• Tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi
  • Organik-mineral
  • Tuproq eritmasidagi kolloidli
  • Reja: Tuproq eritmasining tarkibi konsentratsiyasi




    Download 100 Kb.
    bet1/5
    Sana16.06.2023
    Hajmi100 Kb.
    #73540
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tuproq eritmasining unumdorlikka ta’siri
    O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar mazmun va mohiyati., УМК Грунт 2022, qutb koordinatalar sistemasi., 9, Даво ариза, Doc41, Salomatlik haqida tushuncha, 1662924472, 7-sinf-informatika-dars-ishlanmasi, Abduganieva-Ezoza-17-655397EAA25B3-2023-11-14-15-53-14, 1-Maruza zamaonaviy ee, Elektr xavfsizlik asoslari , Relelar va ularning turlari. Reja Relelar haqida dastlabki ma`l, Sanoq sistemalarida amallar bajarish

    Tuproq eritmasining unumdorlikka ta’siri




    REJA:
    1. Tuproq eritmasining tarkibi konsentratsiyasi
    2.Tuproq kislotaligining hosil bo‘lishi va uni boshqarish.
    3.Tuproqning ishqoriyligi va uni boshqarish.
    4.Tuproqning buferlik xususiyati hamda uni boshqarish.
    Tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi
    Typroq eritmasining tarkibi konsentratsiyasi juda murakkab bo‘lib, uning yuzaga kelishida ko‘plab jarayonlar ishtirok etadi. Tuproq eritmasining tarkibi atmosfera yog‘inlaring miqdori va tarkibiga , tuproq qattiq va gazsimon fazalariga, o‘simliklar qoldiqlarining tarkibi va miqdoriga , mezofauna hamda mikroorganizmlarning faoliyati singari omillarga bog‘liq. Yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlarning borish sur'ati va yo‘nalishi mavsumiy o‘zgarish xarakteriga ega bo‘lganligidan tuproq eritmasining tarkibi ham juda o‘zgaruvchandir. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi uncha yuqori bo‘lmasdan, odatda, 1 l eritmada eriganmoddalar miqdori bir necha grammdan oshmaydi. Ammo sho‘rlangan tuproqlardagi suvda eriydigan moddalar miqdori bir litrda o‘nlab va hatto yuzlab grammni tashkil etadi.Tuproq eritmasi tarkibidagi mineral va organik –mineral moddalar odatda, ionlar, molekulalar va kolloidlar shaklida saqlangan bo‘ladi. Bundan tashqari, tuproq eritmasi tarkibida SO2, O2 singari erigan gazlar ishtirok etadi. Tuproq eritmasi tarkibida mineral birikmalarning
    anionlaridan: NSO-3, SO32-, NO3-,NO-2,SO42, CI-, H2PO4, HPO24
    va kationlaridan: Sa+, Mg2+, Na+, NH+4, K+, H+ singarilar bo‘ladi. Shuningdek , kuchli nordon tuproqlarda AI3+, Fe3+, botqoqlangan tuproqlarda esa G‘ye2+ bo‘lishi mumkin. Tuproq eritmasidagi temir va alyuminiy asosan organik moddalar bilan mustahkam kompleks birikmalar holidadir.
    Tuproq eritmasi tarkibida organik birikmalardan organik qoldiqlarning suvda oson eriydigan moddalari va ularning parchalanish mahsulotlari, o‘simlik va mikroorganizmlarning hayot-faoliyati mahsulotlari (organik kislotalar, qand moddalari, aminokislotalar, spirtlar, fermentlar, oshlovchi moddalar singarilar), shuningdek gumus moddalar bo‘lishi mumkin.
