|
KONNI ISHLATISHGA TAYYORLASH
|
bet | 150/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi KONNI ISHLATISHGA TAYYORLASH
Neft va gaz konlari yillar mobaynida qidirib topilgach razvedka qilinadi. Agar kon sanoat ahamiyatiga molik deb topilsa, ishlatishga tayyorlanadi.
Konni ishlatishga tayyorlash bajariladigan geologik razvedka ishlarining oxirgi bosqichida amalga oshiriladi. Bundan asosiy maqsad kon geologiyasi parametrlari qiymatining ishonchliligini baholash, S1 toifadagi zaxiralarni quduqlar va ob’ektlar bo’yicha hisoblash, gaz konlarini ishlatishning texnologik sxemasini va tajriba-sanoat loyihasini ishlab chiqish, neft va gazlarni chiqarib olish koeffitsientini aniqlash va zaxiralarini hisoblash, konlarni ishlatish jarayonida bajariladigan tadbirlarni oxiriga etkazish va b. dan iborat. Asosiy ishlar bajarilayotganda gaz-neft-suv tutash yuzalarining holati aniqlanadi; neft, gazkondensat va qatlam suvlari debiti va to’yinish bosimi o’lchanadi; quduqlarning samaradorlik koeffitsienti aniqlanadi; uyumlarning chegara tashqarisi oblastlari bilan gidrodinamik bog’liqligi tadqiq qilinadi; kollektorlarning filtratsiya va sig’im tavsifi hamda flyuidlarning fizikkimyoviy xususiyatlarini maydon va uyum kesimi bo’yicha o’zgarishi baholanadi; neft chiqarib olish koeffitsientining qiymatini oshirish maqsadida quduq tubi va uyumga ta’sir eta oladigan usullarni tanlashga imkon beradigan qatlam tavsifi aniqlanadi.
Konni ishlatishga tayyorlash va ishlatish loyihalarini tuzish uchun zarur bo’lgan kapital mablag’larni ajratish neft va yonuvchi gaz konlari tasnifiga binoan belgilanadi. Bunday ishlarni bajarish uchun konlarda neft va gazning Vazirlar Mahkamasi qoshidagi zaxiralar bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan B va C1 toifasidagi zaxirasi bo’lishi kerak. Yangi topilgan maydonda sanoat talabiga javob beraoladigan neft va gaz koni topilgan vaqtdan boshlab konni ishlatishga tayyorlashning muhim davri boshlanadi. Bu davrda quyidagi vazifalar ado etiladi:
konni ishlatishga tayyorlash loyihasi tuzilib, sanoat miqyosidagi razvedka amalga oshiriladi. Bunday ishlar natijasida konni umumiy istiqboli aniqlanadi. Razvedka qilish jarayoni mobaynida neftli va gazli gorizontlarning hammasi topilib, ularning mahsuldorligi aniqlanadi;
belgilangan sanoat talabiga javob beraoladigan neftli va gazli gorizontlarning chegarasi aniqlanadi va konlarni ilmiy jihatdan asoslangan ishlatish sistemasini loyihalash uchun boshlang’ich ma’lumotlar olinadi. Binobarin ishlatish loyihasining sifati ma’lum darajada boshlang’ich ma’lumotlar ishonchliligi va to’liqligiga bog’liqdir. SHuning uchun ham bunday ma’lumotlarni yig’ishga, qayta ishlashga va o’rganishga katta e’tibor berilishi lozim.
|
| |