13-ma’ruza: Listli materiallarni bichish
Umumiy ma’lumotlar
Bu standart materialdan foydalanib detallar qirqib olishdir. Listli materiallarni bichish:
-lazer kesish;
-plazmali kesish;
-mexanik kesishlarni o’z ichiga oladi.
Mexanik kesish uchun qaychi va gilьotin ishlatiladi. Yuqori samarali presslar paydo
bo’lishi bilan mexanik kesish operatsiyalari ularning yordami bilan amalga oshirila boshlandi.
Detallarning qanday joylashishi va tutashmalarning mavjudligidan chiqadigan chiqindilar
texnologik chiqindilar qatoriga kiradi. Teshiklarni o’yishdan chiqadigan chiqindilar, shuningdek
polosaning boshi va oxiridan chiqadigan chiqindilar faqatgina detalning konstruktsiyasiga bog’liq
bo’ladi va bichish usulining o’zini xarakterlay olmaydi.
Listli prokatlarni bichish quyidagi tiplarga bo’linadi: chiqitli, kam chiqitli, chiqitsiz va qisman
chiqitsiz bichishda materialdan foydalanish koeffitsienti 1 (100%) ga yaqin bo’ladi. Chiqitsiz
bichish konturlari turli-xil detallarni shtamplashda qo’llaniladi (13.1- rasm, b). Chiqitli bichish
o’lchamlari yuqori aniqlik talab etadigan egri konturli detallar shtamplash uchun (13.1-rasm, a).
yuqori aniqlikdagi murakkab shaklli detalar tayyorlashda (8-13 kvalitet), qisman chiqindili (13.1-
rasm, v ) bichish turidan foydalaniladi.
13.1-rasm, Bichish turlari: a – chiqitli, b – chiqitsiz, v-qisman chiqitli.
13.2 Metallarni bichishga misollar
Chiqitli bichish detal (yoki ishlov beriladigan qism) kontur bo’ylab kesish orqali olinadi.
Bichishda tutashmalar qo’shni detal chetlari orasida, shuningdek, list, polosa qirralari va detal
chetlari (qo’shni detal orasidagi tutashmaga nisbatan
𝑎 = 1.15𝑎
1
𝑑𝑎𝑛 𝑎 = 1,3𝑎
1
gacha) orasida
qoladigan tutashmalar bilan tavsiflanadi.
Tutashmalarni kattaligi detal qalinligi va shakliga qarab tanlanadi, bunda buzmasdan va
ularni matritsaga tortmasdan butun kontur bo’ylab detallarni kesishni ta’minlash imkonini berish
kerak.
Tutashmalar uchun metall sarfi minimal bo’lishi va ularning qiymati eksperimental
ma’lumotlarning umumlashtirilishi asosida tuzilgan jadvallar bo’yicha aniqlanadi (13.1-jadval).
13.1-jadval
Tutashmaning eng kam miqdori
Material
qalinligi,mm
Tutashma kengligi, mm
Material
qalinligi,mm
Tutashma kengligi, mm
a
1
va a
𝑎
1
`
va 𝑎
`
a
1
va a
a
1
`
va a
`
0,3
1,4
2,3
2,5
1,8
2,8
0,5
1,0
1,8
3,0
2,0
3,0
1,0
1,2
2,0
3,5
2,2
3,2
1,5
1,4
2,2
4,0
2,5
3,5
2,0
1,6
2,5
-
-
-
Izox:
𝑎
1
–o’lchami kichik va shakli oddiy bo’lgan detallar uchun,
𝑎
1
`
-yirik yoki murakab
shalli detallar uchun,
𝑎
1
–yon tomonini qisib ishlaganda (13.3-rasm b ga qarang),
𝑎
`
-yon
qisqichsiz ishlaganda.
Tutashmalarlarning kattaligi materialning qalinligi va qattiqligiga, kesiladigan detallarning
kattaligi va shakliga, shuningdek, matritsada to’xtash joyiga, uning turiga va boshqa omillarga
bog’liq. Yuqoridagi omillarga qarab tutashma kengligi metall qalinligi 4 mm gacha 1,0 dan 3,5
mm gacha va qalinligi 4 dan 10 mm gacha bo’lgan material bilan ishlaganda 2,5 dan 6,5 mm gacha
o’zgaradi.
