|
2-маъруза: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja
|
Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 189,46 Kb. | | #145407 |
Bog'liq portal.guldu.uz-maruza
2-маъруза: Operasion tizimlar, ularning turlari.
Reja:
Kompyuterning dasturiy ta’minoti.
Operatsion tizimlar.
Windows OS.
Ob’ektlar ustida amallar (ochish, yig’ish, yopish, oyna o’lchamlari va joylarini o’zgartirish, fayl, papka va yorliqlar yaratish).
Tayanch iboralar: operatsion tizimlar, Windows, oynalar, fayl, katalog.
1 Kompyuterning dasturiy ta’minoti.
Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart – dasturlarning mavjudligidir. Dastur ta’minoti 2 ta guruhdan iborat:
- Tizimning ishlashi bilan bog’liq tizim dasturlari; - amaliy dasturlar.
Tizim dasturlari kompyuterning ishlashi uchun zarur dasturlar bo’lib, u kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni tashkil qiladi. Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi tizim dasturlarining yadrosi operatsion tizimlardir. OT foydalanuvchi va kompyuter orasida bevosita muloqot o’rnatishni, kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni tahminlovchi dasturlardir.
Hozirgi paytda turli operatsion tizimlar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, MACINTOSH va boshqalar. Bundan tashqari, xizmat qiluvchi dasturlar mavjud bo’lib, ularni dastur utilitlari deb ataladi. Ular kompyuter ishlashini qulay qiluvchi yordamchi amallarni bajaradigan dasturlardir..
Amaliy dasturlar predmet sohadan olingan alohida masalalar va ularning to’plamini yechish uchun qaratilgan bo’lib, amaliy masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Bunday dasturlar majmui amaliy dasturlar paketi (ADP) qisqacha amaliy dasturlar deb ataladi.
Dasturlar odatda magnitli saqlagichlarda joylashgan bo’ladi. Ammo OTlar va u bilan bog’lik dasturlar ancha katta hajmga ega bo’lgani tufayli keyingi paytlarda lazer disklariga yozilmoqda.
Bahzi bir tizimli dasturlar, masalan, kiritish-chiqarishning asosiy tizim dasturlari (ular
BIOS -Basa Input Output System) deb ataladi va to’g’ridan-to’g’ri kompyuterning doimiy xotirasida saqlovchi qurilmasiga yozilgan bo’ladi. Tizim dasturlar yadrosini OTlar tashkil qiladi.
2 Operatsion tizimlar
Shaxsiy kompyuterlarning operatsion tizimlari yaratilish tarixi. Sakkiz razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan birinchi operatsion tizim SR/M-80 (Control ‘rogramm for Microcomputers, mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nom bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasining prezidenti Geri Kildell bo’lgan.
16 razryadli yangi kompyuterlar yaratish g’oyasini dasturlar yaratuvchi Microsoft (Maykrosoft) kompaniyasining asoschisi va prezidenti, multimilliarder Bill Geyts ilgari surgan.
IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo’ladi.
Bill Geyts va Pol Allen BASIC dasturlash tili uchun tarjimon dastur yozishdi va u IBM firmasining MITS Altair kompyuteriga moslashtirildi. Shundan so’ng 16 razryadli kompyuterlar uchun operatsion tizimlar yaratish jadallashdi va 1981 yilda shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yaratilgan CR/M operatsion tizimining ko’p g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan MS DOS (Microsoft Disk Operation System - Maykrosoft diskli operatsion tizimi) operatsion tizimi 1981 yil paydo bo’ldi.
MS DOS 64 K bayt xotiraga ega bo’lgan kompyuterlarga mo’ljallangan bo’lib, o’zi 8 Kbayt xotirani egallar edi. O’sha paytda yetarli deb hisoblangan bunday kompyuter xotirasi hozirgi paytda bir «o’yinchoqqa» aylandi. Chunki hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining xotirasi birnecha Gegabaytlarga tenglashdi.
Mualliflar MS DOS ni rivojlantirishni davom etirib, uning MS DOS 1.1, MS DOS 1.25, MS DOS 2.0, MS DOS 2-11 laxjalarini taklif etishdi va nihoyat, 1984 yilda MS DOS 3.0 IBM PC AT shaxsiy kompyuteriga 80286 mikroprotsessorga asoslangan, 5.25 dyuymli diskovodda ishlashga, mo’ljallangan operatsion tizimi yaratildi. 1986 yilda Compaq Computer firmasi 80386 mikroprotsessorga asoslangan IBM kompyuterini chiqardi.
IBM firmasi esa 80386 mikroprotsessorga asoslangan ‘C/2 (‘ersonal system - shaxsiy tizim) kompyuterini yaratdi. Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan kompyuter nazariy bir necha Gegabayt xotiraga ega bo’lishi mumkin edi. Ammo MS DOS esa 640K bayt xotiraga ega bo’lgan kompyuterlarga moslashgan edi. Shuning uchun MS DOS tizimini kengaytirish ishlari davom etardi va 1987 yil MS DOS 3.3 yaratilib, u 3.5 dyuymli, yahni 1,44 Mbaytli disklar bilan ishlash imkoniyatini berdi. 1987 yili IBM va Microsoft firmasi tomonidan bir vaqtda bir nechta masalalar yechishga qodir bo’lgan OS/2 operatsion tizimi ishlab chiqildi. Ammo u keng tarqalmadi. Chunki o’sha paytda MS DOS 3.3 ning imkoniyatlari ko’pchilikni qoniqtirar edi. hozirda biz keng tarqalgan Windows, Unix, Linux amaliyot tizimlaridan keng foydalangan bo’lsakda MS DOS o’z kuchini yo’qotdi deyaolmaymiz.
