|
Xx asr o‘zbek musiqa madaniyatini o‘quvchi yoshlarga musiqa darslarida o‘qitish shart-sharoitlari conditions of teaching 20th century uzbek music culture to students in music lessons
|
Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 28,55 Kb. | | #159225 |
Bog'liq Sayfiddinov Muzaffar
XX ASR O‘ZBEK MUSIQA MADANIYATINI O‘QUVCHI YOSHLARGA MUSIQA DARSLARIDA O‘QITISH SHART-SHAROITLARI
CONDITIONS OF TEACHING 20TH CENTURY UZBEK MUSIC CULTURE TO STUDENTS IN MUSIC LESSONS
Sayfiddinov Muzaffar
Namangan Pedagogical Institute
Master's student of music education
Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr o‘zbek musiqa madaniyatini o‘quvchi yoshlarga musiqa darslarida bugungi ta’lim jarayonida o‘qitish shart-sharoitlari haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: musiqa tarixi, XX asr o‘zbek musiqa san’ati, innovatsion ta’lim metodlari, o‘quv materiallar.
Abstract: This article talks about the conditions of teaching young people studying Uzbek music culture of the 20th century in music lessons in today's educational process.
Key words: history of music, Uzbek music art of the 20th century, innovative educational methods, educational materials.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan so‘ngi o‘zgarishlar, ijtimoiysohaning ta’lim tizimida ulkan islohotlarni amalga oshirdi. Jamiyatningravnaqivataraqqiyoti ta’lim va tarbiya bilan bevosita bog‘liqdir. Zero tarbiya insontafakkuriniyuksaltiradi, mamlakatimizning kelajak istiqbolli stategiyalarini belgilab beradi.
XX asrning 30-40 yillari ijodiga ega bo‘lgan tayyorgarligi o‘smirlar, talabalarmusiqalarini yaratilishiga va ravnaq topishiga yo‘llanma bo‘ldi. BudavrlardaO‘zbekistont davlat konservatoriyasi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ochildishuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-madaniy hayotida muhim ijobiy voqealar bo‘ldi.
O‘tgan asrning birinchi yarim yilligi davrlarida o‘zbek bastakorlarivakompozitorlari ijodi yana yangi kuchga to‘ldi. Bu jarayonda uldar oldidatalabalarmusiqasini yaratish, yoshlar ijodini qo‘llab quvatlash, ularni musiqaga, ijoddayetaklovchi motivatsiyalar uyg‘otdi. Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarimyilligi 50-70– yillarni O‘zbekiston bastkorlik va kompozitorlik ijodiyotining katta qismi aynantalabalar va o‘smirlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligini ta’kidlab o‘tish kifoya.
Pedogogik innovatsiyalar umumta’lim maktablarda, pedagoglarning ijodiy
faoliyati natijasida vujudga keladi. Innovatsiya har tomonlama puxta rejalashtirilgan, o‘quv jarayoniga maqsadli kiritilayotgan yangi ta’limiy amaliyot (yangi tartib, uslub, metod, metadologiya, texnologiya va boshqalar) hisoblanadi.
Innovatsiyaning o‘ziga xos xususiyati quyidagilar hisoblanadi:
innovatsiyalar doimo dolzarb muammoning yangi yechimini o‘z ichiga oladi;
ulardan foydalanish yangi sifatli natijalarni olish imkonini beradi;
innovatsiyalarni tatbiq etish tizimdagi barcha komponentlarning sifatiy o‘zgarishlariga olib keladi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev takidlaganidek: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g`inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilishimiz zarur.
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur`atlarda jadallik bilan rivojlanishi ta’lim tizimi xodimlaridan ta’lim tarbiya sifatini mazmun jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etib, har bir tizim xodimi, ayniqsa o‘qituvchilar zimmasiga yanada yuksak ma’suliyat va vazifalarni yuklaydi.
Ta’lim tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘quvchilarni Vatanimizni sevadigan, o‘z bilimi va iste`dodiga suyanadigan hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil ravishda puxta bilim oladigan, O‘zbekistonning qudratli davlat bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shadigan, har tomonlama barkamol, sog`lom qilib tarbiyalashdan iborat”[1.416].
O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishida
qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olishi, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olishi, o‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlay olishlari, ijodiy ishlay olishlari, izlanishlari, tahlil eta olishlari, o‘zlari xulosa chiqara olishlari, o‘zlariga, guruhga, guruh ularga baho bera olishi, o‘qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olishi o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi[2.23]. Har bir dars, mavzu, o‘quv fanining o‘ziga xos texnologiyasi bo‘lib, ya’ni o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya -bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u o‘quvchi ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Ta’lim vositalari – o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitishni samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi [3.45]. Ta’lim berishning texnik vositalari-o‘quv materialini ko‘rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi, o‘quvchilarga o‘quv materialini tushunishlariga va eslab qolishlariga imkon beradi. Bunday vositalarga quyidagilar misol bo‘lishi mumkin: diaproektor, grafoproektor, doska bloknot, doska-stend;
Yordamchi ta’lim vositalari - grafiklar, chizmalar, tarqatma
materiallar va boshqalar. Bular o‘quvchilarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradi. O‘quvchilarni o‘quv bilish faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi har xil turdagi ta’lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga bog‘liq:
1. Maqsadni belgilash;
2. Asosiy bilim manbaalariga tayanish;
3. Ta’lim usullaridan foydalanish;
4. O‘quv materiallardan o‘quvchilarni imkoniyatlariga qarab foydalanish;
Umumta’lim maktablarinig bugungi kundagi vazifasi, yangi innovatsion axborot texnologiyalari orqali o‘quvchilarga ma’lumotlarni aniq va tushunarli qilib yetkazib berish hisoblanadi. Shuning uchun ham dars davomida o‘qituvchi o‘quvchilarning musiqa madaniyati fanini, o‘zbek va jahon kompozitorlari ijodini , o‘zbek halq kuylarini, maqom shashmaqomning kelib chiqish tarixini yangi innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanib tushunarli, aniq qilib o‘rganib borishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda, musiqa madaniyati fanini o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘lotlarida: zamonaviy metodlar va ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirish bilan birga ularning qobilyatlarini rivojlantirish, raqobatbardosh yetuk mutaxassis bo‘lish hamda ijobiy kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Musiqa madaniyati darslarida innovatsion ta'lim texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirish bo‘yicha metod va vositalardan foydalanishning bir nechta usullari va vositalari mavjud.
O‘quvchi yoshlarning ijodkorlik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalarini qo‘llash zamonaviy axborot texnologiyalarining funksional imkoniyatidan foydalanishga katta sharoit yaratadi. Ta’lim siyosatining hozirgi asosiy maqsadi ta’lim oluvchi shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlarini qondiruvchi muhim va kelajakdagi rivoji uchun zarur yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan zamonaviy ta’lim berishga qaratilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Mirziyoyev Sh. “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”. To‘ldirilgan ikkinchi nashr. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2002. – B-416.
Fayziyev O. Oʻquvchilarda musiqiy nafosat tarbiyasini shakillantirish yoʻllari. T:. 1992. – B – 23.
Xasanov A. Musiqa va tarbiya. T:. 1993. – B. 45.
Nishonova G., Alimova G. Bolalar pisixologiyasi va uni oʻqitish metodikasi. T.: 2019. – B. 74.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Xx asr o‘zbek musiqa madaniyatini o‘quvchi yoshlarga musiqa darslarida o‘qitish shart-sharoitlari conditions of teaching 20th century uzbek music culture to students in music lessons
|