241
3.
Foydalanuvchilarni operasion tizim bilan ishlaganda
xavfsizlik
choralariga rioya qilishlari lozimligini uqtirish
va ushbu choralarga rioya
qilinishini nazoratlash.
4.
Operasion tizim dasturlari va ma’lumotlarining
rezerv nusxalarini
muntazam tarzda yaratish va yangilash
.
5.
Operasion tizimning konfigurasion ma’lumotlaridagi va xavfsizlik
siyosatidagi o‘zgarishlarni doimo nazoratlash.
Ushbu o‘zgarishlar
xususidagi
axborotni operasion tizim xavfsizligini enggan niyati buzuq shaxsga o‘zining
ruxsatsiz harakatlarini niqoblashga qiyinchilik tug‘dirish uchun noelektron axborot
eltuvchilarida saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, muayyan operasion tizimda axborotni himoyalashning
yana boshqa ma’muriy choralari talab etilishi mumkin.