Mavzu: Konlarda quduqlarni ishlatish texnikasi va texnologiyasi




Download 145,53 Kb.
Sana15.05.2024
Hajmi145,53 Kb.
#235085
Bog'liq
3.A.M


Mavzu: Konlarda quduqlarni ishlatish texnikasi va texnologiyasi
Konlarda quduqlarni konini ishlatish neftni yer bag'ridan yuqoriga ko'tarib chiqish bilan bog'liq quyidagi tadbirlar natijasida amalga oshiriladi
1. Konni quduqlar yordamida burg'ulash;
2. Qatlam energiyasi balansini boshqarish quduqlarni tegishli joylashtirish va ularning ishlash rejimini belgilash hamda, quduqqa nisbatan neft yoki gaz harakatini boshqarish;
3. Neftni tubdan yuzaga ko'tarish.
Neft va gaz harakati jarayonini boshqarish bo'yicha tadbirlar majmui konning ishlatish tizimini belgilaydi. Har bir uyumni ishlatish tizimi to'g'risidagi tushuncha dastavval mahsulot olinadigan quduqlarning maydon bo'ylab joylashish sxemasiga bog'liq. Bu sxema asosan neftlilik konturining siljishi yoki siljimasligi va qatlam energiyasining manbalariga bog'liq.
Chunonchi, siljiydigan neftlilik konturi sharoitida (suv bosimi va bosim usullari) quduqlar suv-neft yoki gaz-neft tutash yuzasiga parallel shaklda qatorlar bo'ylab joylashtiriladi. (7.1-rasm). Bu sharoitda bir vaqtning o'zida uchta qatorni baravariga ishlatish maqsadga muvofiq Katta o'lchovli uyumlarda uchtadan ko'proq qatorlar joylashtirilgan bo'lsa, to'rtinchi qator birinchi qator quduqlarini to'la suv yoki gaz bosgandan so'ng beshinchi qator ikkinchi qator quduqlarini to'la suv yoki gaz bosgandan so'ng va h.k. ishga tushiriladi
.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, uyumning markaziy qismi uzoq vaqt konservatsiyada bo'lmasligini ta'minlash maqsadida ba'zan kontur ichiga suv haydash uyushtiriladi.
Siljimaydigan konturli uyumlarda quduqlar maydon bo'ylab yoppasiga to'r joylashtiriladi. shaklida (kvadrat yoki uchburchaksimon)
Quduqlar orasidagi va qatorlar orasidagi masofa geologik- texnikaviy va iqtisodiy mulohazalarni hisobga olib belgilanadi. Uyumni ishlatish tizimi shuningdek quduqlar va qatorlarning
ishga tushirilish ketma-ketligini ham belgilaydi.
Ishlatish tizimi zarur hollarda va mavjud shart-sharoitda qatlam bosimni saqlab turish tadbirlarini ham belgilaydi.
Ko'p qatlamli konlarda ishlatish tizimi qatlamlarning ishga tushirish ketma-ketligi (tartibini) ham mo'ljallaydi.
Qatlamlarni yuqoridan pastga qarab birin-ketin yoki pastdan yuqoriga qarab ishga tushirish va kombinatsiyalashgan tizimlar mavjud. Kombinatsiyalashgan tizimda eng katta zaxira mujassamlashgan bazisli qatlam birinchi navbatda ishga tushirilib, keyin zahirasiga mos ravishda boshqa qatlamlarni ishlatish tartibi mo’ljallanadi.
Ishlatishning oqilona tizimi
Odatda uyumni ishlatish tizimi bir necha variantda hisoblab ko'riladi. Bu variantlar uyumdagi quduqlar soni va ularning ishga tushish ketma-ketligi, ishlash rejimi, qatlam bosimini saqlash usulining qo'llanilishi va ishlatishning iqtisodiy ko'rsatkichlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Variant ko'rsatkichlari o'zaro taqqoslanib, uyumni ishlatishning oqilona tizimi tanlanadiki, bu tizim quyidagi omillar bilan belgilanadi:
1. Quduqlar orasida o'zaro eng past ta'sir darajada.
Yer osti gidravlikasi qonunlaridan ma'lumki, quduqlar orasidagi masofa kengaygan sari, ularning o'zaro ta'sirl pasayadi va quduq tubi bosimlari tengligi sharoitida ulardan olinadigan mahsulot miqdori oshadi. Bunda har bir quduqni burg'ulashga va jihozlashga ketgan mablag' tez qoplanadi. Lekin quduqlar orasidagi masofa kattalashsa jami quduqlar soni va ulardan olinadigan mahsulot miqdori kamayadi, uyumni ishlatish muddati uzayadi. Shuningdek, kollektorlarning turlilik sharoitida neftning ancha qismi uyumda qolib ketadi.
