• Matn protsessorlari haqida Matn protsessorlari
  • Microsoft Office Word 2003
  • 2-dars ms word matn protsessori interfeysi




    Download 195 Kb.
    bet1/4
    Sana12.01.2024
    Hajmi195 Kb.
    #135951
      1   2   3   4
    Bog'liq
    root videos 6-SINF-2-DARS.docx filePath 6-SINF-2-DARS (1)


    2-DARS MS WORD MATN PROTSESSORI INTERFEYSI

    Ona tili darsidan ma'lumki, harflardan so'zlar, so'zlardan jumlalar, jumlalardan gaplar, gaplardan abzaslar, abzaslardan esa matn hosil qilinadi. So'zlar o'zaro bo'sh joy bilan ajratiladi, gaplar nuqta, so'roq yoki undov belgisi bilan tugaydi. Gapning davomi sahifa kengligiga sig'masa yangi satr boshiga bo'g'in ko'chirib o'tkaziladi. Abzaslar doimo yangi satrdan ma'lum bo'sh joy qoldirib boshlanadi.




    Matn protsessorlari haqida


    Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko'rinishi ham katta ahamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va hokazo.
    Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.


    Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi haqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va hokazo) axborotni ham o'zida saqlaydi.

    Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'lla­niladi. Bunday hollarda hujjatlar har xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga har doim ham erishib bo'lmaydi.


    Yuqorida aytilganlarni hisobga olib matn ko'rinishidagi axborotlarni qayta ishlash usullari va yo'l-yo'riqlarini hozirgi kunda eng mukammal matn protsessorlaridan biri bo'lgan Microsoft Office — 2003 paketiga kiritilgan Microsoft Office Word 2003 (qisqacha Word) matn protsessori misolida ko'rib chiqamiz. U juda ko'p amallarni bajara olishi bilan boshqa matn protses­sorlaridan ajralib turadi. Wordda aksariyat buyruq va amallar bajarilishini tanlash “sichqoncha” yordamida amalga oshiriladi.
    Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Har bir hujjat sizga tanish bo'lgan oynaning maxsus ishchi maydonida tashkil etiladi. Oynalarning o'lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o'z xohishiga qarab belgilab oladi.
    Microsoft Word matn protsessorini-щ hozircha o'zbek tilidagi varianti mavjud emas. Shu bois uning ba'zi buyruq va ko'rsatmalarining o'zbek tilidagi ifodasi bilan birga qavs ichida rus tilidagi ifodasini berib boramiz.



    Download 195 Kb.
      1   2   3   4




    Download 195 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-dars ms word matn protsessori interfeysi

    Download 195 Kb.