• OAV orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‘ talab qilmaydigan g‘oyaviy ta’sir va tazyiqning o‘ziga xosligi shundaki
  • Bugungi kunda 1 milliard 250 million kishi
  • Mavzu: xorijiy ommaviy axborot vositalarini media reja: makondagi o`rni




    Download 55.33 Kb.
    bet1/12
    Sana01.06.2023
    Hajmi55.33 Kb.
    #68732
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    5 mavzu xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o`
    Reyting daftarchaa.docx, 7- Issiqlik almashinish jarayonlari, 22-distilyasiya, Mashg\'ulot ishlanmasi, 263-265, GMAT QUANTITATIVE REVIEW 2ND EDITION, RASPISANIYA, 1111, Fanlar farqi, 1.16 JSTB204 - Jahon sivilizatsiyasi tarixi, 816 10.10.2018, chala, Dost, Документ Microsoft Word

    MAVZU: XORIJIY OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI MEDIA


    Reja:


    1. MAKONDAGI O`RNI


    2. JAHON MEDIA MAKONIDA AXBOROT TARQATUVCHI OAV(MAS-MEDIA) LARI
    3. MEDIA VA AXBOROTNI YARATISH HAMDA UNDAN FOYDALANISH.

    MAKONDAGI O`RNI
    Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlarga uyali telefon orqali suratlar yuboradi, turli yangiliklarga munosabat bildiradi, doimiy ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar kattalar ish vaqtini dam olish vaqtidan ajratishga majbur bo’lsa, yoshlar onlayn va offlayn tartibdagi faoliyat o’rtasiga chegara tortish zaruratini his etmaydi. Global tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida yashaydigan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular vizual va kommunikativ madaniyatning yangi toifasi vakillaridir. Hozirgi kunda jahonda yuz berayotgan voqealar qisqa fursat ichida zamonaviy ommaviy axborot vositalari ta'sirida boshqa davlatlarga tarqalmoqda. OAV orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‘ talab qilmaydigan g‘oyaviy ta’sir va tazyiqning o‘ziga xosligi shundaki u o‘quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirmasdan amalga oshiriladi va bevosita qurbonlarni keltirib chiqarmaydi. Axborot dushmanni yo‘q qilmagan, katta xarajatni talab qilmagan holda yuqori samara beradi. Bunda g‘oyaviy ta’sir yo‘naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy o‘rganilgan holda asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o‘zgartirishga, ularning regulyatorlik rolini kamaytirishga yoki butunlay yo‘qqa chiqarishga qaratiladi. Bunday ta’sir o‘tkazishda davriy nashrlar tadrijiylik, radio va televidenie fragmentli uzatish usullaridan ustalik bilan foydalanishmoqda.
    Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda:

    • inson ongini zaharlashga qaratilgan, ularning ruhiyatida agressivlik, tajavvuzkorlik, vahshiylik kabi illatlarni uyg'otadigan turli yot g'oyalarning, milliy mentalitetimizga, urf- odat, an'analarimnizga umuman mos kelmaydigan odatlar, pornografik axborotlar, turli xil yolg'on ma'lumotlar, mish-mishlarni tarqatiloyotgani insonni ogohlikka chorlaydi;

    • insoniyat hayotiga qarshi qaratilgan noan'anaviy tahdidlar: xalqaro terrorizm, diniy ekstrimizm va fundamentalizm, noqonuniy qurol savdosi kundan-kunga milliy, mintaqaviy hamda xalqaro xavfsizlikka xavf solmoqda.


    Download 55.33 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 55.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: xorijiy ommaviy axborot vositalarini media reja: makondagi o`rni

    Download 55.33 Kb.