2. Yuqori neft beraolishlik koeffitsenti.
Yuqori neft beraolishlik koeffitsiyenti butun qatlam bo'yicha siqib chiqarish jarayonini bajarish, ya'ni suv-neft va gaz-neft tutash yuzalari barcha qatlamchalar orqali o'tishi natijasida olinishi mumkin.Past o'tkazuvchanli qatlamlarda neft harakatini ta'minlash uchun suyuqlik harakatining katta tezligini va yuqori bosim gradientini ta'minlash kerak. Demak, yuqori neft beraolishlik koeffitsiyenti siqib chiqarish rejimi (usul)lariga xosdir. Qatlamning tabiy energiyasi yetarli bo'lmagan hollarda sun'iy suv bosimi yoki gaz bosimi usulini qo'llashga to'g'ri keladi.Turliligi yuqori qatlamlarda neft beraolishlik quduqlar Joylashishining zichliliga ham bog'liq. Konni ishlatish loyihasida quduqlarni zich joylashtirish olinishi mumkin bo'lgan zaxiraning oshishiga olib kelish varlanti ham ko'riladi.
3. Neftning minimal tannarxi. Loyihalashtiriladigan har bir ishla- tish tizimining hamma variantlari uchun kapital va ekspluatatsion sarf-harajatlar hisoblanib neftning tannarxi aniqlanadi. Eng past tannarxli variant iqtisodiy jihatdan oqilona hisoblanadi.
Neft konlarini ishlatish muammosi neft va uning mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojiga qarab davlat masshtabida hal qilinadi. Davlat rejasi neft qazib olishning istiqboli va uni qayta ishlash masalalarini hisobga olgan holda tuziladi. Shuning uchun konni oqilona ishlatish tizimini tanlash kompleks ravishda hal qilinadi.
Yuqori neft beraolishlik koeffitsiyentini va xalq xo'jaligi rejasini minimal harajat bilan ta'minlovchi tadbir oqilona tizimga mos keladi. Kon ishini loyihalashtirishning shunday varianti to'planishi kerakki bu variant yuqorida quyilgan talablarga javob bersin.
Ishlatishning oqilona tizimi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
a) boshlang'ich geologik-fizikaviy ma'lumotlarni yig'ish;
b) gidrodinamik hisoblashlar natijasida u yoki bu tizim uchun ishlatishning texnologik ko'rsatkichlarini hisoblash;
d) ishlatishining har xil variantlari uchun iqtisodiy samaradorlikni hisoblash;
e) geologik-texnikaviy va iqtisodiy ko'rsatkichlarini taqqoslab Ishlatishning oqilona variantini tanlash.
Burg‘i quduqlardan neft va gaz olishni xususiyatlash uchun gaz omili tushunchasi, ya’ni standart sharoitga keltirilgan burg‘i qudug‘idan olinayotgan gaz hajmini, vaqt birligida olingan gazsizlashtirilgan neft miqdoriga (hajmiga) nisbati, ishlatiladi. O‘rtacha gaz omili tushunchasini neft konini ishlashni texnologik ko‘rsatkichi sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Bunda o‘rtacha gaz omili kondan joriy olinayotgan gaz va neft nisbatiga teng. 5. Quduqlarga haydalayotgan moddalar sarfi va ularni neft va gaz bilan birga chiqarib olish.Qatlamlardan neftni va gazni chiqarib olishni texnologik jarayonlarini amalga oshirishda qatlamga oddiy suv, turli kimyoviy omillar qo‘shilgan suv, issiq suv yoki bug‘ uglevodorod gazlari, havo, uglerod ikki oksidi va boshqa moddalar haydaladi. Konni ishlash jarayonida bu moddalar sarfi o‘zgarishi mumkin. Bu moddalar qatlamdan neft bilan birga chiqarib olish mumkinligi sababli, ularni chiqarib olish sur’ati ham texnologik ko‘rsatkichlarga kiritiladi. 6. Qatlamda bosimni taqsimlanganligi. Neft konini ishlash jarayonida qatlamdagi bosim boshlang‘ich holatiga nisbatan o‘zgaradi. Tabiiyki, qatlamning turli qismlarida bosim har xil bo‘ladi. Haydovchi quduqlar atrofida bosim yuqoriroq, oluvchi quduqlar atrofida esa - pastroq. Shuning uchun qatlam bosimi to‘g‘risida gapirilganda, odatda maydon yoki hajm bo‘ylab o‘rta me`yorli qatlam bosimi tushuniladi. Neft konini ishlashni loyihalashda bosim taqsimlanganligini qatlam bo‘yicha yoki ishlash sistemasi elementida hisoblash muhimdir. Ishlashdagi qatlamni xususiyatlovchi nuqtalaridagi (haydovchi quduqlar tubidagi Рh haydash chizig‘i yoki chegaralaridagi Рh mahsulot olish chizig‘i yoki chegaralaridagi Рolmahsulot oluvchi quduqlardagi Рol, III.20- rasm) bosimlardan ham ishlash ko‘rsatkichlari sifatida foydalaniladi. Ulardan tashqari haydovchi va oluvchi quduqlardagi bosimlar farqini aniqlash ham muhim ahamiyatga egadir. 