• 8.5.5. Gravitatsion rejim
  • 8.5.6. Neftli qatlam rejimini o’rganish uchun majmuaviy tadqiqotlar tavsilotlari
  • 8.5.7. Gazli qatlamlarni ishlatish rejimlari
  • -rasm. Erigan gaz rejimida qatlamni ishlatish grafigi




    Download 11,69 Mb.
    bet148/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    18-rasm. Erigan gaz rejimida qatlamni ishlatish grafigi. A – A – gravitatsion rejim. Qolgan shartli belgilarni

    8.15 rasmdan qarang

    chiqqanda bu jarayon yanada kuchayadi.
    Uyumdagi gaz zaxiralarining ozayishi bilan gaz omili keskin pasayadi, quduqlar debiti ham kamayib, bu jarayon asta-sekin davom etadi va keyinchalik

    uyum gravitatsion rejimga o’tadi.
    Erigan gaz rejimida neft beraolishlik koeffisienti 0,2-0,4 ni tashkil qiladi.
    Bu rejimda chegara suvlari siljimaydi yoki siljiganda ham uyumga kirib borishi neftli zonadan neftni chiqarib olishga nisbatan nihoyatda kam bo’ladi. Bu neft uyumining chegaraoldi zonasidagi qatlamning kollektorlik xususiyatlarining pastligi va qatlamning chegaraoldi zonasidagi suv va jinslarning o’zaro ta’siri bilan bog’liq. Shu sababli neftlilik chegarasi izogipslar bilan mos kelmaydi, balki ular bilan kesishadi.
    Odatda erigan gaz rejimi fatsial o’zgaruvchanligi yaxshi ifodalangan qatlamlarga xos; ularda vertikal o’tkazuvchanlik gorizontal yo’nalishdagiga qaraganda yomon va struktura qatlamlarining qiyaligi uncha katta bo’lmagan burchak bilan tavsiflanadi. YUqorida qayd qilinganidek, quduqlarning yuqori debiti chegara suvlarining yoki gaz-neft tutash yuzasining siljish tezligiga mos kelmagan hollarda, bu rejim suv bosimli va gaz qalpoqli rejimli qatlamlarda qisman namoyon bo’lishi mumkin; bu esa bosimning gaz va neftning eruvchanlik bosimidan kamayishiga olib keladi.
    8.5.5. Gravitatsion rejim

    Gravitatsion rejimda neftning qatlam bo’ylab quduq tubiga harakatlanishi neftning og’irlik kuchi hisobiga sodir bo’ladi. Bu kuch neft uyumi qatlamning suvli qismidan butunlay ajratilganda hamda neftda (erigan yoki erkin) gaz bo’lmaganda paydo bo’ladi. Yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan va juda qiya yotgan qatlamlarda bosimli – gravitatsion, yomon kollektorli xususiyatga va bir oz qiya yotgan erkin sathli nefti bo’lgan qatlamlarda gravitatsion rejim yuzaga keladi.
    Bosimli  gravitatsion rejimda, shuningdek, qatlamlarning tik yotishi uning pasaygan uchastkalariga neftning harakatlanishini engillashtiradi. Bu rejimda qatlamning enkayishi bo’yicha chuqur qazilgan quduqlarda debit va neft beraolishlik koeffisienti qiymati yuqori bo’lishi mumkin. Masalan, vilkoks qatlami bo’yicha (AQSh, Oklaxoma-siti koni) erigan gaz rejimida ishlayotgan qatlam energiyasining so’nish lahzasida va gravitatsion rejim boshlanishida neft beraolishlik 23% ni tashkil qilgan; qatlamning yuqori kollektorlik xususiyatlari va gravitatsion rejimning qulay sharoitlari tufayli yakuniy neft beraolishlik deyarli 50% ga etgan, ya’ni gravitatsion rejim hisobiga neftning sanoat zaxiralaridan 27% olingan.
    Neftning erkin yuzali gravitatsion rejimi odatda bir oz qiyalanib yotuvchi va yomon kollektorlik xususiyatli qatlamlarda kuzatiladi. Bu holda quduqlardagi neft sathi odatda qatlamning ustki qismidan pastda bo’ladi. Neft faqat ushbu quduq joylashgan zonadagi maydonlardangina oqib keladi, natijada tabiiy «qiyalik» chizig’i bilan aniqlanadigan neftning erkin yuzasi hosil bo’ladi. Gravitatsion rejimda neft beraolishlik qiymati odatda 0,1-0,2 intervallarda o’zgaradi.
    Chekka suvlar bosimi (suvlar yo’qligida) etarli bo’lmagan neftli qatlamlarda uyumni ishlatishning oxirgi bosqichlarida neftni qatlam bo’ylab quduq tubiga harakatlantiruvchi yagona omil og’irlik kuchi hisoblanadi, ya’ni qatlamni ishlatishda gravitatsion rejimga o’tish kuzatiladi.
    8.5.6. Neftli qatlam rejimini o’rganish uchun majmuaviy tadqiqotlar tavsilotlari

