Matn protsessorlariga oid dastlabki atamalar
Matn protsessorlarida ishlaganda huijatlarga oid quyidagi atamalarni bilish lozim.
Shrift (nemischa) — (lotin, kirill, arab, grek va boshqa) alifbo harflari, raqamlar va turli belgilarning yozma yoki bosma ko'rinishlari. Shriftlar yozuv shakli (masalan, Baltika Uzbek, Times New Roman, Monotype Corsiva), chizmasi ko'rinishi (og'ma, tagchiziqli), rangga to'yinganligi bilan (masalan, oddiy, qalin), o'lchami (masalan, 11 punkt, 14 pinkt, bu yerda punkt = 0,3759 mm) bilan farq qiladi.
So'z — belgilar ketma-ketligi bo'lib, ular bir biridan probel, nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire, uzun tire yoki qo'shtirnoq belgisi bilan ajralib turadi.
Satr — bitta chiziqda yozilgan so'zlar, harflar yoki belgilar ketma-ketligi. Matn protses-sorlari satr oxirida so'z yoki belgini keyingi satrga avtomatik o'tkazadi.
Hoshiya — sahifa chekkasidagi toza saqlanadigan qism.
Bosh satr — hoshiyadan chekinishi bo'lgan satr.
Abzas (nemischa) — bosh satri bo'lgan satrlar ketma-ketligi. Abzaslar boshqalaridan chekinishi, yozuv usuli (stili, masalan, oddiy, asosiy, Sar-lavha), intervali (satrlar orasining kengligi) bilan farqlanishi mumkin. Yangi abzasga o'tish yoki bo'sh satr qoldirish uchun [Enter] klavishi bosiladi.
Matn — abzaslar yig'ilmasi.
Fragment (lotincha: boiak) — matnning belgilangan qismi, boiagi.
Sahifa — kitob yoki daftar varag'ining bir tomoni. Matn protsessorlarida sahifa bir bosma qog'ozga mos keladi.
Format (lotincha: shakl beraman) — o'lcham, yozuv shakli, chizma ko'rinishi, interval aniqlash yoki boshqa ko'rinishlar berish.
MS Wordni ishga tushurish va unda ishni tugallash
Microsoft Office—2003 paketining MS Word dasturini ishga tushirish uch xil usulda amalga oshirilishi mumkin:
Masalalar panelidagi piktogrammasi yordamida;
Windows ish stolidagi yorlig'i yordamida;
Quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
Word dasturida ishni tugallash uchun piktogrammasini yoki fayl menyusining - ya'ni chiqish buyrug'ini tanlash yoki Alt+F4 klavishlarini birga bosish yetarli.
|