239
OPERASION TIZIM HIMOYASI
Operasion tizim xavfsizligini ta’minlash muammolari
Himoyalangan operasion tizim tushunchasi.
Axborotni
himoyalashning
aksariyat dasturiy vositalari tatbiqiy dasturlardir. Ularni bajarish uchun operasion
tizim (OT) tomonidan madadlash talab etiladi. Operasion tizim ishlaydigan muhit
ishonchli hisoblash bazasi
deb yuritiladi. Ishonchli
hisoblash bazasi operasion
tizimning, dasturlarning, tarmoq resurslarining, fizik
himoyalash vositalarining,
hatto tashikiliy muolajalarning axborot himoyasini ta’minlovchi elementlarning
to‘liq to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bularning ichida eng asosiysi himoyalangan
operasion tizim hisoblanadi.
Operasion
tizim
himoyalangan
hisoblanadi, agar u tahdidlarning asosiy
sinfidan himoyalanish vositalariga ega bo‘lsa. Himoyalangan operasion tizim
tarkibida foydalanuvchilarning OT resurslaridan
foydalanishlarini cheklovchi
vositalar, hamda operasion tizim bilan ishlashni boshlagan foydalanuvchilarning
haqiqiyligini tekshirish vositalari bo‘lishi shart. Undan tashqari himoyalangan OT
operasion tizimni tasodifan yoki atayin ishdan chiqarishga qarshi ta’sir vositalariga
ega bo‘lishi shart.
Agar operasion tizim barcha tahdidlardan emas,
balki bir qancha
taxdidlardangina himoyalanishni ko‘zda tutsa, bunday OT
qisman himoyalangan
deb yuritiladi.
Himoyalangan operasion tizimni yaratishdagi yondashishlar.
Himoyalangan operasion tizimni yaratishda ikkita asosiy yondashish mavjud
– fragmentli va kompleks.
Fragmentli yondashishda
avvalo bitta taxdiddan so‘ngra
boshqa taxdiddan va h. himoyalanish tashkil etiladi.
Fragmentli yondashish qo‘llanilganda OT himoyasi qismtizimi, odatda, turli
ishlab chiqaruvchilar taqdim etgan boshqa-boshqa dasturlar to‘plamidan
iborat
bo‘ladi. Ushbu dasturiy vositalar bir biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ishlaydi, ya’ni
ularning o‘zaro uzviy bog‘lanishini tashkil etishi mumkin emas. Undan tashqari
bunday qismtizimning ba’zi elementlari noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Natijada tizim
240
ishonchliligi keskin pasayadi.
Kompleks yondashishda
himoya funksiyalari
operasion tizimga uning
arxitekturasini loyihalash bosqichida kiritiladi va uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Kompleks yondashish asosida yaratilgan himoya qismtizimning alohida elmentlari
axborotni himoyalashni tashkil etish bilan bog‘liq turli masalalar echilganida bir
biri bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Shu sababli himoya qismtizimining alohida
komponentlari orasida ixtilof bo‘lmaydi. Kompleks
yondashish asosida himoya
qismtizimini shunday qurish mumkinki, hatto OT ishdan chiqqanda ham niyati
buzuq shaxs tizimning himoya funksiyalarini o‘chira olmaydi.
Fragmentli
yondashishda himoya qismtizimini bunday tashkil etish mumkin emas. Odatda
kompleks yondashish asosida yaratiluvchi operasion tizimni himoyalash
qismtizimi shunday loyihalanadiki, uning ba’zi elementlarini almashtirish mumkin
bo‘lsin.