Kichik va mayda detallarni shtamplashda tutashma kesib tashlash bilan amalga oshiriladi
(chiqitni ataylab oshirib). Kam chiqitli bichish yon tutashmalarning yo’qligi bilan ajralib turadi,
bunda tutashmalarning kengligi esa shtamplangan detalning kengligiga teng bo’lishi kerak.
Bunday bichish polosalarni shtamplash yo’li bilan amalga oshiriladi, masalan, plastinkasimon
konveyerlarning zanjir zvenolarini shtamplash (16.2-rasm) keltirish mumkin.
13.2-rasm. Kam chiqitli bichish sxemasi
Metall chiqindilar miqdorini kamaytirish uchun detalning shaklini o’zgartirish yoki
tutashmalarni yo’q qilish zarur. Detalning shaklini o’zgartirish (konstruktor bilan kelishilgan
holda), hatto kichik o’zgarishlar bilan ham sezilarli darajada materialni (15% gacha) tejashga
imkon beradi.
SHakl o’zgarishi mumkin bo’lgan misollar 12.3-rasmda keltirilgan.
]
13.3- rasm, Bichish va detal shaklini o’zgartirishga misollar.
Polosadan detal va zagotovkalarni bichish uchun bichishning oltita turga ajratiladi.
Detallarni loyixalashda ularni bichish qulayligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir, chunki
materialni bichish asosan detallarning konstruktsiyasiga bog’liq.
Bichishning u yoki bu turini qo’llash sohasi shtamplananadigan detallarning shakli va
o’lchamlari bilan belgilanadi.
Ko’pincha kichik o’lchamdagi burchakli detallarini shtamplashda ko’p qatorli bichish
(parallel yoki pog’onali) ishlatiladi.
Polosalardan shtamplash-bu kam chiqitli bichishni qo’llab tutashmalarni kamaytirgan
holda zagotovkani shtamp zonasiga surish orqali bichishdir. Bunday usulda metalldan
foydalanish koeffitsienti 90% atrofida bo’ladi.
Detallarni bichish quyidagi 13.2-jadvalda ko’rsatilgan.
13.2 jadval
Detallarni bichishning asosiy turlari .
№
Bichish turi
chiqitli
Kam chiqitli va
chiqitsiz
Detal tipi
(zagotovka)
1
2
3
4
5
1
To’g’ri
doiraviy
2
Og’ishgan
Qaram-qarshi
G –shaklli
T yoki Sh shaklda
3
aralash
Turli shaklli, bir xil
qalilikda
4
Ko’p qatorli
Doiraviy,
oltiburchakli
5
Tutashmani
qirqish bilan
Tor (strelkalar,
cho’zilgan
13.2-rasm. Bichishning asosiy turlari.
Ko’plab ishlab chiqarishda listli material o’rniga o’ramli lenta materiallari ishlatish hisobiga
shakllarni yoki to’g’ridan-to’g’ri detallarni (zagotovkalarni) olish samarali hisoblanadi.
Shakldor detallarni olish uchun bichish kesishda qatorlarni yaqinligi hisobiga ratsional
bichishni tanlash eng samarali va lekin qiyindir.
13.5-rasm. Polosa materiallarni bichish usullari: a-to’g’ri, b-og’ishgan, v-qaram-qarshi.
Bichishda parallel kesilgan qismlarning har-bir qo’shilgan qatori 3 dan 5% gacha metallni
tejash imkonini beradi.
Shaxmat ko’rinishda bichish metallni 5-8% tejaydi.
Shakldor detallarni to’g’ri bichishga nisbatan (13.5-rasm, a) 18% gacha, qarama-qarshi
bichish (13.5 rasm, v) og’ishgan bichishga nisbatan 17% ga, to’g’ri bichishga nisbatan (13.5 rasm,
b) 35% metallni iqtisod qiladi.
|