• Q atla m larga suv hay d a sh t ex n i k a va t e xn o logi y asi
  • 9.1. N eft q az i b chi q a ri s hn i n g i k k i la m chi usullari
  • Neft konlar




    Download 179.3 Kb.
    bet1/4
    Sana13.03.2024
    Hajmi179.3 Kb.
    #170775
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1.Маруза
    Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, 1666731973, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test

    Neft konlarini suv bostirish usullarini qo‘llab ishlash Reja
    9.1. Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari


    9.2. Respublikamizda qatlam bosimini saqlash usullarini qo‘llanilish tarixi 9.3. Qatlamlarga suv haydash texnika va texnologiyasi
    Tayanch iboralar

    Ikkilamchi usullar, suv haydash texnikasi, texnologiyasi, qoldiq neft, gaz (havo) yoki suv haydash, gazsizlanish, qovushqoq neft, fazaviy o‘tkazuvchanlik, qatlamning fizik xususiyatlari, jinslarning g‘ovakligi, o‘tkazuvchanligi, granulometrik tarkibi, minerologik tarkibi, qatlamning qalinligi, maydon bo‘ylab o‘zgarishi, suyuqlik va gazning qatlam sharoitidagi fizik xususiyatlari, neft va gazning qovushqoqligi, neftning gazga to‘yinganligi, to‘yinish bosimining kattaligi, neftning zichligi, suvlilk va gazlilik chegaralari, qatlamning mahsuldorligi, yutish qobiliyati.
    9.1. Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari

    Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari deganda qatlamlarni uzoq vaqt ishlatishnatijasida neftzahiralarinianchagina qismiolinibbo‘lingandankeyin, ya’ni ishlashning so‘nggi davrlarida qatlamlarga ta’sir qilish usullari tushuniladi. Mamlakatning neft uyumlarida neft beraoluvchanlik koeffitsiyentini o‘rtachaga nisbatan 2 – 3 % ga ko‘tarish katta ahamiyatga ega. Bu esa yangi katta konni ochish bilan barobardir.
    Eski va zahirasining ko‘p qismi olib bo’lingan konlarda qoldiq neftni olish bir qancha qiyinchiliklar bilan bog‘liq:
    - qatlamda bosim tushishi bilan birga neft qisman gazsizlanadi va buning oqibatida qovushqoqligi ortadi;
    -qatlamda tog’jinsiningneftuchunfazaviyo‘tkazuvchanliginikamaytiruvchi erkin gaz paydo bo‘ladi;
    - uyum ko’proq yoki kamroq darajada suvlangan bo‘lishi mumkin.

    143


    Uyumlardan qoldiq neft zahirasini olish uchun ikkilamchi tadbirlar sifatida

    odatda neft qatlamlariga gaz (havo) yoki suv haydash qo‘llaniladi.



    Neft olishning ikkilamchi usullarini loyihalashtirishda neftlilik qatlamini mufassal o‘rganish katta ahamiyatga ega. Bunday o‘rganishda quyidagilar aniqlanishi kerak:
    1) qatlamning fizik xususiyatlari – jinslarning g‘ovakligi, o‘tkazuvchanligi, granulometrik va minerologik tarkibi, qatlamning qalinligi va uni maydon bo‘ylab o‘zgarishi;
    2) suyuqlik va gazning qatlam sharoitidagi fizik xususiyatlari – neft va gazning qovushqoqligi, neftning gazga to‘yinganligi, to‘yinish bosimining kattaligi, neftning zichligi va b.;
    3) qoldiq neftning, bog‘liq suvning va qatlamning alohida hududlaridagi gazning miqdori;
    4) qatlam bosimi va uni qatlamning turli qismlarida o‘zgarishi; 5) suvlilk va gazlilik chegaralari;
    6) qatlamning mahsuldorligi va yutish qobiliyati.

    Neft olishning ikkilamchi usullarini amalga oshirish uchun obyekt tanlashda quyidagilarga asoslaniladi:
    1. Qoldiq neftga to‘yinganlik g‘ovak muhitning hajmini kamida 35% ni tashkil qilishi lozim. Chunki neftga to‘yinganlik bundan ham pastrok bo‘lganda qatlamdan olinayotgan 1t neft uchun sarflanadigan ishchi agentning solishtirma sarfi ko‘payishi hisobiga jarayonning samaradorligi tezda tushadi.
    2. Bog‘liq suvning miqdori jinsda 25% gacha bo‘lsa suv haydash samaralirok bo‘ladi. Bog‘liq suvning miqdorini bundan hamko’proq bulishi jarayonning samaradorligini pasaytiradi. Qaydqilingan usulni qo‘llash uchun suvga to‘yinganlikning chegarasi 55% ni tashkil qiladi. Qatlamga gaz haydashni bog‘liq suvning miqdori bundan hamko’proq bo‘lgan hollarda qo‘llasa bo‘ladi; bu holatda suvga to‘yinganlikni chegarasi 70% ga teng;
    3. Har xil o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan qatlamchalardan tuzilgan turli tog’’ jinslaridan iborat qatlamlarni ishchi agentni har biriga alohida haydash uchun
    144
    ikki – uch obyektga bo‘lish (bunda pachkalarning qalinligi 10-20 m ni tashkil qilishi

    kerak) maqsadga muvoffik. Bunday tog’’ jinslarida haydovchi quduqlar kesimidagi yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarni izolyatsiya qilish (berkitish) tadbirlarini o‘tqazish kerak;


