Iv bob. Buzmasdan nazorat qilish (bnq) turlari, uni standartlash va metrologik ta’minlash




Download 30.18 Kb.
bet1/7
Sana27.02.2024
Hajmi30.18 Kb.
#163287
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iv bob. Buzmasdan nazorat qilish (bnq) turlari, uni standartlash-fayllar.org
portal.guldu.uz-maruza, HFX laboratoriya, Mavzu Fayllar va papkalar bilan ishlash Reja Fayllar va ularni, Дизайн без названия (3), Diplom oldi va ishlab chiqarish 180 soat, RDxeL3n0xau56D8eftJLfqEpZjdINNSbxqRTGHII, Husniddin POWESHELL, 1-sinf Uzunlik o\'lchov birligi-santimetr, . Kompyuter grafikasi va web-dizayn

Iv bob. Buzmasdan nazorat qilish (bnq) turlari, uni standartlash va metrologik ta’minlash


14
IV bob. BUZMASDAN NAZORAT QILISH (BNQ) 


TURLARI, UNI STANDARTLASH VA METROLOGIK 
TA’MINLASH
Diagnostikaning namunaviy dasturi nazorat qilishning turli
usullaridan foydalanishni ko‘zda tutadi, avvalambor buzmasdan
nazorat qilish usuli muhimdir.
BNQ usuli maxsus qimmatbaho apparaturalar – o‘lchov
asbob larni talab qiladi va bu ishga yetuk mutaxassislarni jalb qi lish
kerak bo‘ladi. Buni diskret holda va doimiy monitoring bilan mu-
rakkab va qimmatbaho xavfli ishlab chiqarish obyektlarida amal-
ga oshirish mumkin.
BNQda ma’lumot olish uchun fizik maydonlar va nurlanish-
lar turlaridan foydalaniladi. BNQning kelib chiqishi 1895-yildan
rentgen nuri kashf qilinganidan boshlab ishlatilib kelinib,
metallik jismni yopiq yog‘och qutida aniqlash mumkin bo‘lgan
edi.
Shundan buyon BNQning ko‘p sonli usullari va turlari ishlab
chiqilgan.
BNQning turlarini sinflash GOST 18353–79 ga asosan may-
donning yoki moddaning nazorat obyekti bilan fizik ta’sirlanishi
jarayoniga asoslanadi.
Diagnostik masalalarni hal qilish asosida avvalambor diagnos-
tikalash obyekti haqida aniq ma’lumot bera oladigan fizik jara-
yonni optimal tanlash yotadi.
Fizik prinsiplarning bog‘liqligiga asosan BNQlar 10 xil bo‘ ladi:
akustik, magnitik, issiqlik, elektrik, optik, vixrlitokli, radiatsion,
singuvchan moddalar va radioto‘lqinlar bilan. Har bir BNQ turi
o‘ziga xos usullardan iborat bo‘lib, ular quyidagi belgilari bilan
farqlanadi:
– modda va maydonning o‘zgarishini mos ravishda aniqlovchi
obyekt bilan maydon yoki moddalarning ta’sirlanishi xarakteri bi-
lan;
– nazorat jarayonida o‘lchanadigan maydon yoki modda pa-
rametrlari bilan (birlamchi ma’lumot beradigan parametrlari);
– modda yoki maydon parametrlarini o‘lchash usullari bi-
lan.



15
BNQ usullarini GOST 18353–79 bo‘yicha sinflash 4.2 va


4.3-jadvallarda berilgan. BNQ usullaridan birontasi ham uni-
versal emas. Ularning har biri berilgan sharoitlardagina ma’lum
bir nuqsonlarnigina topishda samaralidir. Masalan, usullarning
ko‘plari ayrim turlardagi materiallarni nazorat qilish uchun ish-
latiladi: radioto‘lqinli – radioshaffof dielektrik materiallar
uchun; elektro-sig‘imli – tokni yomon o‘tkazadigan nometall
materiallar uchun; tok uzatkichli-elektropotensialli – elektr to-
kini yaxshi o‘tkazuvchilar uchun; akustikli – mos keluvchi
chastotada ovozning so‘nishi xususiyatli materiallar uchun va
hokazo.
4.1-jadval



Download 30.18 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 30.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iv bob. Buzmasdan nazorat qilish (bnq) turlari, uni standartlash va metrologik ta’minlash

Download 30.18 Kb.