    Qatlamning u yoki bu tabiiy rejimini yuzaga keltiruvchi asosiy omillar geologik sharoitlar hisoblanadi, chunonchi, neft uyumlari bilan bog’liq jinslarning strukturaviy-tektonik tuzilishini o’ziga xosligi, kollektorlarning fizik va litologik xususiyatlari (ayniqsa o’tkazuvchanlik), suv, neft va gazlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va h.k. SHuning uchun neft uyumlarining rejimini o’rganishda ko’rilayotgan neft-gaz oblastida neft va gaz uyumlarining hosil bo’lish va taqsimlanishining umumiy geologik sharoitlarini hisobga olish kerak. SHunday o’rganish jarayonida neft qatlamlarining yotish sharoitlarini, neft, gaz va suvlarning taqsimlanishini, ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini, qatlamdagi geotermik sharoitlarni, pezometrik sathining hamda ta’minlanish hududlarining holatini aniqlash zarur.
    Struktura sharoitlari suv bosimining tafsilotlari va uning o’ziga xosligini aniqlaydi. Tektonik buzilishlarni o’rganish yer osti suvlarining harakatlanish yo’nalishini hamda qatlam bosimining taqsimlanishining o’ziga xosligini o’rganishga yordam beradi. Jinslarning litologik-fizik va kollektorlik xususiyatlari ustidan tadqiqotlar o’tkazish u yoki bu rejimning paydo bo’lishiga qulay sharoitlar yaratilishini, xususan suv bosimining paydo bo’lish ehtimolini aniqlashga imkon beradi.
    Jinslarning litologik xususiyatlari yaxshi bo’lganda qatlam suvlarining bosimi faol va uyum suv bosimli rejimda bo’ladi. Masalan, katta qalinlikdagi toza qumtosh qatlamlardagi sharoit suv bosimli rejim uchun qulay va aksincha, qiyiqlanuvchi va linzasimon tuzilgan va qalin bo’lmagan qatlamlarda suv bosimli rejim deyarli butunlay kuzatilmaydi. Yupqa qum va gil qatchalarning qavatlanishidan hosil bo’lgan qatlamlar suv bosimli rejimlar (ayniqsa samarali) paydo bo’lishiga noqulay hisoblanadi; bunday holda gaz rejimlaridan biri hosil bo’lishi mumkin.
    Qatlam rejimini o’rnatish uchun qatlam temperaturasini o’rganish yaxshi yordam beradi. Odatda geotermik bosqichning me’yordagi qiymati, qatlam suvlari tabiiy ravishda harakatlana olmaydigan mayda donador qumtosh (qum)larda kuzatiladi. Yirik donador qumtosh(qum)lardan tarkib topgan va minerallashganlik darajasi past bo’lgan suvlar mavjud bo’lgan qatlamlarda, odatda qatlam temperaturasi past bo’ladi va faol suv bosimli rejim kuzatiladi. Aksincha, mayda donador qumtosh(qum)lardan tuzilgan va yuqori darajada minerallashgan suvlari bo’lgan qatlamlarda, odatda qatlam temperaturasi yuqori bo’ladi va har galgidek gaz rejimi (gaz bosimli va erigan gaz rejimi) mavjud bo’ladi.
    Qatlam rejimlarini aniqlash uchun qatlamning yer yuzasiga chiqish joyining (ta’minlanish oblastini aniqlash uchun) va suv oqimi harakatlanadigan oblastlarining gipsometrik balandliklarini aniqlash muhim hisoblanadi. Ta’minlanish va suv oqimi harakatlanadigan oblastlarni bilish, pezometrik sathni, suvning harakatlanish yo’nalishini va paydo bo’lishi mumkin bo’lgan qatlam bosimini baholash imkonini beradi.
    Suv bosimli rejimi keskin namoyon bo’lgan qatlamlarda boshlang’ich pezometrik sath har doim o’sha sistemaga tegishli gaz bosimli rejimdagi qatlamlarga qaraganda pastroq holatni egallaydi. Suv bosimli rejimdagi qatlamlarda pezometrik sathning pastligi, suv oqimi harakatlanadigan oblastlarda (suv oqimining o’lchami nisbatan kichik bo’lganda) qumtosh qatlamlarning yer yuzasiga chiqishi bilan bog’liq.
    Yuqorida qayd qilingan majmuaviy tadqiqotlardan tashqari, geologik dala va razvedka ishlari davrida neft uyumining rejimini o’rganish uchun uyumni ishlatishning dastlabki bosqichida olingan ma’lumotlardan ham foydalanish zarur. SHuning uchun uyumni ishlatish jarayonida bosim va debitning o’zgarishi, ularning o’zaro bog’liqligi hamda gaz omilining o’zgarish dinamikasi ustidan nazorat o’rnatish lozim.
    Shuni nazarda tutish kerakki, uyumni ishlatish jarayonida neft-gazli qatlam
    rejimi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida o’zgarishi mumkin. Hozirgi vaqtda neft konlarini ishlatishning samaradorligini oshirish uchun qatlamga suv va gaz haydash orqali unga qo’shimcha energiya kiritish juda keng qo’llaniladi. SHu boisdan qatlamda yuqori bosim ushlab turiladi, bu esa yaxshi rejimni yomoni bilan almashuvining oldini olibgina qolmay, balki qatlamda neftning suv bilan siqib chiqarishni eng samarali rejimlariga o’tkazishga imkon beradi. SHuning uchun qatlamga ta’sir ko’rsatish bo’yicha tadbirlarni o’tkazish chog’ida yuqorida ko’rsatilgan sxemalar o’zgarishi mumkin.
    Uyumni ishlatish jarayonida qatlam xususiyatlarini o’rganishdan tashqari, gazneft va neft-suv tutash yuzalarini har xil muddatlarda siljish dinamikasini belgilab, ularning harakatlanishini kuzatish kerak.
    Shuningdek, quduqlar holatini, ayniqsa favvorali quduqlar xususiyatlari (o’zgarishi)ni hisobga olish zarur. Qatlamni gaz bosimli (gazli) rejimida quduqlar
    (ayniqsa gumbazlarga yaqin joylashganlari) katta gaz omili va yuqori buferli bosim bilan faol favvoralanadi, suv bosimli rejimda esa, odatda uncha katta bo’lmagan gaz omili va bufer bosimi bilan osoyishta favvoralanadi.
    Ayrim quduqlarning va butun qatlamning mahsuldorlik koeffisientlari turli rejimlarda har xil bo’ladi. Gaz bosimli (va umuman gazli) rejimda ular uncha katta bo’lmagan qiymatga ega (statik va dinamik sathlarning farqi katta bo’lganda); ularning qiymati uyumni ishlatish jarayonida kamayadi, suv bosimli rejimda esa mahsuldorlik koeffisientlari qiymati nisbatan yuqori bo’ladi (statik va dinamik sathlar farqi uncha katta bo’lmaganda) va uyumni ishlatish jarayonida, odatda ortib boradi.
    Yuqorida ko’rsatilgan omillarni birgalikda o’rganish uyum rejimini to’g’ri aniqlash va uyumning ishlatishni oqilona loyihalash va umuman qatlamni ishlatish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Qatlam rejimini aniqlamasdan turib, qatlamni ishlatishning tabiiy rejimining buzilishini va neft chiqarib olish sharoitlarining yomonlashining oldini olish uchun quduqni yuqori debitli rejimda ishlatish mumkin emas.
    8.5.7. Gazli qatlamlarni ishlatish rejimlari

