• 14.1. Listli konstruksiyalar turlari
  • 14.2. Tagi tekis vertikal silindrik rezervuarlar
  • 14-ma’ruza mavzu: Payvand listli konstruksiyalar Reja




    Download 268,85 Kb.
    bet1/5
    Sana21.11.2023
    Hajmi268,85 Kb.
    #102812
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    14-Lecture


    14-MA’RUZA


    Mavzu: Payvand listli konstruksiyalar


    Reja:
    14.1. Listli konstruksiyalar turlari
    14.2. Tagi tekis vertikal silindrik rezervuarlar
    14.3. Sisternalar, gazgolderlar va sferik rezervuarlar
    14.4. Yupqa devorli idishlar


    14.1. Listli konstruksiyalar turlari

    Listli qobiqli konstruksiyalarni ikki asosiy guruhga ajratadilar. Birinchi guruhga portlash xavfi bo‘lmagan va zaharsiz suyuqliklar va r≤0,05Mpa bosimdagi va T≤100˚C haroratdagi gazlarni saqlash uchun mo‘ljallangan rezervuarlar va boshqa buyumlar kiradi. Ushbu konstruksiyalar loyihalashni umumiy qoidalari va sanoat inshoatlarini ekspluatasiya qilish talablariga muvofiq tayyorlanadilar [1].


    Ikkinchi guruhga yuqori bosim ostida ishlaydigan qozonlar va idishlar kiradi. Ularni ekspluatasiya qilish qozon nazorat inspeksiyasini alohida nazorati ostida turadi. Ushbu konstruksiyalarni maxsus texnik shartlariga muvofiq loyihalaydilar va tayyorlaydilar.


    14.2. Tagi tekis vertikal silindrik rezervuarlar

    Rezervuarning asosiy elementlari bo‘lib yon devori, qoplama va tagi (14.1. rasm).


    Ushbu konstruksiyalar tagi ko‘pgina hollarda tekis, korpusi silindrik bo‘ladi. Bunday shakl mustahkamlik nuqtai-nazaridan va eng kam metall sarflab tayyorlash imkoniyati bo‘yicha maqbul. Rezervuarlarni asosan Ст 2 va Ст 3 markali po‘latdan, hamda past legirlangan po‘latdan tayyorlanadi. Metall sarflashni optimal pozisiyasi rezervuarni h balandligi bilan va uni diametri D orasidagi nisbat, tagidagi metall massasi va qoplamasi slindrik qismidagi metall massasiga teng deb olinadi. Bunda 100-600 m - h/D=1,25-0,85; miqdorga ega bo‘lgan ob’ektlar uchun; 10000m - h/D=0,7-0,35 miqdorli ob’ekt uchun; ammo texnologiya talablarini hisobga olib 100-2000 m3 sig’imli rezervuarlarni loyihalari devor balandligini 5920 dan 11345 mm gacha o‘zgartirishni ko‘zda tutadi, Yirik rezervuarlarda (50000 m3 va undan yuqori) larda balandlik doimiy qolib odatda 13 m dan oshmaydi [2].


    Download 268,85 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 268,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14-ma’ruza mavzu: Payvand listli konstruksiyalar Reja

    Download 268,85 Kb.