|
Konning gidrogeologik sharoitlari
|
bet | 3/12 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 158,92 Kb. | | #229526 |
Bog'liq Eshmamatov 5-V1.2. Konning gidrogeologik sharoitlari.
“Muruntov” koni rayoni Markaziy hudud chegarasida joylashgan. Markaziy hudud dengiz satxidan 970 m balandlikdagi ko‘plab qismi eolli qumliklar bilan qoplangan tog‘li tepaliklar ko‘rinishida bo‘ladi.
Yer osti suvlari to‘planish xarakteri va ularning joylashish sharoitlari bo‘yicha bu hududda gidrogeologik massivlar va artezian basseynlari ajratilgan. Yog‘ingarchilik qishki-baxorgi davrda bo‘ladi va suvchanligi bo‘yicha yiliga o‘rtacha – 120 mm ni tashkil etadi, ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lgan yillarda – 160 mm ni tashkil etadi.ochiq suvli yuzada bug‘lanish o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik normasidan 20 baravar oshadi.
Bort va pog‘onalar turg‘unligi nuqtai nazaridan gidrogeologik sharoitlar juda ijobiy, tog‘ jinslarining namligi yuqori emas. Kar'er maydonidagi tog‘ jinsi qatlami razvetka qiluvchi shaxta laximlari yordamida drenajlanadi. Yer osti suvlarining darajasi doimiy ravishda pasayib boradi va hozirgi vaqtda h100 m gorizontdan pastda joylashgan. Yer osti suvi darajasining pasayishi +78 m va +128 m da o‘tilgan gorizontlardagi yer osti laximlaridan tizimli ravishda suvni chiqarish hisobiga amalga oshiriladi.
Filtrlash koeffisienti qiymati 0,02-112 m/sutka (Muruntov). Muruntov koni maydonidagi yer osti suvlari 370-550 m dagi mutlaq belgilarida ochilgan. Kon laximlarining (№4, №5, “M” shaxtalari) harakati natijasida yer osti suvlari darajasi 100 va undan yuqorigacha pasaygan.
1.3. Kon tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari.
Tog‘ jinslarining quyidagi asosiy turlari aniqlangan: uglerod-kvarsli, uglerodli-kvars-slyudali, slyuda-kvarsli, mayda donador, massivli alevrolitlar; uglerod-kvarsli,uglerodli-slyudali slaneslar, turli darajada kvarslangan mayda donador turli tarkibli brekchalar.
Tog‘ jinslarining fizik ko‘rsatkichlari turli chegaralarda o‘zgaradi, masalan, ot 2,56 dan 2,71 g/sm3 gacha hajmiy og‘irlikdagi turli tarkibli alevrolitlarda o‘rtacha 2,675 g/sm3 ni tashkil etadi. Slaneslarning namligi, g‘ovakliligi va suv yutuvchanligi mos ravishda uncha katta bo‘lmagan kattalikda 0,28 dan 0,85% gacha bo‘ladi. Turli tarkibli brekchalar uncha ko‘p tarqalmagan. Ularning hajmiy va solishtirma og‘irligi mos ravishda 2,69 dan 2,77 g/sm3 gacha va 2,70 dan 2,78 g/sm3gacha, namlik va g‘ovakliligi esa 0,36 dan 0,52% gacha va 0,40 dan 0,71% gacha o‘zgaradi.
Keltirilgan ma'lumotlardan shu narsa ko‘rinadiki, turli metalogik ko‘rinish va chuqurlikdagi barchatog‘ jinslarining fizik mexanik xususiyatlari uncha ko‘p o‘zgarmaydi. Ruda tanasi uchun siqilishiga chidamliligi 502 dan 1940 kg/sm2 gacha o‘zgargan holda o‘rtacha 1220 kg/sm2 ni tashkil etadi.
|
| |