MS DOS va uning qobiq dasturi hisoblangan Norton Commander tizimlari turli klavishlar kombinatsiyasidan iborat buyruqlar bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lishiga qaramay, foydalanuvchilar uchun qulay hisoblanadi.
Operatsion tizim funksiyalari. Agar operatsion tizim tushunchasini qisqacha izohlasak bu boshqaruv dasturidir. OT bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo’linadi. Fizik resurslar bu:
xotira;
vinchester; - monitor;
tashqi qurilmalar va boshqalar.
Dasturiy resurslar bu:
kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;
kompyuter ishlashini tahminlaydigan boshqaruvchi dasturlar;
berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar; - drayverlar;
virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar.
Fayl va katalog tushunchasi. Ixtiyoriy belgilar ketma-ketligining xotirada biror nom bilan saqlanishiga fayl deb aytiladi. Masalan, dasturlar, hujjatlar va shu kabi mahlumotlar.
Fayllar 2 xil ko’rinishda bo’ladi: matnli va ikkilik. Matnli fayllar foydalanuvchining o’qishi uchun mo’ljallangan bo’lib, ixtiyoriy belgilardan tuzilgan satrlardan tashkil topadi. har bir satr Enter klavishasi bilan yakunlangan va yangi satrdan boshlangan bo’ladi. Mahlumki, matnni tahrirlash va ko’rish paytida Enter klavishasining belgisi ekranda ko’rinmaydi.
Fayl nomi MS DOS ning dastlabki laxjalari va uning Windows 3.1 qobiq dasturlarida 8 tagacha lotin xarflari va raqamlar xamda ayrim belgilar kombinatsiyasidangina iborat bo’lishi mumkinligi talab qilinar edi. Nom ichida bo’sh joy va nuqta belgilari ishlatish mumkin emas edi.
Xotirada saqlanayotgan informatsiya turiga qarab foydalanuvchi yoki ShK tomonidan faylga qo’shimcha tur beriladi. Tur sifatida uzunligi 1 tadan 3 tagacha bo’lgan lotin harflari, raqamlar va bahzi belgilar ishlatilishi mumkin. Umuman olganda, tur ishlatilmasligi ham mumkin. Faylning to’liq nomi ikki qismdan iborat bo’lib, unda fayl nomi va nuqta bilan ajratib yozilgan fayl turi yoziladi. Odatda fayl turini - fayl kengaytmasi deb yuritiladi. Masalan:
Command.com
Sartak.bat rog.bas Misol.txt.
Bu yerda Command, Sartak, rog va Misol lar fayl nomlari, com, bat, bas va txt lar esa fayl kengaytmalaridir. Aslida fayl nomida fayl kengaytmasi bo’lishi shart emas. Agar u bor bo’lsa, mazkur faylning xususiyatini aniqlaydi va foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi. har bir faylni tashkil qilayotganda yoki uning tarkibida o’zgartirishlar qilinganda, avtomatik ravishda ShK tomonidan sana va tizimdan olingan vaqt fiksirlab boriladi.
Fayl atributlari deb, shu faylni arxiv (keyinchalik o’zgartirish imkoniyati bor), yashirin (ko’rinmas) yoki faqat o’qish uchun ochishga ruxsat beriladigan sifatlari tushiniladi.
Fayl nomi, uning hajmi, oxirgi marta yozilish sanasi va vaqti, atributlari haqidagi mahlumotlarni saqlovchi diskdagi maxsus joyga katalog deb aytiladi. Katalog ham fayl singari nomlanadi. Ammo odatda kengaytma ishlatilmaydi. har bir diskda bir nechta katalog bo’lishi mumkin. Katalog ichida yana katalog joylashgan bo’lsa, u holda biri ikkinchisiga nisbatan ichki yoki tashqi katalog sifatida nomlanadi. Ixtiyoriy diskda bosh (uni ildiz yoki tub deb xam atashadi) katalog bo’lib unda boshqa barcha fayl va kataloglar bosqichma-bosqich joylashgan bo’ladi. Joriy disk yoki katalog deb ayni shu vaqtda ishlatilayotgan disk yoki katalogga aytiladi.
Kataloglar Windows operatsion sistemasida papkalar deb atala boshlandi. Papka va fayllarning nom uchun 8 ta o’rniga 254 tagacha belgi ishlatish mumkin. Nomda kirill va boshqa alifbo xarflarini xam ishlatish imkoniyati paydo bo’ldi. Nom ichida bo’sh joy va nuqta belgilari xam ishlatishga ruxsat berildi.
3 Windows operatsion tizimlari
Windows (inglizcha Windows - darchalar, derazalar degan mahnoni anglatadi)
Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan amaliyot tizimdir. Uning asosiy maqsadi
– kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Windowsning bosh ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qog’ozlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo’lgan mahlumotlar joylashtiriladi. Ish stoli ko’rinishi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirib turilishi mumkin. U
foydalanuvchi ko’p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo’llaniladi. Windows ish stolining elementlar to’plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog’liq.
