga kafolat bera olmaydi. Ko‘pgina hollarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibi va fizik xossalarini avtomatik tarzda nazoratqilish zarurati tug‘iladi. Texnologik jarayonlar davomida qayta ishlanayotgan moddalarning tarkibi va ularning fizik xossalari o‘zgaradi, bu parametrlarni nazorat qilish texnologik jarayonlarning borishi to‘g‘risida bevosita fikr yuritishga imkon beradi, chunki ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ifodalaydi, shuning uchun moddalarning tarkibini va fizik xossalarini nazorat qilish asosiy masalalardan biridir. Shu munosabat bilan keyingi yillarda analitik asbobsozlikning jadal rivojlanishi sodir bo‘lmoqda. Moddalarning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari haqidagi o‘lchov axborotini olish uchun o‘lchash vositalarini analizatorlar deb atash qabul qilingan. Avtomatik analizatorlar tahlil qilinayotgan muhitning tarkibiniemas, balki aniq fizik parametrni o‘lchaydi, uning o‘zgarishi bu muhitda aniqlanayotgan komponentning miqdoriy-sifatiy o‘zgarishlarini ifodalaydi. Turli xil belgilar bo‘yicha analitik o‘lchash vositalarini tasniflash ancha qiyin. O‘lchash vositalari tahlil uslubi, tahlil qilinayotgan muhitning xossalari, komponentlar soni, ijro etilishi, chiqish signali, axborotni berish uslubi va hokazolar bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Gazlarni avtomatik tahlil qilish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: namunani oldindan o‘zgartirmasdan — termokonduktometrik, termomagnit, absorbision optik (infraqizil va ultrabinafsha nur yutiladigan), pnevmatik usullar: namuna oldindan o‘zgartiriladigan — elektr-kimyoviy (konduktometrik, kulonometrik, polyagrafik, potensiometrik) termokimyoviy, fotokalorimetrik, alanga-ionlashuv, aerozol-ionlashuv, xromatografik, massaspektrometrik usullar. Suyuq muhitlarning tarkibini va fizik xossalarini avtomatik nazorat qilishda sanoatda sinov moddasini dastlabki o‘zgartirishsiz tahlil qilish uslubi keng tarqaldi: konduktometrik, potensiometrik, polyarografik, dielkometrik, optik (refraktometrik, polyarizasion, turbodimetrik, nefelometrik), to‘yingan bug‘ bosimlari bo‘yicha, radioizotopli, mexanik (zichlik), kinematik (qovushoqlik) va boshqalar, hamda sinov moddasini dastlabki o‘zgartirish bilan — titrometrik. Namlik miqdorini o‘lchash vositalari alohida guruhga ajratiladi.

Download 55 Kb.
  1   2   3




Download 55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-ma’ruza. Moddalarning tarkibini tahlil qilish va parametrlarini o‘lchash usullari va asboblari

Download 55 Kb.