• 8.5.4. Erigan gaz rejimi
  • -rasm. Gaz bosimli rejimda (gaz qalpog’i rejimi) qatlamni ishlatish grafigi




    Download 11,69 Mb.
    bet147/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    8.17-rasm. Gaz bosimli rejimda (gaz qalpog’i rejimi) qatlamni ishlatish grafigi. Shartli belgi-larni 8.15 rasmdan qarang.

    qalpog’i tomon siljishi mumkin. Buning natijasida neft gaz qalpog’idagi quruq qumlarni namlashi oqibatida neft butunlay yo’qolishi mumkin. SHuning uchun gaz qalpog’idan gazni chiqarish

    Q atlamdan neftni chiqarib olgan sari va neftli zonada bosimning pasayishi mobaynida gaz shapkasi kengayadi va gaz neftni qatlamning pasaygan qismlariga, ya’ni quduq tubiga haydaydi. Hattoki qatlamning pasaygan qismlarida chekka suvlarning borligida ham, gaz energiya manbai sifatida ishlatishning birinchi bosqichida ustunlik qiladi.
    Lekin gaz qalpog’ida bosimning pasayishi mobaynida chekka suvlarning ma’lum bir bosimi hamda gaz bosimli rejimda yuqori gaz omilli
    quduqlarni ishlatish mumkin emas; gaz qalpog’idagi gazni har tomonlama asrash, zarur hollarda esa qatlamning neftli zonasidan neftni gaz qalpog’iga siljishining oldini olish uchun gaz qalpog’iga gaz haydash kerak. Ayrim hollarda gaz qalpog’iga qatlamdan neft siljishining oldini olish uchun uyumni ishlatish bo’yicha tegishli tadbirlarga rioya qilib gaz qalpog’idan gaz chiqarib olish mumkin.
    Gaz bosimli rejimda suyuqlikdan bo’shagan g’ovak va bo’shliqlar qatlamning foydali qismiga kirib kelayotgan qatlam suvi bilan to’la egallanmaydi. Gaz bosimli rejim odatda kuchsiz o’tkazuvchan samarador qatlam qiya holatda yotganida paydo bo’ladi.
    Gaz bosimli rejimda neft beraolishlik koeffisienti 0,4-0,5 intervallarda o’zgaradi, ayrim hollarda 0,6 ga etishi mumkin.
    Neft beraolishlikning yuqori koeffisientiga erishish uchun uyumni ishlatishning maxsus, jumladan uning neftli va gazli qismlarini ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan tizimlarini qo’llash kerak.
    8.5.4. Erigan gaz rejimi

    Erigan gaz rejimida neftdan ajralib chiqayotgan gaz pufakchalarining kengayishidan hosil bo’lgan energiya ta’sirida neft qatlam bo’ylab quduq tubiga siljiydi. Uyumni ishlatish jarayonida debit (ma’lum bir maksimumga erishilgandan so’ng) va bosim uzluksiz pasayib boradi. Bosim har qaysi lahzada qatlamdan chiqarib olingan neft va gaz yig’indisiga bog’liq bo’ladi.
    Bu rejimda ishga tushirilayotgan quduqlar soni ortib borishi bilan quduqlarning boshlang’ich va joriy debitlarining bir vaqtda pasayishi sodir bo’ladi. Neft chiqarib olish loyihadagi maksimal qiymatga etgandan so’ng, quduqlar debiti pasaya boshlaydi. Yangi quduqlarni ishga tushirish ham neft chiqarib olish o’sishini qoplamaydi (8.18-rasm).
    G az omillari ishlatishning dastlabki bosqichlaridayoq tezda ortib boradi, keyinchalik esa uyumdagi zaxiraning kamayishi bilan pasayadi. Erkin gazning hatto 7 % miqdorida (g’ovak hajmidan) qatlamda paydo bo’lishi (qatlam bosimining tushib ketishi natijasida) neft uchun fazali o’tkazuvchanlikni nihoyatda kamaytiradi, natijada ko’rilayotgan rejimning samardorligining keskin ozayishiga olib keladi.
    Keyinchalik ham neft chiqarib olish pasayib boradi va ayniqsa quduqlarning bir qismi ishdan


    Download 11,69 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Gaz bosimli rejimda (gaz qalpog’i rejimi) qatlamni ishlatish grafigi

    Download 11,69 Mb.