Windowsda ko’plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo’lishi uchun piktogrammalar deb ataluvchi mos rasmchalar qo’yiladi. Ularni ko’pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o’sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko’rsatiladi.
Hozirda Windows amaliyot tizimida piktogramma va ikona atamalari o’rniga dastur, fayl va oyna belgilari (znachok) atamasi qo’llanilmoqda.
Windowsning bosh oynasi bo’lmish ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo’lishi mumkin:
papkalar (sistema va foydalanuvchining papkalari); hujjat va dastur fayllari; qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.
Biroq, odatda ekranda ko’proq hollarda sistema papkalari va ko’p murojaat qilinadigan obhektlarning yorliqlari joylashgan bo’ladi.
Sistema papkalariga quyidagilar kiradi:
Kompyuter. Bu papka siz ishlayotgan kompyuterning obrazi bo’lib, uning yordamida kompyuter resurslariga (yahni, qattiq hamda yumshoq disklar, CD-ROM, tarmoq disklariga, shu kabilarga) ulanish va kirishingiz mumkin.
Dokumenti. Bu papkada odatda hujjatlarni turiga qarab tartiblangan xolda saqlash imkoni yaratiladi.
Korzina(Savat). Olib tashlangan (o’chirilgan) fayllarni vaqtincha saqlovchi papka bo’lib, u o’sha fayllarni kerak bo’lganda qayta tiklash imkonini beradi. Bu savatga Windows vositalari bilan olib tashlangan fayl joylashtiriladi. Bundan tashqari, faylni yo’qotish uchun sichqoncha yordamida uni savat belgisiga ko’chirib qo’yish mumkin. Savatni doimiy ravishda tozalab turish, yahni kerakli fayllarnigina saqlash tavsiya etiladi, chunki bu yerga joylashtirilgan fayllar ham xotirada joy egallaydi
Masalalar paneli. Ish stolining oxirgi satri Panel zadach (Masalalar paneli) deb ataladi va unda ishlayotgan masalalar aks ettiriladi. Birorta dastur ishga tushirilishi bilan masalalar panelida uning nomi yozilgan tugma paydo bo’ladi. Tugmaning nomi ikki qismdan iborat bo’ladi: dastur nomi va shu dastur yordamida tahrirlanayotgan hujjat nomi.
Nom oldida dasturning piktogrammasi aks ettiriladi. Masalalar panelining chap burchagida Pusk klavishasi joylashgan. Bu tugma Windowsning bosh tavsiyanomasiga kirishni tahminlaydi. Agar sichqoncha ko’rsatgichini shu tugma ustiga joylashtirsak, «Nachnite rabotu s najatiya etoy knopki» (Ishni shu tugmani bosishdan boshlang) degan yozuv suzib chiqadi.
Bundan tashqari, masalalar panelida rus, ingliz yoki boshqa alifbolarga o’tish, hamda vaqtni ko’rsatuvchi knopkalar mavjud.
Masalalar panelini faollashtirish. Masalalar panelini quyidagi usullar bilan faollashtirish mumkin:
masalalar panelining ixtiyoriy bo’sh joyida sichqoncha klavishasini bitta bosish; Ctrl+Esc klavishalar kombinatsiyasini yahni avval Ctrl va undan so’ng Esc klavishasini bosish; ish stoli faol bo’lgan holda Tab klavishasini bosish.
Umuman bu uchta usul bir-biriga ekvivalent emas. Birinchi usul faqat masalalar panelining fonini faollashtiradi. Oxirgi ikkita usul esa Pusk (Start) klavishasini faollashtiradi. Masalalar panelining foni faollashgan vaqtda quyidagi amallarni bajarish mumkin:
Shift+F10 tugmalar kombinatsiyasini bosib, masalalar panelining kontekst tavsiyanomasini ochish mumkin;
, tugmalari yordamida masalalar panelida joylashgan dastur tugmalarini ajratish va Enter ni bosib uni ishga tushirish mumkin.
Masalalar panelini ekran chegarasining xohlagan qismiga: tepa yoki pastga, chap yoki o’ngga joylashtirish mumkin. Panelni boshqa bir joyga ko’chirish uchun uni sichqonchaning tugmachasi bilan bosib turgan holda ekranning biror chegarasiga siljitamiz. Kerakli chegara bo’ylab to’g’ri to’rtburchakning konturi paydo bo’lganda, sichqonchaning tugmachasini qo’yib yuboramiz. Masalalar panelini kengaytirish ham mumkin. Buning uchun panelning chegarasidan sichqoncha bilan ushlab kengayishi kerak bo’lgan tarafga sudraladi.
Windows tavsiyanoma(menyu)lari. Windowsda foydalanuvchilar 4 turdagi tavsiyanoma bilan ishlashi mumkin:
Windowsning asosiy bosh (Pusk) tavsiyanomasi; barcha obhektlarning kontekst tavsiyanomalari; dastur tavsiyanomalari;
d astur va hujjat darchalarining, shuningdek, muloqot darchalarining boshqaruvchi (sistema) tavsiyanomalari.
Tavsiyanoma - bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyruqlar majmuidir. Tavsiyanoma bandlari orasida buyruqlardan tashqari ost tavsiyanomaga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo’lishi mumkin. Bu holda biz ierarxik yoki ichma-ich joylashgan tavsiyanoma bilan ishlaymiz. Buni dasturlarni ishga tushirish tavsiyanomasi misolida ko’rishimiz mumkin.
