• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
  • Mavzuning dolzarbligi
  • Registon plaza




    Download 102.9 Kb.
    bet1/10
    Sana15.02.2024
    Hajmi102.9 Kb.
    #157181
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Sifatni boshqarishda qabul qilingan qiymatlar
    11-мактаб шашка мусобакаси, НамДУ амалиёт низоми 2008, 5-siniflar uchun ona tili va adabiyot fanidan III chi chorak kesimida tuzilgan test savollari, 6-SINFLAR UCHUN ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TUZILGAN TEST SAVOLLARI, УМУРТКА ПОГОНАСИНИНГ ЖАРОХАТЛАНИШИ., ZAFAR DIYOR, Xurshid Davron, Абдулла Алавий, Zebra, Yordamchi tarixiy fanlar. Is\'hoqjv M. Xudaunazarov I, HIKOYANI O\'QISH METODIKASI, Методика преподавание занятий по математике в разных возрастных, 2-mavzu 2 (2), Mavzu, biomexanika 7

    Mavzu: Sifatni boshqarishda qabul qilingan qiymatlar
    Reja:
    Kirish
    1 Xizmatlar sifatini boshqarish tushunchasi va funksiyasi
    2 Mehmonxona mahsulotlari kompleks xizmatlar sifatida
    3 Mehmonxona xizmatlarining sifat ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash yo‘llari
    4 “REGISTON PLAZA” mehmonxonasida ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar turlari
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    KIRISH
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
    Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning, shuningdek, 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 27 maydagi qarori qabul qilindi.
    Mavzuning dolzarbligi. Xizmat ko‘rsatish sohasi odamlar hayotini yaxshilashga qaratilgan. Odamlarning hayotini yaxshilash esa benihoyat keng qamrovli jarayon. Shu tufayli xizmat ko‘rsatish sohasining tarmoqlari va ko‘lami juda keng. Ushbu soha odamlarga munosib sharoit yaratib berish bilan birga mamlakat yalpi ichki mahsulotida ham o‘zining sezilarli o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.
    Zamonaviy mehonxona korxonalarida xizmat kursatish sifatini boshqarish muhim omil hisoblanadi. Bunga sifat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, personalni o‘qitish, mehmonxona faoliyatining barcha jabhalarida xizmat ko‘rsatishni nazorat qilish, to‘g‘rilash, takomillashtirish kiradi.
    Mehmonxonalarda servis xizmatlarini jahon andozalariga moslashtirish, ulardagi xizmat turlarini takomillashtirish va sifatini oshirish, ularni o‘rganishda makro va mikro muhiti tadbirlarini qo‘llash soha rivojini ta’minlaydi. Demak, ushbu sohani rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini yuksalishiga olib kelar ekan, bugungi kunda uning jahon miqyosidagi holatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
    Mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatini xorij tajribasini o‘rganish, shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Xizmatchilar mehmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday talab qo‘yilishi haqida tasavvurga ega bo‘lmasa ulardan mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishlarini talab qilish juda qiyin. O‘zbekistondagi mehmondustlik sanoati o‘ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotganligini e’tiborga olish kerak.
    Mehmonxona xizmatlari ishlab chiqarish va iste’molida sifat masalalari juda muhim rol o‘ynaydi. Sifatli xizmat ko‘rsatmaydigan mehmonxona korxonasi o‘zining asosiy maqsadlariga erisha olmaydi. Turli mehmonxona korporatsiyalari rivojlanishining tarixi foyda sifatning mahsuli ekanligini ko‘rsatadi.
    Mehmonxona korxonasi oldida xizmat ko‘rsatish sifatini kerakli darajada saqlab turish, kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish strategiyasini ishlab chiqish vazifasi turadi.

    Download 102.9 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 102.9 Kb.