|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 157/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiKo’p qatorli quduqlarni burg’ilash metodi 1951 yilda Azneft birlashmasi (Ozarbayjon Respublikasi) muhandislari tomonidan ko’p qatlamli konlarni ishlatish paytida taklif etilgan. Burg’ilashning bu yangi metodi bir quduq ichiga ikki yoki uch quvurlar birikmasini tushirish va turli chuqurliklarda joylashgan bir nechta neft gorizontlarini bir vaqtda ishlatish imkonini beradi. Konni ishlatishning bu sistemasida neftli qatlam qavatlarga shunday ajratilishi lozimki, uning har birida tayanch gorizontdan tashqari qaytish gorizontlarining soni uchtadan ko’p bo’lmasligi kerak. Quduqlar ikkita yoki uchta ishlatish ob’ektini ochishga mo’ljallangan bo’lib, asosan ikki yoki uch qatorli qilib loyihalanadi. Dastlab quduq katta diametrli doloto bilan (loyihalangan ko’p sonli kolonnalarni joylashtirish maqsadida) burg’ilanadi, chuqurlik ortgan sari (tushiriladigan konlonnalar sonining kamayishi hisobiga) quduq kichik diametrli doloto bilan qaziladi. So’ngra quduqqa tushirilgan quvurlar birikmasining tashqi bo’shlig’iga sement qorishmasi haydaladi va har bir quvurlar birikmasi tayanch gorizont qarshisida teshiladi. Tayanch gorizontdagi neft chiqarib olingach, unga sement haydaladi va qaytish gorizonti qarshisida quvur yana teshiladi. Qatlamlarni bir yo’la-ayrim ishlatish imkoniyatlari keng bo’lib, qatlamlarga ta’sir etishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanib, bir quduqda bir nechta qatlamlarni ayrim-ayrim ishlatish mumkin bo’ladi. Ajratilgan yirik ob’ektlarda qatlamga suv bostirish metodlarini qo’llash orqali qazilgan kam sonli quduqlarning debitini oshirib, ob’ektlarni qisqa muddatda va yuqori sur’atda ishlatish mumkin bo’ladi. Natijada katta iqtisodiy samaraga erishiladi.
70- yillardan boshlab O’zbekiston Respublikasi neft-gaz sanoati amaliyotida yangi ko’p qatlamli konlarni ishlatish loyihasini tuzishda ikki, uch va undan ko’p qatlamlarni birlashtirib, bir quduq bilan ishlatish keng qo’llanilmoqda, bunda haydash va neft quduqlarida bir yo’la-ayrim ishlatish uskunalaridan keng foydalanilmoqda.
Haydash quduqlarida bir yo’la-ayrim ishlatish metodi qo’llanganda turli o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan qatlamlarda haydash bosimi teng taqsimlangandagina unga kerakli hajmdagi suvni yuborish mumkin bo’ladi, neft quduqlarida esa – har bir qatlamning mahsuldorligiga va qatlamning bosimiga mos keluvchi depressiyani yuzaga keltirib, hamma qatlamlardan kerakli miqdorda neft olish mumkin.
Bir yo’la-ayrim ishlatish metodini joriy qilishdan avval ko’p qatlamli ob’ektni ishlatishda birmuncha vaqt hamma qatlamlarning birgalikda ishlatishni ta’minlash lozim. Bu davrda haydash va ishlatish quduqlarida birgalikda ishlayotgan qatlamlarning har birining parametrlarini tavsiflovchi ma’lumotlarni: mahsuldorligi, debiti, suyuqlik qabul qilaolishligi, qatlam bosimi va sh.k.ni aniqlash maqsadida kongeologik tadqiqotlar bajariladi. Undan so’ng ob’ekt bir yo’la-ayrim ishlatish rejimiga o’tkaziladi, bunda qatlamlarning ishlatilishi qattiq nazorat qilinadi, zarur hollarda ishlatish jarayonini boshqarishga tuzatishlar kiritiladi.
|
| |