Tavsiyanomalar monitor ekranida joylashishiga ko’ra, vertikal va gorizontal tavsiyanomalarga bo’linadi.
Dastur darchalarining tavsiyanomasi gorizontal bo’lib, u sarlavha satrining tagida joylashgandir.
Vertikal tavsiyanoma-yuqoridan pastga qarab ochiluvchi tavsiyanomadir. Windowsda vertikal tavsiyanomaning boshqa ko’rinishi, suzib chiquvchi deb nomlangan va pastdan yuqoriga qarab ochiluvchi ko’rinishi ham ishlatilgan. Tizimning asosiy tavsiyanomasi ana shunday tavsiyanomadir. Suzib chiquvchi tavsiyanomaning yana bir turi - kontekst tavsiyanoma deb atalib, u darchaning ixtiyoriy joyida sichqonning o’ng klavishasini bosganda ochiladigan tavsiyanomadir.
Tavsiyanomalar tizimida yozuvlarni qisqartirish uchun qabul qilingan shartli belgilashlar mavjud bo’lib ular quyidagilardir:
agar tavsiyanoma bandi ko’p nuqta (...) bilan tugasa, shu band bajarilganda buyruqni
aniqlashtirish uchun mo’ljallangan qo’shimcha muloqot darchasi ochiladi; agar tavsiyanoma bandi oxirida uchburchak () belgisi tursa, shu band bajarilganda
qo’shimcha tavsiyanoma (podmenyu) ochiladi; agar tavsiyanoma bandi kul rang harflarda yozilgan bo’lsa, tavsiyanomaning shu bandi
ayni vaqtda faol emasligini bildiradi; agar tavsiyanoma bandi davomida tugma nomi yoki tugmalar kombinatsiyasi ko’rsatilgan bo’lsa, u holda tavsiyanomaning shu bandini tavsiyanomaga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko’rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin ekanini bildiradi. Bu tugmalar akselerator tugmalar (shortcut keys) deyiladi; tavsiyanoma bandidagi tagiga chizilgan harf qaynoq tugma (hot key) deb nomlanadi.
Tavsiyanoma faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyruqni bajarish mumkin; agar tavsiyanoma bandi oldida katta nuqta () belgisi bor bo’lsa yoki shu bandning ramziy tasviri botiqroq shaklda bo’lsa, u bir nechta alternativ rejimlardan bittasi tanlanishi kerakligini bildiradi.
agar tavsiyanoma bandi oldida belgisi bor bo’lsa, u shu rejim tanlanganini bildiradi.
Asosiy tavsiyanoma. Pusk tugmachasi bosilganda, ekranda Windowsning ish boshlashi uchun kerak bo’ladigan asosiy tavsiyanomasi ochiladi. Windows XP da avvalgi Windows amaliyot tizimlari bilan bir xil bo’lishi uchun asosiy tavsiyanomaning klassik ko’rinishi va faqat Windows XP ga xos bo’lgan ko’rinishlari mavjud. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, tizim parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy mahlumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin. quyida biz faqat Windows XP ga xos bo’lgan asosiy tavsiyanoma bo’limlari bilan tanishib chiqamiz.
Tavsiyanomaning Vse programmq – Xamma dasturlar bandi yordamida shu kompyuterga o’rnatilgan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi ierarxik qo’shimcha tavsiyanomaga kiriladi.
Moy dokument – Mening hujjatlarim papkasida saqlanayotgan hujjatlar ro’yxatini ko’rsatuvchi darchani ochib beradi.
Nedavnie dokumenti – Oxirgi ochilgan hujjatlar ro’yxatini ko’rsatadi.
Moi risunki – Mening rasmlarim papkasida saqlanayotgan rasmlar ro’yxatini ko’rsatuvchi darchani ochib beradi.
M oya muzika – Mening musiqalarim papkasida saqlanayotgan musiqalar ro’yxatini ko’rsatuvchi darchani ochib beradi.
Moy kompyuter – Mening kompyuterim papkasini ochadi va kompyuter resurslarini ro’yxatini ko’rsatadi.
Setevoe okrujenie – Tarmoq doirasi papkasini ochadi va unda xozirda tarmoqda ishlab turgan kompyuterlar ro’yxatini ko’rish mumkin.
Panel upravleniya – Boshqaruv paneli kompyuter resurslarini sozlash, yangilash, olib tashlash va o’zgartirish uchun xizmat qiladigan papkani ochadi.
Printer, faks – Ulab qo’yilgan yoki yangi ulanayotgan chop etish va faks qurilmalari ro’yxatini ko’rsatadi.
Spravka i podderjka – Bu bo’lim kompyuteringizga o’rnatilgan Windows amaliyot tizimida ishlash uchun mahlumotnoma va tavsiyanomalar beradi.
Poisk – Tasvir, musiqa yoki video, xujjatlar(matnli fayllar, elektron jadvalla va boshqalar), fayl va papkalarni, kompyuterlar va odamlarni qidirib topishga yordam beradi.
Windowsdan chiqish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Masalalar panelining chap burchagiga joylashgan Pusk klavishasi bosiladi, Ochilgan tavsiyanomadan Vklyuchenie - buyrug’i tanlanadi.
Ochilgan muloqot darchasida Vklyuchenie (o’chirish) tugmasini tanlaymiz.
