-rasm. Turli tipdagi neft uyumlarida (suv bosimli rejimda) quduqlarni batareya ko’rinishida joylashtirish sxemasi




Download 11,69 Mb.
bet159/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

10.2-rasm. Turli tipdagi neft uyumlarida (suv bosimli rejimda) quduqlarni batareya ko’rinishida joylashtirish sxemasi. Neft uyumlari: a – qubbasimon; b – braxiantiklinal; v – monoklinal. 1 – neftlilik chegarasi; 2 – ishlatish quduqlari batareyasi; 3 – markaziy quduqlar; Rn – neftlilik chegarasi radiusi, r – ishlatish quduqlari batareyasi radiusi
Quduqlarning batareya ko’rinishida joylashtirish sxemasi 10.2-rasmda berilgan.
Hozirgi vaqtda quduqlarni bunday joylashtirish sxemasi nafaqat suv bosimli rejimdagi qatlamlar uchun, balki gaz qalpoqli rejimdagi qatlamlar uchun ham qo’llaniladi.
Quduqlar orasidagi masofa. Sobiq Ittifoqda neft sanoati natsionalizatsiya qilingunga qadar quduqlar, masalan, Baku neft rayonida bir-biridan 25 masofada joylashtirilgan. Natsionalizatsiya qilinganidan keyin amaliy kuzatuvlar natijasida quduqlar orasidagi masofa quydagicha belgilangan: Baku rayonida 107-180 m, Grozniyda 150-200 m, Maykopda 150-200 m, Embada 107 m, Volga-Uralda 100 m (Ishimbay) va 250 m
(Bururuslan va To’ymaza). Quduqlarni joylashtirishning bir me’yorli to’rida quduqlar

orasidagi masofani 1930 yildan boshlab katta qilib olindi (Apsheron konlari).
Sobiq Ittifoqda keyinchalik quduqlarni joylashtirishning notekis to’riga o’tildi, asosan suv bosimli rejimdagi qatlamlarga batareya ko’rinishidagi sxemada interval masofasi uzoq quduqlar qazildi.
AQShda ham dastlab quduqlar zich joylashtirildi, masalan, Pensilvaniyada 1929 yilgacha quduqlar oralig’idagi masofa 60 m dan ortmagan. Quduqlar qanchalik zich joylashtirilsa, shuncha ko’p neft olinadi, degan xato fikr hukmronlik qilgan.
Keyinchalik AQShda quduqlarni joylashtirishning siyrak to’riga o’tilgan.
V.N.Shelkachev AQSh da 1957 yil 1 yanvargacha qazilgan quduqlarning joylashishini 825 ta kon misolida o’rganib va tahlil qilib, bir quduqqa to’g’ri keladigan maydonning o’rtacha qiymatini aniqladi. U quyidagicha: juda yirik konlarda (zaxirasi 41,1 mln.t.) 0,068 km2 ga yaqin; yirik konlarda (zaxirasi 41,1-13,7 mln.t) 0,10 km2, o’rtacha va mayda konlarda (zaxirasi 13,7 mln.t.gacha) 0,14 km2. Shuningdek, V.N.Shelkachevning olib borgan tadqiqotlariga ko’ra, katta chuqurlikda joylashgan bir qatlamli konlarni ochish uchun qazilgan quduqlar oralig’i juda uzoq bo’lib, har bir quduqqa to’g’ri keladigan maydon ham keskin o’zgaruvchandir (10.1jadval).
10.1-jadval tahlilidan ma’lumki, 1950 yildan keyin AQSHda ishga tushirilgan konlarda quduqlarni joylashtirish to’riga ko’ra 0,36 km2/qud. dan kami 96,2% hollarda, 0,18 km2/qud. 73,3% va 0,18 dan 0,07 km2/qud. 66,6% hollarda qo’llanilgan. Ushbu konlarda keyinchalik qo’shimcha qazilganlari hisobiga quduqlar zichligi ancha ortgan.
10.1-jadval

