NEFT VA GAZ UYUMLARINI CHEGARALASH




Download 11,69 Mb.
bet152/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

9.2. NEFT VA GAZ UYUMLARINI CHEGARALASH


Hozirgi vaqtda neftlilik va gazlilik chegarasini belgilash va neft yoki gazning sanoatbop zaxiralarini orttirishga etarlicha e’tibor berilmayapti. Buning asosiy sababi, konni sanoat miqyosida razvedka qilishning yangi, zamonaviy sxemalarini bunyodga kelishida va razvedka chog’ida bajariladigan vazifalarning bir qismining ishlatish quduqlarida bajarishga o’tilganligidadir. Ammo konni ishlatishning asoslangan loyihasini tuzish va uyumni chegaralash masalalarini hozirgi vaqtda kun tartibidan butunlay olib tashlanishi maqsadga muvofiq emas. Masalan, AQSh va Yaqin Sharqda ishga tushirilayotgan har bir konda etarli darajada geologik ma’lumotlar bo’lmaganda burg’ilangan mahsulsiz quduqlar soni 15-35 taga etgan,
agar geologik va geofizik tadqiqotlar asosida kon ishlatishga tayyorlangan bo’lsa, mahsulsiz quduqlar soni 5-10 tagacha kamaygan. Umuman olganda, AQSh da uyumlar amalda chegaralanmaydi, o’rta hisobda har bir ochilgan va ishga tushirilgan uyumga uni chegaralovchi quduqlarning yarmi to’g’ri keladi. Sobiq Ittifoqda esa ishga tushirilgan bitta neft uyumiga to’rtta va undan ko’p chegaralovchi quduqlar to’g’ri keladi. Shuning uchun ham konlarni ishlatishga jalb etish samarasi 2-3 marta yuqori.
Lekin konlarni zudlik bilan o’zlashtirish masalasi uyumlarni chegaralashga jiddiy e’tibor berishni, burg’ilangan quduqlarni to’liq va har tomonlama o’rganish orqali chegaralovchi quduqlar sonini keskin qisqartirishni talab qiladi.
Uyumlarni chegaralash tajribalaridan foydalanish maqsadida uyumni chegaralashning hozirgacha neft va gaz sanoatida keng qo’llanilayotgan ba’zi bir printsip va sxemalarini o’rganish to’g’ri bo’ladi. Konlarni chegaralashni o’tkazishda odatda quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilinadi:

  1. chegaralovchi quduqlar kesmalar (ya’ni qatorlar) bo’yicha neft uyumining cho’ziq tomoniga ko’ndalang qilib joylashtiriladi; kesmalar soni uyumlar o’lchamiga binoan aniqlanadi (odatda uchtadan ortiq emas); kesmalar sistemasi orqali birdaniga ikki vazifa hal qilinadi: qatlam strukturasi aniqlanadi va neft uyumining chegarasi belgilanadi;

  1. kesmalardagi quduqlar ma’lumdan noma’lumga printsipi bo’yicha ketma-ket burg’ilanadi; quduqlar fondini orttirish talabiga ko’ra bu printsipni ayrim quduqlar uchun emas, balki quduqlar guruhiga qo’llash mumkin; 3) quduqlar kesmalarda loyiha bo’yicha keyinroq qaziladigan ishlatish quduqlarining joylashishiga mos keladigan masofada o’rnatiladi. Neft uyumlarini chegaralashning qat’iy kesma sxemasi 9.1-rasmda ko’rsatilgan.


Download 11,69 Mb.
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NEFT VA GAZ UYUMLARINI CHEGARALASH

Download 11,69 Mb.