Kontekst tavsiyanoma. Kontekst tavsiyanoma darchaning ixtiyoriy joyida sichqonchaning o’ng klavishasini bosish yordamida ochiladi. Bu tavsiyanoma bandlari qaysi element ajratilgani, qanday operatsiya bajarilayotgani va shu kabi holatlarga bog’liq holda o’zgaradi. Misol uchun agar Word matnlarni tahrirlash dasturida biror so’zni ajratib, sichqonchaning o’ng tugmachasiga bosilsa, nusxa olish, ko’chirish, qirqish operatsiyalarini yoki o’sha so’zni formatlashtirish operatsiyalarini (shriftni, abzatsni formatlashtirish buyruqlarini) tanlash mumkin bo’lgan tavsiyanoma paydo bo’ladi. shunday qilib, sichqonchaning o’ng tugmachasini bosgach, siz o’sha onda ajratilgan element bilan bo’ladigan ehtimoli ko’proq operatsiyalar nomlarini o’z ichiga olgan tavsiyanomaga kirishingiz mumkin. Odatda, Windowsning anhanaviy tizimli tavsiyanomasidan foydalanishga qaraganda, kontekst tavsiyanoma yordami bilan buyruqlarni bajarish qulayroqdir.
Masalalar panelini sozlash. Windowsda masalalar panelining o’lchami va o’rnini o’zgartirish imkoni bor. Odatda masalalar paneli ish stolining quyi satrida joylashgan bo’ladi. Uning kengligi dasturlar tugmalarini bir satrda joylashtirish imkonini beradi.
Masalalar panelini kengaytirish yoki toraytirish sichqoncha yordamida uning yuqori chegarasini surish bilan bajariladi. Masalalar panelini ish stolining ixtiyoriy chegarasi bo’ylab joylashtirish mumkin. Buning uchun uni sichqoncha yordamida ish stolining kerakli joyiga suramiz.
Masalalar panelining parametrlarini o’zgartirish uchun bosh tavsiyanomaning kontekst tavsiyanomasidagi Svoystva bo’limiga kiriladi va ochilgan muloqot darchasida Panel zadach saxifachasi ochiladi. Kerakli parametrlar tanlangach Ok tugmasini bosib chiqib ketiladi.
Masalalar panelining kontekst tavsiyanomasi yordamida barcha ochilgan darchalarning ish stolida joylashuvini boshqarish mumkin. Masalan, yuqoridan pastga, chapdan o’ngga yoki kaskad usulida. Masalalar panelida alifboni almashtirish panelini xamda ayrim dasturlarni tez ishga tushirish panelini joylab qo’yish mumkin. Shuningdek, panelning o’ng tomonida soat va sanani sozlash xamda faol xolda turgan qurilmalar va dasturlar belgilarini chiqarib qo’yish mumkin. Masalan, antivirus dasturi, USB porti orqali ulangan qurilmalar yoki tarmoq ishlayotgani xaqidagi belgilarni.
Windows darchalari turlari. Windowsda ko’rinishiga qarab darchalar bir necha turga bo’linadi. Bular dastur darchalari, ikkilamchi darchalar va muloqot darchalari.
Dastur darchalari o’lchamlarini o’zgartirish mumkinligi va tavsiyanoma satrining borligi bilan boshqa darchalardan farq qiladi.
Ikkilamchi darchalar (ularni yana hujjat darchasi yoki ish sohasi xam deb atashadi) dastur darchalari ichida ochiladi va unda matn, tasvir, elektron jadvallar, fayllar ro’yxati kabilar yaratiladi yoki tasvirlanadi.
Muloqot darchalari kompyuter va foydalanuvchi orasida muammoli vaziyatlar sodir bo’lganida muloqot uchun ochiladi. Masalan: biror faylni saqlab qo’ymasdan dastur ishini tugatish buyrug’ini berilganda yoki fayl va papkalarni o’chirish buyrug’ini berganda, shu buyruqni tasdiqlash uchun ochildi. Ko’pincha biror tavsiyanoma buyrug’i uchta nuqta bilan tugaydi, agar shu buyruqni ishga tushirilsa, bunday xolda xam muloqot oynasi ochiladi. Odatda bunday darchalarning o’lchamlarini o’zgartirib yoki masalalar paneliga tushirib xam bo’lmaydi.
Dastur darchasi. Windowsda har bir dastur yoki papka o’z darchasiga ega. Darcha bu foydalanuvchi ishlayotgan biror dasturga tegishli bo’lgan ekranning tasviriy ajratilgan to’rtburchak shaklidagi bir qismidir. Darchaning kattaligi ham ixtiyoriy, ham belgilangan (bu muloqot darchasi uchun) o’lchamlarda bo’lishi mumkin. Darcha butun ekranni yoki uning bir qismini egallaydi. Bahzan birgina ekranda bir necha dasturlar darchasi ochilganini ko’ramiz. Darchalar bir-birini berkitib turishi mumkin, ammo qaysi bir darchaga murojaat qilinsa, o’sha oldingi planga siljib oladi.
Xar bir dastur yoki papka darchasi ekranda 3 xil ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin:
bular, ekranni to’la egallagan xolat, bir qismida joylashgan xolat va masalalar paneliga tushirib (tugib) qo’yilgan xolatlardir.
