Suyuqliklarning tarkibini tahlil qilish
Suyuqliklar tarkibini tahlil qilish deyilganda ularning elementar, funksional yoki molekulyar tarkibini aniqlash tushuniladi. Tarkibni aniqlaydigan asboblar analizatorlar deb ataladi. Muhitda faqat bitta komponentning miqdorini aniqlash uchun mo‘ljallangan analizatorlarni ba’zan konsentratometrlar deb yuritiladi. Suyuqliklar konsentrasiyasini o‘lchash uchun quyidagi ulchov birliklari eng ko‘p tarqalgan: mg/sm3; g/sm3; massasi yoki hajmi bo‘yicha, %. Harorat, bosim va shu kabi parametrlarning o‘lchash natijalariga kuchli ta’sir etishi analitik o‘lchashlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Bu parametrlar ayniqsa o‘lchash aniqligiga ta’sir qiladi. Shuning uchun avtomatik analizatorlar, odatda, namunalar tanlab olish, ularni tahlilga tayyorlash, o‘lchash sharoitlarini stabillash yoki tuzatishlarni avtomatik kiritish va hokazolar uchun qo‘shimcha murakkab jihozlar bilan ta’minlangan bo‘ladi. Tahlil qilinadigan suyuqliklarning turli-tumanligi va ularning tarkibi hamda xossalarining keng chegarada bo‘lishi tahlil qilish usullari turlicha bo‘lgan avtomatik asboblar ishlab chiqarishni taqozo etadi. Asbobsozlik sanoati xilma-xil suyuqliklarni tahlil qiluvchi turli avtomatik analizatorlar ishlab chiqaradi. Suyuqliklarni tahlil qilishning sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullariga konduktometrik, potensiometrik, optik, titrometrik va radioizotopli usullar kiradi. Quyida sanoatda keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.
Eritmalarni tahlil qilishning konduktometrik usuli. Elektrolit eritmalarining konsentrasiyasini ularning elektr o‘tkazuvchanligiga ko‘ra o‘lchash (konduktometrik usul) laboratoriya sharoitida ham, sanoat sharoitida avtomatik nazorat qilish uchun ham keng qo‘llaniladi. Konduktometrik konsentratometrlarning ishlashi eritmalar elektr o‘tkazuvchanligining ular konsentrasiyasiga bog‘liqligiga asoslangan. Arrenius nazariyasiga ko‘ra elektrolitlar suvda eritilganida molekulalar, ionlar dissosiasiyalanib, shu ionlarning eritmada mavjud bo‘lishi eritmaning elektr o‘tkazuvchanligiga sababdir. Dissosiasiyalanish darajasiga ko‘ra kuchli va kuchsiz elektrolitlar bo‘ladi. Kuchli elektrolitlar deyarli batamom ionlarga dissosiasiyalangan bo‘ladi, kuchsiz elektrolitlarning eritmalarida esa ma’lum miqdorda dissosiasiyalanmagan molekulalar ham bo‘ladi. Turli moddalar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini baholash uchun Kolraush ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlilik tushunchasini kiritdi, u 1 sm3 eritmada 1 g∙ekv/sm3 modda bo‘lgan eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi sifatida aniqlanadi:
= ,
bu yerda λ — eritmaning ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi; σ — eritmaning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi. Sm/sm; η— erigan moddaning ekvivalent konsentrasiyasi, g∙ekv/sm3.
Barcha elektrolitlar uchun ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik dissosiyalanish kuchayishi natijasida eritma suyula borishi bilan ortadi. Eritma to‘la dissosiasiyalanganda (ya’ni eritma cheksiz suyulganida) u eng katta qiymatiga erishadi. Eritmaning solishtirma o‘tkazuvchanligi bilan suyultirilgan elektrolitning tabiati hamda uning konsentrasiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik Kolraush qonuni bilan aniqlanadi:
σ=α·η(vk-va)
bu yerda a — elektrolitik dissosiasiyalanish darajasi; v — ionlar (kationlar vk va anionlar va ) ning eritma cheksiz suyulgandagi qo‘zg‘aluvchanligi, ya’ni ularning kuchlanish gradiyenti IB/sm bo‘lgan elektr maydonidagi siljish tezligi, Sm/s bilan ifodalanadi.
12.1-rasm. 180S temperaturada ba’zi moddalarning suvdagi eritmalarining solishtirma elektr o‘tkazuvchanligining ular konsentrasiyasiga bog‘liqligi
12.1-Rasmda solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikning konsentrasiyaga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, eritmaning konsentrasiyasi oshganda uning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi avval tez ortib, maksimal qiymatiga yetadi, so‘ngra kamayadi. Binobarin, konduktometrik tahlilda konsentrasiya bilan elektr o‘tkazuvchanlik o‘rtasida bir xil bog‘liqlikka ega bo‘lish uchun o‘lchashlarni maksimumdan bir tomonda joylashgan konsentrasiyalar chegarasida bajarish zarur.
Rasmdagi bog‘liqliklardan ko‘rinib turibdiki, maksimumdan chapdagi egri chiziqlarning tikligi katta bo‘ladi. Binobarin, konsentrasiyalarning bu sohasida konduktometrik usul eng katta sezgirlikka ega bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanliqlarning konsentrasiyaga bog‘liqlikning bir xilmaslik xarakterini hisobga olib, konduktometrning ishlash sohasini oldindan bilish zarur, bu yerda, o‘lchashlarning ekstremum bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ko‘pgina hollarda konduktometrik usuldan bir komponentli eritmalarni nazorat qilish uchun foydalaniladi.
Elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash uchun mo‘ljallangan asboblarga konduktometrlar, tuz o‘lchagichlar, konsentratomerlar kiradi. Bu asboblarning birinchisi elektr o‘tkazuvchanlik birliklarida darajalangan, ikkinchi shartli tuz miqdori birliklarida, odatda NaCl ning miqdorini ko‘rsatuvchi foizlarda darajalangan bo‘ladi. Konsentratomerlar tahlil qilinayotgan moddaning foiz hisobidagi miqdorlarda darajalanadi. Eritmalarning konsentrasiyasini ularning elektr o‘tkazuvchanligiga ko‘ra o‘lchash uchun elektrodli va elektrodsiz usullar qo‘llaniladi. Elektrodsiz o‘lchash usulidan asosan kislota, ishqorlarning konsentrasiyasini o‘lchashda foydalaniladi. Elektrodli konduktometriyada ikki elektroddan iborat o‘lchash yacheykalaridan foydalaniladi, elektrodlar nazorat qilinayotgan eritma solingan idishda bir-biridan ma’lum masofada o‘rnatilgan bo‘ladi. O‘lchash yacheykasi (12.2-rasm) elektr qarshiligi bilan xarakterlanadi. Bu qarshilikning kattaligi quyidagiga teng (Om hisobida)
R=
bu yerda σ — eritmannng solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi; Sm/sm; L — elektrodlar orasidagi masofa, sm; S — elektrodlarning yuzi, sm2.
|