7. Oluvchi quduqlar usti bosimi Рu.Oluvchi quduqlar usti bosimi qatlamdan chiqarib olinayotgan neftni, gazni va suvni quduq ustidan kondagi gazni ajratish, suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmalariga quvurlar orqali uzatish, hamda oluvchi quduqlarni ishlatishni texnologik rejimlariga qo‘yilgan talablardan kelib chiqib o‘rnatiladi. 8. Ishlatish quduqlari tubidan yer sathigacha suyuqliklarni ko‘tarib chiqarish usullari bo‘yicha taqsimlanishi.Neft qatlamlarning o‘tkazuvchanligi, ularning turliligi sababli, konlarni ayrim qismlarida har xildir. Bu farq neft qatlamlarini ishlatish quduqlari bilan ochish, ularni mustahkamlash va o‘zlashtirish jarayonlarida ortishi mumkin. Natijada konda burg‘ilangan quduqlarning ortishi mumkin. Natijada konda burg‘ilangan quduqlarning mahsuldorligi keskin farq qiladi. Bunday hollarda, haydovchi va oluvchi quduqlari usti bosimi bir xil bo‘lganda, quduqlarning debiti turlicha bo‘ladi yoki ishlatish quduqlaridan bir xil debit olish uchun ular tubidagi bosim har xil bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarda qatlamdan chiqarib olinayotgan mahsulotni yer sathigacha ko‘tarish uchun ishlatish quduqlari mahsuldorligi katta (ishlatish quduqlari tubidagi bosimlar yuqori) va mahsulot kam suvlangan bo‘lsa, ishlatish quduqlarini favvora usulida ishlatish mumkin. Ishlatish quduqlarini mahsuldorligi kichik va mahsulotni suvlanganligi katta bo‘lsa, suyuqlikni yer sathiga chiqarish uchun mexanizatsiyalashtirilgan usullardan foydalanish kerak.
9. Qatlam temperaturasi. Neft konlarini ishlash jarayonida qatlam temperaturasi suyuqlik va gazlarni ishlatish qudug‘i tubi atrofidagi harakatida kuzatiladigan drosselli samaralar; qatlamga haydalayotgan suv temperaturasiniqatlam temperaturasidan farqligi; qatlamga issiqlik tashuvchi omillar kiritish yoki qatlam ichra yonishni amalga oshirish va boshqa sabablar bilan o‘zgaradi. Shunday qilib, tabiiy ko‘rsatkich bo‘lgan, boshlang‘ich qatlam temperaturasi ishlash jarayonida o‘zlashtirilishi mumkin va qatlam bosim kabi ishlash ko‘rsatkichi bo‘lib qoladi. Neft konlarini ishlash jarayonlarini loyihalashda qatlam bo‘ylab yoki ishlash sistemasi elementida temperaturani taqsimlanganligini hisoblash kerak, chunki ishlash jarayonlarida qatlam temperaturasini katta o‘zgarishlari yuz beradi. Bundan tashqari haydash va olish burg‘ quduqlari tubi atrofida hamda ishlatilayotgan qatlamga qo‘shni boshqa qatlamlardan temperaturani o‘zgarini bashorat qilish ham zarurdir. Ko‘rsatib o‘tilgan neft konlarini asosiy ishlab ko‘rsatkichlaridan tashqari, qatlamlardan neft qazib olishning turli texnologiyalari qo‘llanilganda, ularga xos ayrim ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. Masalan, qatlamlardan neftni sirt-faol moddali suv aralashmalari polimerlar yoki uglerod ikki oksidi bilan siqib chiqarishda omillarni yutilishini va qatlamdagi harakat tezligini miqdoran bashorat qilish kerak. Qatlam ichra namli yonish qo‘llanilganda – suv – havo nisbatini, qatlam bo‘ylab yonish ko‘lamini harakat tezligini va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlash kerak bo‘ladi. Neft konini ma’lum ishlash sistemasidagi qatlamlardan neft qazib olish texnologiyalariga xos hamma ko‘rsatkichlarni o‘zaro bog‘liqligini ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, bosim farqini, qatlam bosimini, suyuqlik olishni va qatlamga haydalayotgan moddalar sarfini ixtiyoriy olib bo‘lmaydi. Ayrim ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish boshqa ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Ishlash ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqligini neft konlarini ishlashni hisoblash modellarida albatta inobatga olish kerak, agarda ko‘rsatkichlarni ayrimlari berilgan bo‘lsa, qolganlari hisoblab aniqlanadi.
Download 145,53 Kb.




Download 145,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Konlarda quduqlarni ishlatish texnikasi va texnologiyasi

Download 145,53 Kb.