Darchaning yuqori qismi - sarlavha qismi deyiladi. Sarlavha qismining chap burchagida darcha tavsiyanomasining belgisi joylashgan. har bir dastur o’zining maxsus belgisiga ega. Bu belgida sichqoncha bitta bosilsa, darcha tavsiyanomasi ochiladi. Darcha tavsiyanomasi darcha ko’rinishini va xolatini o’zgartiruvchi buyruqlarni o’z ichiga olgan. Darcha tavsiyanomasini, shuningdek, darchaning sarlavha qismida sichqonchaning o’ng klavishasini bir marta bosish bilan ham ochish mumkin. Sarlavha satri ustida sichqoncha ikki marta bosilsa, dastur darchasi butun ekranga yoyiladi. Keyingi ikki marta bosish esa darchaning avvalgi o’lchamini tiklaydi. Agar darcha ekranni bir qismida joylashgan bo’lsa, u xolda uni sarlavhasidan sichqoncha bilan «ushlab» ekran bo’ylab siljitish mumkin. Bunda darchaning o’lchamlari o’zgarishsiz qoladi.
Darchaning sarlavha qismida dastur yoki hujjatning nomi yoziladi. Sarlavha qismining o’ng tomonida chapdan o’ngga uchta tugma bor:
- darchani piktogramma ko’rinishida yig’ish va masalalar paneliga joylashtirish
(svernut);
darchani katta qilib ochish (razvernut) yoki
yana o’z holiga qaytarish (vosstanovit);
darchani yopish(zakrit);
Dastur tavsiyanomasi. Xar bir dastur darchasining sarlavha satridan keyin, odatda shu dastur imkoniyatlarini tasvirlovchi tavsiyanomalar joylashadi. Bunday tavsiyanomalarning bir nechta bandlari (masalan: Fayl, Pravka, Vid, Spravka va boshqalar) bo’lib, ularda asosan shu dasturning buyruqlari saqlanadi. Masalan: Fayl bo’limida Sozdat, Otkrqt, Soxranit, Pechat va boshqalar.
Asboblar (uskunalar yoki vositalar) paneli. Xar bir dastur darchasining asboblar paneli odatda, shu dastur tavsiyanomasining Vid - Paneli instrumentov buyrug’i yordamida boshqariladi. Asboblar paneli darchaning biror chegarasi bo’ylab yoki alohida darcha ko’rinishida aks ettirilgan bo’ladi. Alohida darcha ko’rinishidagi asboblar paneli hosil qilish uchun sichqoncha bilan shu panelni chap chegarasida joylashgan vertikal chiziqchasidan ushlab darchaning ish sohasiga keltiramiz va sichqonchani qo’yib yuboramiz.
Agar asboblar paneli dastur darchasi kengligidan qisqa bo’lsa, panelni gorizontal bo’yicha surish mumkin. Buning uchun chap chegaradagi ikkitalik chiziqchani bosing va uni o’ng yoki chapga harakatlantiring.
Holat satri. U dastur holatini aks ettiradi. Amalga oshirilishi mumkin bo’lgan operatsiyalar haqida oldindan bahzi mahlumotlarni chiqarib beradi. O’sha ondagi axborotni (masalan, kursorning hujjatdagi holatini), shuningdek maxsus tugmachalarni (bosilganbosilmagan) holatini ko’rsatib beradi.
Darchalarning chegarasi. Sichqoncha bilan darcha chegarasini ilib olgan holda uning o’lchamini gorizontal va vertikal bo’yicha o’zgartirish mumkin. Ammo darcha chegaralari juda ingichka bo’lgani uchun darcha o’lchamini uning pastki o’ng burchagini ilib olib o’zgartirish qulayroqdir. Ushbu burchak sichqoncha kursori bilan ilib olish oson bo’lishi uchun maxsus kattalashtirilgan o’lchamda tayyorlangan.
Fayllar guruhini ajratish. Fayllar ro’yxatini ifodalaydigan ixtiyoriy papka darchasidagi hamma fayllarni ajratish uchun Pravka (Tahrirlash) tavsiyanomasining Vqdelitg’ vse (hammasini ajratish) buyrug’ini tanlash kerak. Buning uchun CtrlA tugmalar birikmasini ham ishlatish mumkin.
Ketma-ket joylashgan fayllar guruhini ajratish uchun, oldin birinchi fayl ajratiladi, keyin shift klavishasini bosgan holda oxirgi fayl tanlanadi.
Alohida fayllarni ajratish uchun Ctrl klavishasini bosib turgan holda kerakli fayllarning nomlari ustida sichqoncha klavishasini bosish kerak.
Ajratilgan fayllarni ajratilmagan ajratilmaganlarni esa ajratilgan ko’rinishga keltirish uchun Pravka tavsiyanomasining Obratitg’ vqdelenie buyrug’i tanlanishi kerak.
Fayllarni ko’chirish va nusxasini olish. Ko’chirish va nusxa olish fayllar bilan ishlash vaqtida eng ko’p ishlatiladigan amallardir. Fayldan nusxa olish vaqtida asl nusxa eski joyida saqlanib qoladi va yangi joyga faylning nusxasi ko’chiriladi. Ko’chirish vaqtida esa asl nusxa joyidan o’chiriladi va ko’rsatilgan joyga uning nusxasi ko’chiriladi.
