|
Mavzu-20. Media mahsulotlarni tahlil qilish. M media
|
Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,72 Mb. | | #103124 |
Bog'liq 20-mavzu glossariy
Mavzu-20. Media mahsulotlarni tahlil qilish.
M
Media - Ommaviy axborot vositalari (OAB). Maʼlum axborotni koʻp abonentlarga uzatish vositasi. Informatikada “media” soʻzi turli moddalarni – qogʻoz, optik disk, magnit disk, magnit tasmalarni bildiradi
Media kontent— media mahsulotning mazmuni, shakli, yoʻnalishi, ifodasi.
Media madaniyat — media sohasida moddiy va intellektual qadriyatlar birligi, shuningdek, jamiyatda takror ishlab chiqarish va amal qilishning tarixan qaror topgan tizimi; auditoriyaga nisbatan “media madaniyat” va “audiovizual madaniyat” media matnni qabul qilish, baholash, tahlil qilishga, media ijod bilan shugʻullanishga, media sohasida yangi bilimlarni oʻzlashtirishga qodir inson shaxsining rivojlanishi darajasi tizimi sifatida amal qilishi mumkin.
Media matn - istalgan media turi va janridagi xabar, (gazeta maqolasi, telekoʻrsatuv, videoklip, film va boshqa.)
Media matn — media mahsulotning aniq natijasi: axborotni ifodalovchi va medianing istalgan turi va janrida bayon qilingan xabar (gazeta maqolasi,
Media-tahlil – obroʻga xatarlarni aniqlash va tezkor munosabat bildirish, kompaniyani samarali ilgarilatish va maqomini mustahkamlash uchun kompaniyaning axborot faolligini va raqobat maqomini baholash, kommunikatsiya jarayonlarini qurish.
Media tanqid — “jurnalistikaning alohida sohasi boʻlib, jamiyatga OAV faoliyatidagi yangi voqeliklar va tendensiyalarni anglashda yordam berishga xizmat qiladi. Ayni paytda u refleksiya, zamonaviy bosma axborotni va elektron matbuotni anglashning oʻziga xos usuli, jamiyat koʻzgusi hisoblanib, bozor 107 muhitiga tushib qolgan ommaviy axborot vositalarining afzalliklari va kamchiliklarini aks ettirishga moʻljallangan”
Media matnni tanqidiy tahlili - Manbalardan kelayotgan axborot oqimidan toʻgʻri foydalanib, oʻzining rivojlanishi uchun kerakli boʻlgan axborotlarni oʻrganish. Hozirgi axborotlashgan jamiyatda barcha media-resurslarini tahlil qilish muhim rol oʻynaydi.
O
Onlayn matnlar tahlili — Internetda eʼlon qilingunga qadar matnlar aksariyat hollarda aniqlik borasida tahrir qilinmaydi. Foydalanuvchilar tomonidan tayyorlanadigan kontent parchalari xolis boʻlmagan yoki noaniq axborot tashishi mumkin. Forum va bloglarning foydali jihatlarini inkor etmagan holda aytish joizki, ular shuningdek, amalda tavsiyalari zararli boʻlgan «maslahatchilar» bilan ham muloqotga kirishuvga sabab boʻlishi mumkin. Internetdan foydalanuvchilar unda berilgan har qanday axborotga ishonish qanchalik xavfli ekanini bilishi kerak.
T
Tahlil — narsa, hodisa va shu kabilarni mohiyat, qonuniyat va boshqa jihatlardan tekshirish, oʻrganish ishi.
Tahlil — tarqalish, (kurtak) yozish; tekshirish, surishtirish; hal qilish, ochish
Tanqid — 1) biror narsaga baho berish maqsadida uni tahlil qilish, muhokama qilish (masalan, adabiy tanqid); 2) muayyan narsa haqida salbiy fikr bildirish; 3) kamchiliklarni atroflicha asoslash va hal etish maqsadida bildiriladigan fikr-mulohazalar yigʻindisi.
Tanqid — taraqqiyot omili sifatida qaraladi. Tanqid asosli boʻlsa, uni hisobga olish mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga olib kelib, taraqqiyotga ijobiy taʼsir qiladi.
Tanqid ayrim hollarda arzimas nuqsonlarni boʻrttirib koʻrsatish, erkin fikr bildirish imkonini suiisteʼmol qilish evaziga mavjud muhitda keskinlikni yuzaga keltirishi mumkin.
Tanqid — ayrim shaxs, guruh, jamoaga, aniqrogʻi, ular faoliyatining natijalariga ham qaratiladi. Bunda shaxsiy manfaatlar bilan umum manfaatlari uygʻunligi taʼminlansa, tanqidiy fikrlar umum manfaatiga xizmat qiladi.
|
| |