Avtomobil elektron tizimining rivojlanish istiqbollari




Download 68.95 Kb.
bet1/11
Sana06.03.2024
Hajmi68.95 Kb.
#167860
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari
O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar mazmun va mohiyati., УМК Грунт 2022, qutb koordinatalar sistemasi., 9, Даво ариза, Doc41, Salomatlik haqida tushuncha, 1662924472, Tuproq eritmasining unumdorlikka ta’siri, 7-sinf-informatika-dars-ishlanmasi, Abduganieva-Ezoza-17-655397EAA25B3-2023-11-14-15-53-14, 1-Maruza zamaonaviy ee, Elektr xavfsizlik asoslari , Relelar va ularning turlari. Reja Relelar haqida dastlabki ma`l, Sanoq sistemalarida amallar bajarish

AVTOMOBIL ELEKTRON TIZIMINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Reja:

  1. Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari

  2. Hozirgi zamon avtomobil dvigatellari



Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari avtomobillarda elektr va elektron jihozlarni keng ko‘lamda ishlatilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Hozirgi zamon avtomobillarining elektr jihozlari ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish, harakat xavfsizligini va haydovchilar ish sharoitini yaxshilash tadbirlarini ta’minlovchi murakkab sistema bo‘lib, avtomobillarni samarali ishlatish darajasi ko‘p jixatdan aynan elektr jihozlarning ishonchliligiga bog‘liq bo‘ladi.
Elektr energiya dastlab, 1860 yilda ichki yonuv dvigatellarida yonilg‘i aralashmasini o‘t oldirish uchun ishlatilgan. Yonilg‘i aralashmasini yuqori kuchlanishli elektr uchquni yordamida o‘t oldirilishi, o‘t oldirish daqiqasini aniq rostlash va bu o‘z navbatida ichki yonuv dvigatellarining (IYoD) quvvatini va tejamliligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Shuning uchun yonilg‘ini elektr uchqun vositasida o‘t oldirish boshqa usullarni siqib chiqardi va hozirgi kunda karbyuratorli dvigatellar uchun yagona sistema hisoblanadi.
Elektr energiya dvigatelni ishga tushirish, yoritish va turli xil asboblarni tok bilan ta’minlash uchun ishlatilishi avtomobillarda elektr ta’minot, ishga tushirish va yoritish sistemalarini vujudga keltirdi.
Elektr ta’minot tizimi akkumulyator batareyasi, generator va rele-rostlagichlardan iborat. Qariyb 50 yil davomida avtomobillarda asosan o‘zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Elektron sanoatning rivojlanishi va bu sohada erishilgan muvaffaqiyatlar avtomobillarda yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini ishlatish imkonini berdi. O’zgaruvchan tok generatorlari o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, xususan ularning ishlatish jarayonidagi ishonchlilik va chidamlilik darajasi ancha yuqori, o‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lgan holda katta quvvatga ega, tannarxi ancha past va hokazo.
Avtomobil dvigatellarini ishga tushirish tizimi akkumulyator batareyasi, startyor, kommutatsiya jihozlari, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalardan tashkil topgan. Akkumulyator batareyasi avtomobil elektr jihozlarining zarur qismlaridan biriga aylandi. Avtomobillarda dizel dvigatellari kullanilishi ishga tushirish tizimining quvvati ancha oshirilishini talab qildi. Bu, o‘z navbatida, sig‘imi 200-250 A-soat bo‘lgan, takomillashgan akkumulyator batareyalarni, quvvati 10-15 kVt gacha bo‘lgan startyorlarni ishlab chiqishga olib keldi.
Hozirgi zamon avtomobil dvigatellarida siqish darajasi, aylanishlar chastotasi o‘sishi bilan birga tejamkorligini oshirish, chiqindi gazlarning zaharliligini kamaytirish masalalariga bo‘lgan talabning kuchayishi o‘t oldirish sistemalaridagi yuqori kuchlanish qiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini tug‘dirdi. Klassik yoki kontaktli o‘t oldirish tizimining imkoniyati cheklanganligi sababli bu muammoni hal qilish uchun o‘t oldirishning yangi sistemalari ishlab chiqildi, xususan kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli, mikroprotsessorli o‘t oldirish sistemalari shular jumlasidandir.
Avtomobillarning yoritish tizimi bir tomondan harakat xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan haydovchi va yo‘lovchilarga ma’lum qulaylik yaratish vazifasini ham bajaradi. Avtomobil transporti vositalarining soni ortib borishi va ularning harakati tobora tig‘izlashishi yo‘l-transport xodisalari keskin ko‘payishiga olib keldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra bu noxush xodisalarning 60% dan ortiqrog‘i ko‘rinish yaxshi bo‘lmagan sharoitlarda (ya’ni tun, tuman) sodir bo‘ladi. Bu, avtomobillarda to‘rt farali va yoritishni avtomatik rostlovchi sistemalar, tumanga qarshi faralar, galogen lampalar, qizil linzali lampalar joriy qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda avtomobillarning yoritish sistemasida yarim o‘tkazgichli yorug‘lik chiqaruvchi elementlar, suyuq kristallar va boshqa turdagi yangi yorug‘lik jihozlarini ishlatish

Download 68.95 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 68.95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil elektron tizimining rivojlanish istiqbollari

Download 68.95 Kb.