Fayllarni ko’chirish va nusxasini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Nusxasi olinadigan fayl(lar)ni ajratish;
Nusxa olish uchun darchadagi asboblar panelidan Kopirovat, ko’chirish uchun esa Vqrezat buyrug’ini tanlash;
Fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash;
«Asboblar paneli»dan Vstavit buyrug’ini tanlash.
Fayl nusxasini olishning yoki ko’chirishning boshqa usullari ham bor.
Fayl tanlanadi va Fayl tavsiyanomasining Otpravit - Jo’natish buyrug’i tanlanadi. Ochilgan ost tavsiyanomadan qaerga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi.
Fayl nomida sichqonchaning o’ng klavishasi bosiladi va ochilgan kontekst tavsiyanomadan Otpravit-Jo’natish buyrug’i tanlanadi. Ochilgan qism tavsiyanomadan qaerga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi.
Faylni sichqoncha yordamida ham ko’chirish mumkin. Bu usul Drag and drop- surish va qo’yib yuborish deb nomlanadi. Buning uchun tanlab olingan fayl nomi ustiga ko’rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va kerakli joyga suriladi, so’ngra sichqoncha klavishasi qo’yib yuboriladi.
Yuqoridagi usul bilan nusxa olish uchun surish vaqtida klaviaturaning Ctrl klavishasi ham birga bosiladi va kerakli joyga suriladi, so’ngra sichqoncha klavishasi qo’yib yuboriladi.
Bundan tashqari ushbu amallarni klaviatura va dastur tavsiyanomalari yordamida xam amalga oshirish mumkin.
Fayl nomini o’zgartirish. Ixtiyoriy papka yoki Provodnik darchalarida quyidagilarni bajarish kerak:
Darchada nomi o’zgartiriladigan fayl yoki papka tanlanadi.
Fayl nomi yoki papka nomi ustida sichqoncha klavishasi yana bir marta bosiladi. Yangi nom klaviaturadan kiritiladi. Enter bosiladi.
Boshqa yo’li: darchada nomi o’zgartiriladigan fayl yoki papka tanlangach Fayl tavsiyanomasining Preimenovat buyrug’i tanlanadi va yangi nom teriladi va Enter bosiladi.
Ish stolidagi belgining nomini o’zgartirish uchun, oldin shu belgi tanlanadi, keyin uning nomi ustida sichqoncha bosiladi va yangi nom kiritiladi.
Shu ishlarni kontekst tavsiyanomasi orqali xam bajarish mumkin, buning uchun tanlangan fayl yoki papka kontekst tavsiyanomasida Preimenovat buyrug’i tanlanadi va yangi nom teriladi.
Fayllarni o’chirish. Windowsda yo’qotilgan fayl ish stolidagi Korzina nomli papkaga ko’chiriladi. Korzina bo’shatilmaguncha yo’qotilgan fayllar unda saqlanib turadi. Shu sababli bexosdan yo’qotilgan fayl yana qayta tiklanishi mumkin.
Fayl yoki fayllar guruhini yo’qotish uchun yo’qotiladigan fayllar ajratiladi va quyidagi amallardan ixtiyoriy biri bajariladi:
Klaviaturadan Delete klavishasini bosiladi;
Fayl tavsiyanomasining Udalit (o’chirish) buyrug’i tanlanadi;
Asboblar panelidagi qaychi tasvirili (Buferga ko’chirish) asbobi bosiladi; - Kontekst tavsiyanomasining Udalit buyrug’i tanlanadi. Shundan so’ng ekranda yo’qotishni tasdiqlash uchun so’rov darchasi ochiladi. qilayotgan ishingizni tasdiqlash uchun Da (ha) klavishasini bosib javob beriladi.
Yana bir usuli, agar ish stolidagi Korzina belgisi ko’rinib turgan bo’lsa, u holda yo’qotiladigan fayllardan birini sichqoncha yordamida sudrab shu Korzinaga tashlasak, ajratilgan barcha fayllar yo’qotiladi.
O’chirilgan fayllarni qayta tiklash. Buning uchun ish stolidagi Korzina belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosiladi. Ekranda Korzina darchasi ochiladi. Shundan so’ng, darchadagi yo’qotilgan fayllar ro’yxatidan keraklisini topib, uni ajratish kerak va Fayl tavsiyanomasidan Vosstanovit (qayta tiklash) buyrug’i tanlanadi. Buning o’rniga fayl nomida sichqonchaning o’ng klavishasini ham bosish mumkin. Ochilgan kontekst tavsiyanomadan Vosstanovit buyrug’i tanlanadi.
Korzinani bo’shatish uchun ish stolida Korzina belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosiladi. Ekranda Korzina darchasi ochiladi. Shu darchadagi Fayl tavsiyanomasining Ochistit korzinu(Savatni tozalash) buyrug’i tanlanadi. Korzinani tozalashning boshqa usuli xam bor, buning uchun Korzina belgisi ustida sichqonchaning o’ng klavishasi bosiladi. Ochilgan kontekst tavsiyanomadan Ochistit korzinu buyrug’i tanlanadi.
Disk, fayl va papkalar haqida ma’lumotni ko’rish. Ish stolida biror fayl yoki papka haqidagi mahlumotni ko’rish uchun uning kontekst menyusidagi svoystva bo’limiga kirish kerak. Disklar xaqidagi mahlumot Moy kompyuter papkasida olinadi.
