2
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo`yicha laboratoriya mashg`ulotlar o’quv
uslubiy
ko’rsatmasi
Tuzuvchi: o’qituvchi: Sh. Jo’rayev.
Taqrizchi: ______________
Ushbu uslubiy qo’llanma universitet o’quv-uslubiy kengashining 2016 yil 23
noyabrdagi 2-sonli bayonnomasi bilan chop etishga tavsiya etildi.
Ushbu
laboratoriya
mashg`ulotlar o’quv uslubiy ko’rsatmasi barcha yo`nalishidagi
bakalavrlarning o`quv rejalaridagi «Informatika» fanining
Bilim sohasi: 600000
–
Xizmatlar,Xizmat ko’rsatish sohasi,
Ta’lim sohasi:
610000 – Xizmat ko’rsatish
soxasi, Ta’lim yo`nalishi:
5640100 – Hayotiy faoliyat xafvsizligi yo`nalishi
uchun
namunaviy fan dasturining
laboratoriya
mashg`ulotlar bo`yicha tayyorlangan bo`lib, u
butun kurs materialini to`la qamrab olgan. To`plamdagi har bir laboratoriya
mashg`ulot ichida tuzuvchi tomonidan mashg`ulotning
maqsad va vazifalari, kerakli
vosita va tushunchalar,
laboratoriya
mashg`ulotning bajarish bayoni berilganidan so`ng
talabaga muayyan(konkret) va individual topshiriq hamda
foydalanilgan adabiyotlar
ro`yhati ko`rsatilgan. Bajaruvchiga qulaylik yaratish uchun har bir amaliy
mash`gulotning rejalari va reja bo`yicha bajarish namunalari qisqacha mazmunli
ko`rsatib o`tilgan. Topshiriqlarni bajarish jarayonida
darsdan tashqari mustaqil
bajarishi uchun savol va topshiriqlarga Internet va ko`rsatilgan adabiyotlardan yoki
kompyuter sinf xonalarida amaliy bajarib daftarlariga konspekt qilib olish orqali fanni
o`zlashtirish imkoniyati mavjud. Bajarilgan ishni baholashni belgilangan me`yorlar
asosida shu mavzuga ajratilgan umumiy soatdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi
ko`rsatib qo`yilgan.
To`plamdagi har bir laboratoriya mashg`ulot yo`nalishlarning davlat standartlari
talablariga ko`ra fan dasturlari bo`yicha shu mavzu
uchun ajratilgan soatlar
doirasida va yo`nalishning xususiyatlarini hisobga olgan xolda bajarish va baholash
imkoniyatini
beradi.