    Organik-mineral birikmalar asosan kislota tabiatli ( gumus kislotalar, polifenollar, past molekulyar organik kislotalar kabi) turli organik birikmalarning ko‘p valentli kationlar bilan birgalikdagi kompleksidan iboratdir. Turli tuproqlarning eritmasi tarkibidagi mineral va organik moddalar nisbati har xil. Jumladan, botqoq, podzol-botqoq va qo‘riq chimli podzol tuproqlar eritmasida mineral moddalarga nisbatan organik moddalar ko‘proq, qora tuproqlarda bu birikmalar deyarli teng miqdorda, sho‘rlangan tuproqlar eritmasida esa mineral birikmalar ko‘p bo‘ladi. Sho‘rtob tuproqlar eritmasi ham organik moddalar ko‘proq, chunki, ishqoriy sharoitda va singdirilgan Na+,ningpeptizatsiyalovchi ta'siri natijasida organik moddalarning eruvchanligi oshadi.
    Tuproq eritmasidagi kolloidli – eruvchi moddalar kremniy kislota va temir, alyuminiy oksidlari hamda organik va organik-mineral birikmalarning zollaridan tashkil topgan K.K. Gedroyts ma'lumoticha, kolloidlar eritmasidagi moddalar umumiy miqdorining 1/10 dan 1/11 qismigacha bo‘lishi mumkin. Sho‘rtoblarning eritmasida kolloidli – eruvchi moddalar mikdori juda kup.
    Tuprok eritmasidagi moddalar tarkibi muayyan tuproklarning genetik katlamlari buyicha xam keskin uzgaradi. Tuproklarning organogen va gumusli gorizontlari eritmasidagi organik moddar miklori eng kup bulib, pastki katlamlarida bu moddalar kamayadi. Kopra tuproklar, kashtan tuproklar, buz tuproklar va shurtoblarning pastki gorizontlaring tkprok eritmasida mineral birikmalardan korbanatlar, gips va suvda oson eruvchi tuzlar kup buladi.
    Tuprok eritmasida mavjud bulgan anionlardan NO2,SO24 fosfor anionlari (H2HO4 , HPO24)o‘simliklarni xayot faoliyatida muxim ahamiyatga ega. Eritmadagi nitratlar mikdori tuprokda kechadigan nitrifakatsiya jarayonlarining sharoitlari (organik moddalar bilan boyiganligiga, tuprokning gidrotermik rejimiga va aerotsiyasi) ga boglik. Shurlanmagan tuproklarda SO2–4 ning mikdori uncha kup emas (bir litr eritmada bir necha mg.). Fosfat - ionlar yanada kamrok bulib, uning asosiy sababi, fosforning mineral birikmalar xolida usimliklar tomonidan tez o‘zlashtirilishi va tuprok fosfatlarining suvdagi kam eruvchanligidir.
    Sho‘rlangan tuproklarning eritmasida CI,SO24,Ca2+,Mg2+,Na+ ko‘p saqlanadi.
    Tuprok eritmasining reaksiyasi aktual yoki aktiv ishkoriy xarakterga ega bulib, tuprokda kechadigan kimyoviy fizik-kimyoviy va biologik jarayonlarning borishiga shunigdek, o‘simliklaring o‘sib, rivojlanishga katta ta'sir etadi.
    Tuprok eritmasining osmotik bositmi o‘simliklar xayotida muhim ahamiyatga ega. Osmotik bosim tuprok eritmasining konsentratsiyasiga va unga erigan moddalarning dissotsilanish darajasiga boglik. Tuprok eritmasidagi eng yukori osmotik bosim sho‘rhoklarda buladi.
    Tuproq eritmasidagi tuzlar konsentratsiyasining osmotik bosimiga bogliqligi ( I. Jiemuratov, 1968)

    Shurlanish darajasi

    Kuchsiz

    O‘rtacha

    Kuchli

    Quruq qoldiq(g-l)




    Quruq qoldiq(g-l)

    Osmotik bosim,atm

    quruq qoldiq(g-l)

