• Tayanch so’zlar
  • 30 mavzu: Gidroksi hosilalar. Spirtlar. Fenollar




    Download 199 Kb.
    bet1/5
    Sana04.09.2023
    Hajmi199 Kb.
    #80212
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    30 M Gidroksi hosilalar. Spirtlar. Fenollar.
    6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234

    30 MAVZU: Gidroksi hosilalar. Spirtlar. Fenollar.
    Reja:

    1. Spirtlarning turlari va nomlanishi, olinish usullari.

    2. Kimyoviy xossalari. Ishlatilishi.

    3. To’yinmagan spirtlar.

    4. Fenollarning sinflanishi: bir, ikki va ko‘p atomli fenollar.

    5. Fenollarni olish usullari.

    6. Fenollarda elektrofil almashinish (galogenlash, nitrolash, sulfolash) reaksiyalari.



    Tayanch so’zlar.Fenollarni karboksillash, formillash (Kolbe, Reymer-Timan, Vilsmeyer) reaksiyalari. Fenol-formaldegid smolalar. Ikki atomli fenollarni ishlatilish sohalari

    Spirtlar deb, R-OH umumiy formulaga ega bo‘lgan birikmalarga aytiladi. Bu yerda R-alkil guruhi bo‘lib, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi bo‘lishi, ochiq zanjirli, halqali, yoki qo‘sh bog‘ yoki aromatik halqa tutishi mumkin:



    To‘yingan spirtlar 3 xil-karbinol bo‘yicha, sistematik va tarixiy nomenklaturalar asosida nomlanadi. M-n:


    Spirtlar galoidalkillarni suv yoki NaOH bilan gidroliz qilib olinadi. Suv bilan gidroliz qilinganda reaksiya qaytar, ishqor bilan gidroliz qilinsa oxirigacha boradi:

    Spirtlarni magniyorganik birikmalar asosida sintez qilish mumkin:

    Bu usulda chumoli aldegiddan birlamchi, boshqa aldegidlardan ikkilamchi, ketonlardan uchlamchi spirtlar hosil bo‘ladi.
    Spirtlarni olish usullaridan biri alkenlarga suv ta’sir ettirishdir. Bu reaksiya H2SO4, H3PO4, Al2O3 lar ishtirokida boradi. Bunda kislota faol proton beradi va u alkenga birikib, suv molekulasining birikishiga olib keladi:

    Spirtlarni aldegid va ketonlarni Ni, Pt, Pd ishtirokida vodorod bilan qaytarib olinadi:

    Spirtlarni oksosintez usuli bo‘yicha CO+H2 dan olish mumkin. Bunda ishlatilayotgan katalizatorlarning tabiatiga qarab metanol va boshqa to‘yingan spirtlarning aralashmasi hosil bo‘ladi:

    Spirtlarning reaksiyaga kirishish qobiliyati undagi O-H guruhi va alkil radikalining tabiati bilan belgilanadi.
    Spirtlar kuchsiz kislotalardir:
    Spirt CH3OH CH3CH2OH (CH3)2CHOH (CH3)3CHOH
    rKa 15,2 15,8 16,9 19,2
    (suvdagi eritma uchun)
    Eng kuchli kislota metanol hisoblanadi.
    Spirtlar natriy metali bilan reaksiyaga kirishib alkogolyatlarni hosil qiladi, m-n:
    2C2H5OH + Na  2C2H5ONa + H2
    Alkogolyatlar kuchli asoslar bo‘lishi bilan bir qatorda kuchli nukleofil reagentlar hisoblanadi. Ular oson alkillanadi (Vilyamson reaksiyasi) va atsillanadi. Reaksiya natijasida oddiy va murakkab efirlar hosil bo‘ladi:
    C2H5ONa  C2H5Cl  C2H5O C2H5  NaCl
    C2H5ONa  CH3COCl  C2H5OCOCH3  NaCl
    Alkogolyatlar ta’sirida galogenalkanlardan galogenvodorodlar ajralib, etilen va atsetilen uglevodorodlar hosil bo‘ladi:

    Birlamchi spirtlar oksidlanib aldegidlarni, ikkilamchi spirtlar esa ketonlarni hosil qiladi.

    Metanol yiliga 10 mln. tonnadan ortiq ishlab chiqariladi. U boshqa erituvchilarni (oddiy va murakkab efirlarni) sintez qilishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Shuningdek spirtlar (etanol) Lebedev usuli bilan butadiyen olishda, atseton olishda (izopropil spirt), plastifikator (butanol-1) olishda ishlatiladi.

    Download 199 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 199 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    30 mavzu: Gidroksi hosilalar. Spirtlar. Fenollar

    Download 199 Kb.