Ixtiyoriy papka yoki Provodnik darchalarida undagi fayllar haqida mahlumotni ko’rish uchun Asboblar panelidagi Tablitsa (Jadval) asbobidan yoki Vid tavsiyanomasidagi Tablitsa buyrug’idan foydalanish kerak. Fayl haqidagi to’liq mahlumotda uning nomi, o’lchami, turi, yaratilgan yoki oxirgi o’zgartirishlar kiritilgan sanasi, vaqti va boshqalar ko’rsatiladi. Ro’yxatdagi fayllar odatda alifbo bo’yicha tartiblanib yoziladi. Bunda avval papkalar so’ngra fayllar ro’yxati tasvirlanadi. Tartiblashning boshqa ko’rinishlarini o’rnatish uchun shu darchadagi Vid tavsiyanomasining Uporyadochit znachki (Belgilarni tartiblash) buyrug’idan foydalanish kerak.
Fayllarni izlash. Windowsda faylni izlash uchun uning nomidagi bir nechta simvolni kiritish kifoya. Nomida shu simvollar bor bo’lgan barcha fayllar ro’yxati ekranga chiqariladi. Bundan tashqari, agar shu fayl nomini unutgan bo’lsangiz-u, lekin uni qachon yozilganini bilsangiz, faylni yozilgan kuniga ko’ra qidirishingiz mumkin. Faylni izlash uchun:
Ish stolida Pusk klavishasini bosib, ochilgan tavsiyanomadan Poisk (Izlash) buyrug’ini tanlang.
Ochilgan Rezultat poiska (izlash natijalari) nomli darchaning chap tarafidagi Siz nimani topishni xoxlaysiz? bo’limida axtarayotgan ob’ektingizni tanlang. Masalan: Fayl papki (Fayllar va papkalar) satrini tanlang.
Ekranda qidirishni bitta yoki barcha alomatlar bo’yicha amalga oshirish bo’limi paydo bo’ladi. U yerga faylning to’la nomini yoki uning bir qismini; fayldagi biror so’z yoki jumlani;
qidiriladigan disk(lar) nomini; oxirgi o’zgartirilgan sanasi yoki diapazonini; taxminiy o’lchamini va boshqa kriteriylardan bir yoki bir nechtasini kiriting.
Oxirida Nayti klavishasida sichqonchani bitta bosing. Izlash natijasi darchaning o’ng tarafida ko’rinadi.
Topilgan fayllar ro’yxatidan kerakli faylni ochish uchun uning belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak. Poisk buyrug’ini ixtiyoriy papka yoki Provodnik darchasidagi uskunalar panelida joylashgan Poisk tugmasi yordamida ham ochish mumkin.
Katalog(papka) hosil qilish. Windowsda kataloglar papkalar deb ataladi. Yangi papka hosil qilish uchun ixtiyoriy papka yoki Provodnik darchalaridan foydalanib quyidagi ishlarni bajaramiz:
Yangi papka hosil qilmoqchi bo’lgan qurilmaga yoki papkaga o’ting.
Fayl tavsiyanomasining Sozdat (Yaratish) buyrug’ini tanlang.
Ochilgan ost tavsiyanomadan Papku qatorini tanlang. Ekranda Novaya papka nomi bilan yangi papka belgisi paydo bo’ladi. Papkaga nom bering.
Yangi papka yaratishni kontekst tavsiyanomasi yordamida xam amalga oshirish mumkin. Bu usul ayniqsa ish stolida papka yaratishda qo’l keladi.
hujjatni ochish va saqlash. Windowsda hujjatni ochishning bir necha xil usuli bor. Siz
quyidagilarning birontasidan foydalanishingiz mumkin:
Ish stoli yoki ixtiyoriy biror papka darchasida hujjat nomi yoki oldidagi belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosing.
Pusk klavishasini bosib, ochilgan tavsiyanomadan Moy dokumenti – Mening hujjatlar qatorini tanlang. Uning ost tavsiyanomasida oxirgi ishlatilgan 15ta hujjat nomlarining ro’yxati beriladi. Kerakli hujjat nomida sichqoncha bosiladi.
Windows muhitida ishlovchi ixtiyoriy dastur darchasida Fayl tavsiyanomasining Otkrit
- Ochish buyrug’ini ishga tushiring va ochilgan darchada kerakli fayl nomini tanlang xamda Otkrit tugmasini bosing.
Ba’zi dasturlarning Fayl tavsiyanomasining oxirgi satrlarida so’nggi ko’rilgan bir nechta hujjat ro’yxati beriladi. Shulardan keraklisini tanlashingiz mumkin.
W indowsda hujjatni saqlashning xam bir necha xil usuli bor. Masalan: hujjatni o’z nomi bilan o’zi saqlanib turgan joyiga qayta saqlash uchun Fayl tavsiyanomasining Soxranit buyrug’ini yoki uskunalar panelidagi disketa tasvirini tanlash kifoya.
hujjatni boshqa joyga yoki boshqa nom bilan saqlash uchun Fayl tavsiyanomasining Soxranit kak buyrug’ini tanlash kerak. Ochilgan muloqot darchasida hujjat saqlanishi kerak bo’lgan qurilma va papka nomi ochiluvchi ro’yxatdan tanlanadi. hamma parametrlar o’rnatilgandan so’ng darchadagi Soxranit - Saqlash klavishasi bosiladi.
|
| |