    Osmotik bosim.atm

    1,20

    0,90

    5,76

    2,76

    9,96

    5,12

    2,55

    0,96

    8,17

    3,47

    20,58

    7,46

    3,86

    1,42

    13,66

    4,57

    24,03

    9,27

    5,52

    1,76

    15,85

    5,90

    35,68

    14,3

    7.20

    2,44

    21,08

    6,50

    52,51

    20,95

    Madaniy o‘simliklarga tuproq sho‘rlanishining ta'siri ayniqsa g‘o‘za misolida yaqqol ko‘rinadi. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi g‘o‘zaning unib chiqishi uchun 5-8 g-l, normal rivojlanishi va o‘sish davrlarning normal o‘tishi uchun tuproq eritmasining umumiy konsentratsiyasi haydalma qatlamida 10-12 g/l dan oshmasligi zarur. V. A. Kovda ma'lumoticha, xloridli –sulfatli sho‘rlanishda tuproq eritmasining konsentratsiyasi 12 g/l bo‘lganda, g‘o‘za zararlana boshlaydi, konsentratsiyasi 12 dan 25 g/l da o‘simlik ancha qiynalib o‘sadi, 25 g/l dan oshganda g‘o‘za nobud bo‘ladi.
    I.Jiemuratov (1968) ning ma'lumotiga ko‘ra Buxoro viloyati sharoitida tuproq eritmasining bosimi 1 atm. atrofida bo‘lganda chigit yaxshi unib chiqishi pasayib, 10-15 atmosferada (eritmadagi tuzlar konsentratsiyasi 31-39 g/l) qurib qolgan.
    Quyidagi jadvalda S. N. Rijovning tuproq eritmasining konsentratsiyasi va osmotik bosimning g‘o‘za hosildorligiga ta'siriga doir keltirilgan materiallari ham bu ma'lumotlarni tasdiqlaydi.

    Tuproq eritmasidagi tuzlar konsentratsiyasi va osmotik bosimiga ko‘ra g‘o‘za hosildorligi ( S.N. Rijov. )



    Dala

    uchastka

    Hosil s/ga

    Eng kam nam sig‘imi bo‘lganda tuproq eritmasining konsentratsiyasi, g/l

    Quruq qoldiq

    S1–

    SO2–4

    Osmotik bosimi, Pa

    1


    35,5

    3,53

    0,33

    1,45

    9,5

    104


    35,4

    3,21

    0,29

    1,25

    1,16

    105


    31,9

    5,03

    0,36

    1,91

    1,66

    105

    2

    1.

    22,1

    8,40

    0,69

    3,76

    3,74

    106

    2.

    17,5

    13,50

    1,32

    6,90

    4.76

    105

    3.

    16,5

    18,61

    1,45

    11,15

    6.91

    105

    3

    1.

    1,3

    27,15

    2,42

    4,41

    1.1

    106

    2.

    0,6

    30,10

    2,46

    10,05

    9.15

    105

    3.

    0,0

    38,90

    4,38

    17,40

    1.2

    106

    Bundan ko‘rinib turibdiki, tuproq eritmasining konsentrasiyasi 30 g/l dan oshganda g‘o‘za nihollari nobud bo‘ladi.


    Qishloq ho‘jalik ekinlarining o‘sib rivojlanishida tuproq eritmasining reaksiyasi ham katta ahamiyatga ega. Jumladan, eritmaning yuqori darajadagi ishqoriyligi va tuproqda soda (NA2CO3) ning ko‘p to‘planishi o‘simliklarga nihoyatda zararli ta'sir etadi. Masalan, sho‘rtob tuproqlarning sho‘rtoblangan ustunsimon gotizontida soda 2 g/l (rN– 8,6), sho‘rtob qatlam ostida esa 4 g/l bo‘lib, rN 9,1 – 10 ga yetadi. Bu ko‘rsatkichlar ekinlar uchun zararlidir hamda tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalashni talab etadi. Madaniy o‘simliklarning tuproq eritmasi kislotali reaksiyasiga chidamliligi va talabchanligi ham bir xil emas

    Download 100 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 100 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Tuproq eritmasining tarkibi konsentratsiyasi

    Download 100 Kb.