    Gaz olishda, ishlayotgan quduqlar tomon gazlarni harakatga keltirayotgan kuchlarga mos holda quyidagi rejimlar ajratiladi:

    1. gazli yoki kengayotgan gaz rejimi;

    2. suv bosimli rejim (yaxshisi gaz-suv bosimli); bunda faqat qatlamdagi siqilgan gazning kengayishigina emas, balki uyumni ishlatish borasida siljiydigan bosimli chekka suvlarning faol bosimi ham harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.

    Uyumni ishlatish jarayonida undagi bosimlarning taqsimlanishi neft uyumidagi bosimlarning taqsimlanishidan sezilarli farqlanadi. Gaz qatlamlaridagi depressiya voronkasi neft qatlamlarnikiga nisbatan tik bo’ladi, shuning uchun ulardagi qatlam bosimi quduq tubining bevosita yaqinidayoq shu qatlamga xos bo’lgan bosimga teng bo’lib qoladi.
    Quduqdagi bosimning har qanday o’zgarishi qatlamning barcha qismiga juda tez tarqaladi. Bu hodisa gazning juda kam qovushqoqlikka egaligidan va ko’pincha gaz konlaridagi mahsuldor qatlamlarning o’tkazuvchanligining yuqoriligi natijasida sodir bo’ladi. Shuning uchun ozmi-ko’pmi bir xil fizik-geologik tavsifli gaz uyumlaridagi qatlam bosimi ishlatish jarayonida, bevosita quduq tubiga tutashgan uncha katta bo’lmagan zonalardan tashqari, hamma yerda bir xil bo’ladi deb hisoblash mumkin. Lekin bosimning bunday taqsimlanishi va qatlam bosimining bir maromda pasayishi gaz uyumidagi jinslarning litologik bir xillik darajasiga va fatsial o’zgaruvchanligiga bog’liq. Ba’zan litologik jihatdan har xil tuzilgan mahsuldor gazli gorizontlar uchraydiki, ularning ayrim zonalaridan, gaz uyumining hamma qismida bosimning bir tekis pasayishiga erishish maqsadida, turli miqdorda gaz chiqarib olish kerak bo’ladi.

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Erigan gaz rejimida qatlamni ishlatish grafigi

    Download 11,69 Mb.