    4. Qatlamning fatsial o‘zgaruvchanligi, linzasimonligi va qalinligini kichikligi xolatlarida ko‘shni quduqlar bir-biridan ta’sirlanmaydi, bunda neft olishning ikkilamchi usullari kerakli samarani bermaydi.
    5. O‘piriluvchan va bo‘sh tog’‘ jinslaridan tashkil topgan qatlamlarda quduq tubi tikini hosil bo‘lishi va ular bilan doimiy kurashib turish lozimligi tufayli neft olishni ikkilamchi usullarini tashkil qilish qulay emas.
    6. Qatlamni bir necha bloklarga bo‘luvchi tektonik buzilishlar bo‘lsa, har kaysi blokni ta’sir qilishning mustaqil obyekti sifatida karash kerak.
    7. Neft olishning ikkilamchi usullarini qo‘llash uchun erigan gaz rejimidagi yopik qatlamlar qulay obektlarhisoblanadi.
    8. Yuqorida keltirilganidek qatlamning yuqori suvlanganligi maydon bo‘ylab suv haydash samaradorligini pasaytiradi. Qatlamning yuqori gazga to‘yinganligi gaz haydash uchun ma’qul emas. Chunki bu xolat ishchi agentni muddatidan oldin oluvchi quduqlarga o‘tib ketishiga va uni solishtirma sarfini ko‘payishiga olib keladi.
    9. Ishchi agentning solishtirma sarfi neftning sifatiga bog‘liq. Neft qovushqoqligini yuqori bo‘lishi suv, gaz va havoning solishtirma sarfini ko‘p bulishiga olib keladi.
    10. Neft olishning ikkilamchi usullarini amalga oshirishda butun ishlatish obyektini ta’sir bilan qamrab olish kerak. Usul qo‘llanalayotgan qatlamlar to‘g‘ri quduqlar turiga ega bo‘lishi lozim, agarda bunday to‘r bo‘lmasa qo‘shimcha quduqlarni qazishni loyihalashtirish kerak.
    Suv va gazni qatlamning biror bir qismiga yoki butun qatlamga haydashda quyidagilarni o‘zgarishi kuzatiladi:
    а) qatlam bosimi yoki quduqlardagi satx;


    b) quduqlarning mahsuldorlik koeffitsiyenti yoki mahsulot miqdori; 145
    v) gaz omili yoki quduqlarni suvlanish foizi;

    g) olinayotgan neft, suv va gazning tarkibi; d) suvlilik va gazlilik konturi;


    y) haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanligi.

    Olingan ma’lumotlar ishchi agent haydashning texnologik jarayonini: haydash bosimi, ishchi agent miqdori, butun qatlam va alohida quduqlar bo‘yicha mahsulot olish va haydash sur’atini o‘rnatish uchun asos qilib olinadi.


    Neft olishni ikkilamchi usullari qo‘llanilayotganda haydovchi quduqlardan oluvchi quduqlarga ishchi agentni o‘tib ketishiga qarshi kurashishga asosiy e’tiborni karatish zarur. Ishchi agentni o‘tib ketishini gaz omili va suvlanish foizini (jarayonning boshlang‘ich bosqichidayok) tezda ko‘payishi bilan bir vaqtda quduqlar mahsulot miqdorini kamayishidan bilsa bo‘ladi.
    Ishchi agentni o‘tib ketishi bilan kurashishning vositalariga quyidagilar kiradi:
    1)ishchi agent o‘tib ketayotgan hududlarda ishchi agentni haydash hajmini va quduqlar debitini cheklash;
    2)mahsulot oluvchi quduqlarni davriy ishlatish va haydovchi quduqlardan ishchi agentni davriy haydash;
    3)haydovchi quduqlar kesimidagi yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarni paker o‘rnatish va boshqa tadbirlarni qo‘llash orqali izolyatsiya qilish;
    4)havo haydashda haydovchi quduqlarga davriy suv xaydab turish. Neft olishning ikkilamchi usullari amalga oshirilayotgan davrda butun
    jarayonni geologik-texnik xujjatini aniq yuritish lozim.


    Download 179.3 Kb.
      1   2   3   4




    Download 179.3 Kb.