Foydali qazilma konining kon geologik sharoitlari va texnologik parametrlari tahlili




Download 158,92 Kb.
bet1/12
Sana13.05.2024
Hajmi158,92 Kb.
#229526
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Eshmamatov 5-V








Kirish




Foydali qazilma konining kon – geologik sharoitlari va texnologik parametrlari tahlili




Kon ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyasi tahlili




Burg’ilash, qazish-yuklash va yordamchi kon uskunalarini tanlashni asoslash




Burg’ilash, qazish-yuklash va yordamchi uskunalarning ekspluatatsion ko’rsatkichlarini hisoblash




Maxsus qism




Xulosa




Foydalanilgan adabiyot va manbalar










MUNDARIJA
KIRISH
Jahonda burg‘ilash ishlarini sifatini va hajmini oshirish sanoat va xalq xo‘jaligining xom-ashyo resurslari zahiralarini o‘sishini oldindan ta’minlashning asosiy sharti hisoblanadi. Tog‘ jinsini parchalovchi asbob burg‘ilash uskunasining eng yuqori yuklangan va asosiy qismi hisoblanadi. Burg‘ilash uskunalarining ekspluatatsion samaradorligining katta hissasi tog‘ jinsini parchalovchi asboblarning ishiga bog‘liq bo‘lib, uning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash skvajinalarni burg‘ilash xarajatlarini kamaytiradi va burg‘ilash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Tog‘ jinsini parchalovchi asbobning konstruksiyasini takomillashtirish asosida burg‘ilash uskunasining ekspluatatsiya samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar oxirigacha yechilmagan va uni hozirda yechish alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda konchilik va geologiya-qidiruv sanoati korxonalarida olib boriladigan umumiy burg‘ilash ishlarining 35-40 % ni skvajina tubini havo bilan, qolgan 60-65 % ni esa suv asosida tayyorlangan yuvuvchi suyuqliklar bilan tozalab burg‘ilash usuli tashkil etadi. Havo bilan skvajinani tubini tozalab burg‘ilashda havoning past issiqlik o‘tkazuvchanligi sababli skvajina tubida tog‘ jinsini parchalovchi asbobning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yuqori harorat hosil bo‘lishi, suv asosida tayyorlangan yuvuvchi suyuqliklar bilan burg‘ilashda esa skvajina tubida shlamli rejimni yuzaga kelishi sababli tog‘ jinsini parchalovchi asbobning samaradorligini kamayishi muammolari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada yuqori ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tog‘ jinsini parchalovchi asboblarning konstruksiyasini yaratish va ularni joriy qlish natijasida burg‘ilash uskunalarining samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda yangi foydali qazilma konlarini qidirish va ularni qazib olish ishlarini jadallashtirish, burg‘ilash uskunalarini ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarini oshiruvchi iqtisodiy samarali usullarni tadqiq qilish, tog‘ jinsini parchalovchi asboblarning ishchanligini oshirish, burg‘ilash ishlari tannarxini kamaytirish bo‘yicha ilg‘or ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni joriy qilinib, bir qator ilmiy-amaliy natijalarga erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida «ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, prinsipial jihatdan yangi texnologiya turlarini o‘zlashtirish, energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish...» kabi muhim vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, burg‘ilash uskunalarining ekspluatatsiyasi samaradorligini va resurs tejamkorligini oshirish, foydali qazilma konlarini qidirish va qazib olish muddatlarini kamaytirish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi va 2015 yil 4 martdagi PF-4707-son «Ishlab chiqarishni strukturaviy qayta tuzish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash bo‘yicha 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida» gi Farmonlari va 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4124-son «Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Variant-5
Berilgan ma'lumotlar:

Download 158,92 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 158,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Foydali qazilma konining kon geologik sharoitlari va texnologik parametrlari tahlili

Download 158,92 Kb.