Bir quduqqa to’g’ri kela- digan maydon, km2/quduq

Konlar soni

Konlarning umumiy soniga nisbatan miqdori, %

>0,36
0,32±0,04
0,28—0,18 0,16±0,02
0,14-0,069 0,08±0,01
<0,07

1
7
17
39
17
14
7

3,8
6,7
16,2
37,1
16,2
13,3
6,7

Jami

102

100

10.1-jadval tahlilidan ma’lumki, 1950 yildan keyin AQSHda ishga tushirilgan konlarda quduqlarni joylashtirish to’riga ko’ra 0,36 km2/qud. dan kami 96,2% hollarda, 0,18 km2/qud. 73,3% va 0,18 dan 0,07 km2/qud. 66,6% hollarda qo’llanilgan. Ushbu konlarda keyinchalik qo’shimcha qazilganlari hisobiga quduqlar zichligi ancha ortgan.
Hozirgi vaqtda AQShda hamma neft konlarining 50% ga yaqini quduqlar to’rining maydoni 0,16 km2/qud. dan kam; 37% - 0,16-0,25 km2/qud. va 13% - 0,25 km2/qud. dan ko’pga to’g’ri keladi.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida quduqlarni batareya ko’rinishida joylashtirishda batareya qatorlari oralig’i 500-600 m, batareyadagi quduqlar oralig’idagi masofa esa 400-500 m qilib belgilangan. Ba’zi neft-gazli rayonlarda bunday masofalar ancha kamaytirilgan.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, qatlamga ta’sir etilganda va neftni chiqarib olish tartibga solinganda qatlamning to’liq neft bera olishligi quduqlar soniga (ya’ni quduqlar orasidagi masofaga va ularning joylashtirish usuliga) bog’liq bo’lmaydi, neft esa uyumning chekka qismlaridan suv ta’sirida uning markaziy qismida joylashgan quduqlar tomon to’liq siqiladi deb qaraladi. Bunday nuqtai nazar xato hisoblanadi, chunki neft konlarini ishlatish amaliyoti mahsuldor qatlamlarning geologik tuzilishining o’zgaruvchanligini va murakkabligini ko’rsatdi. Bunday sharoitlar hisobga olinmasa, quduqlarning joylashishi va qatlamga ta’sir etish texnologiyasining qandayligidan qat’iy nazar, qatlamning neft bera olish koeffitsientini yuqori ko’rsatkichlariga erishib bo’lmaydi.
Gaz konlarida quduqlar orasidagi masofa neft konlaridagiga nisbatan kattaroq bo’ladi. Masalan, AQShda quduqlar oralig’idagi masofa gaz olishning belgilangan normasi bilan aniqlanadi. Agar gaz olish normasi quduqning erkin debitidan 7% qilib belgilangan bo’lsa quduqlarni joylashtirish to’ri zichligi 0,02 km2/qud. (quduqlar oralig’idagi masofa 150 m ga yaqin) bo’ladi. Gaz olish normasi 25% gacha ko’paytirilsa, bu masofalar anchagina uzayadi. Gaz olish normasi 25% dan ortsa, quduqlar zichligi 0,65-0,87 km2/qud. (quduqlar orasidagi masofa 860-1000 m) bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi va MDH mamlakatlaridagi ayrim konlarda gaz uyumlari uchun burg’ilangan quduqlar oralig’idagi masofalar sezilarli farqlanadi. Masalan, Elshan konida bu masofalar 700-1500 m, Kalinovo-Novostepanov konida – 1000 m ga yaqin, Uxtin konida -70-1000 m, Gazli konida – 1500 m, SHebelin konida – 1000 m va h.
Quduqlar oralig’idagi masofani tanlashda asosan mahsuldor qatlamning geologik tuzilishi, uning kollektorlik xususiyatlari, fatsial o’zgaruvchanligi, qatlamning ishlatish rejimi, gidrodinamik, iqtisodiy ko’rsatkichlari va boshqa ma’lumotlariga asoslanish zarur.
Qatlamni ishlatish sur’ati balans zaxiradan yil davomida olingan neftning foiz miqdori bilan belgilanadi. Sanoat miqyosidagi zaxira bo’yicha neftni olish sur’ati solishtirilib, qatlamning neft bera olish koeffitsientini baholash mumkin bo’ladi.
Natijada hisoblangan balans (ya’ni boshlang’ich geologik) zaxira miqdoridan chiqarib olingan neft miqdori solishtirilib, qatlamni ishlatish sur’ati belgilanadi.
Masalan, AQShda neftni olish sur’ati balans zaxiraning 0,76-0,77% ni tashkil qiladi (olinadigan zaxira 2,3-2,4% ga teng va 5% ko’p emas). Qatlamdan neft chiqarish sur’atini va uyumni ishlatishning eng ma’qul muddatini belgilash loyihalash ishlarining va konni ishlatishning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani to’g’ri hal qilishda ko’pgina qiyinchiliklar mavjud, chunonchi neft qatlamlarining fizik xususiyatlarini va geologik tuzilishini maydon bo’ylab o’zgarishi bunga sabab bo’ladi.
Neft olish sur’atini mahsuldor qatlamning geologik tuzilishining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olmasdan va yil davomida olingan neft miqdorini uning boshlang’ich zaxirasi miqdori nisbatiga qarab rasman belgilash chalkashliklarga olib keladi. Uyumni ishlatish sur’ati turli omillarga bog’liq bo’lib, ular ta’siri hozirgacha to’liq o’rganilmagan. Neftlilik chegarasining siljish tezligi uyumni ishlatish


Download 11,69 Mb.
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Turli tipdagi neft uyumlarida (suv bosimli rejimda) quduqlarni batareya ko’rinishida joylashtirish sxemasi

Download 11,69 Mb.