«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




Download 11,69 Mb.
bet151/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

9.1. NEFT VA GAZ KONLARINI SANOAT MIQYOSIDA

RAZVEDKA QILISH ASOSLARI


Neft va gaz konlarini, shuningdek, ayrim neft uyumlarini sanoat miqyosida razvedka qilish deganda, razvedka quduqlarining joylashtirish sistemasini belgilash, ularni kerakli miqdorda burg’ilash, uyumlarning mahsuldor maydonlarini belgilash va ularni chegaralash uchun burg’ilangan quduqlarda geologik, geofizik, gidrodinamik va boshqa tadqiqotlarni bajarish, neft va gaz zaxiralarini hisoblash, konni ishlatish loyihasini tuzish uchun qatlam va flyuidlarni geologik tuzilishini, fizik xossalarini o’rganish tushuniladi.
Mahsuldor qatlamlarni razvedka quduqlari bilan burg’ilab o’tish chog’ida ularni tester (qatlamni sinash asbobi) yordamida o’rganiladi va qatlam sharoitini saqlagan holda chuqurlikdan neft namunasi olinadi.
Izlov va razvedka burg’ilashiga tayyorlangan yangi maydonda neft yoki gazning sanoat miqyosidagi dastlabki oqimi chiqqan vaqtdan boshlab, to konni ishga tushirishgacha ketgan vaqt konni sanoat miqyosida razvedka qilish davri hisoblanadi. Ko’p qatlamli konlarni razvedka qilish, odatda eng foydali hisoblangan «pastdanyuqori»ga sistemasi bo’yicha amalga oshiriladi. Bunday sistema bo’yicha razvedka qilish eng kam quduqlar bilan ochilgan mahsuldor gorizontlarni va umuman konlarni sanoat miqyosida baholash imkonini beradi.
Kesimni neftgazliligini va tadqiqot olib borilayotgan maydonlardagi ayrim stratigrafik majmualarni tez o’rganish maqsadida kristall poydevor ustida joylashgan cho’kindi yotqiziqlarni razvedka quduqlari bilan ochish lozim. Agarda poydevor burg’ilash dastgohlari bilan etib bo’lmaydigan chuqurlikda joylashgan bo’lsa, u holda quduqlarni mahsuldor qatlamlarning ostki qismigacha burg’ilash tavsiya etiladi.
Quduqlarni burg’ilashdan olingan natijalar bo’yicha katta qilinlikdagi mahsuldor qatlamlarning gazneftliligini, struktura rejalarining farqini o’rganish va, shuningdek, murakkab tuzilishli gorizontlarning kesimda mavjudligi asosida razvedka qavatlari ajratiladi, so’ngra ular mustaqil to’rlar asosida burg’ilangan quduqlar yordamida razvedka qilinadi.
Juda yirik konlar va ayrim yirik uyumlarni razvedka qilishda quduqlar ko’pincha kesma sistemasi bo’yicha joylashtiriladi. Quduqlarni bunday joylashtirish bir vaqtning o’zida konning strukturasi, neft uyumining chegaralari to’g’risida va uyum zaxiralarini hisoblash va konni ishlatish loyihasini tuzish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Quduqlarni joylashtirishda kesma sistemasini ishlatish chiziqsimon cho’zilgan strukturalardagi uyumlarni razvedka qilishda, shu jumladan qatlam parametrlarini
(ayniqsa mahsuldor gorizontlarning qalinligini) burma o’qining cho’zilishiga ko’ndalang holatda o’zgarishi to’g’risida ma’lumot bo’lganda foydali hisoblanadi.
Ayrim holatlarda quduqlarni bir tekisda joylashtirish sistemasining quduqlarni kesma sistemasi bo’yicha joylashtirishga nisbatan afzallik tomonlari bo’lishi mumkin. Bunday holat ayniqsa noto’g’ri shakldagi yirik strukturalarni sanoat miqyosida razvedka qilishda, mahsuldor gorizontlar qalinligining o’zgarishi burma o’qi bo’ylab sodir bo’lganda va quduqlarning ko’ndalang kesmalari yo’nalishiga mos kelmagan taqdirda ko’zga yaqqol tashlanadi.
Gaz konlarini va ko’p qatlamli gaz konlarining ayrim uyumlarini razvedka qilishda, gazni bir qatlamdan ikkinchisiga o’tkazish amalga oshirilganda hamda gaz zaxirasini hisoblashda qatlam bosimini pasayish metodidan foydalanish yaxshi natija beradi.
Mahsuldor gorizontlarni jadal sur’atda aniqlash zaruriyati tug’ilganda quduqlarni burg’ilash jarayonida qatlamlarni sinagich uskunalari bilan o’rganishni amaliyotga tadbiq qilish zarur. O’zbekiston Respublikasida neftni chiqarib olish va konni ishlatishga tayyorlash metodlari yil sayin rivojlanib bormoqda. CHunonchi BuxoroXiva neft-gazli regionida yer qa’rining chuqur joylaridan neft va gazkondensat konlarini izlashda zamonaviy kompressor stantsiyalaridan foydalanilmoqda. Neft sanoati rivojlanishining hozirgi bosqichida bajariladigan izlanishlar va razvedka ishlarining muddatini qisqartirish va yangi neft hamda gaz konlarini kam xarajatlar bilan o’zlashtirish muhim hisoblanadi.
Sobiq Ittifoq va O’zbekiston Respublikasining bir qator regionlarida neftni chiqarib olish va konni ishlatishga tayyorlash bo’yicha bajarilgan ishlar tajribasidan ma’lum bo’lishicha, konni sanoat miqyosida o’zlashtirish va uni ishlatishga tayyorlash muddatini 1,5-2 marta qisqartirish mumkin ekan.
Konni sanoat miqyosida razvedka qilish tugagandan so’ng uyumni sanoat miqyosida ishlatish ishlarini ketma-ket bajarish sistemasidan foydalanish foydasiz ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu sistema neft chiqarib olish sanoatining rivojlanishini pasaytirib yuboradi. Ushbu sistemaga muvofiq bajariladigan ishlar quyidagi sxema bo’yicha amalga oshiriladi:

  1. uyum o’lchami va shaklini aniqlash hamda zaxiralarni S1 toifa bo’yicha baholash maqsadida bajariladigan dastlabki razvedka ishlari qariyb 2-3 yil davom etgan;

  2. uyumni chegaralash va zaxiralarni yuqoriroq A va V toifalarga o’tkazish maqsadida mukammal razvedka ishlari bajarilgan. Bunday ishlar konni o’lchami va geologik tuzilishining murakkabligiga qarab kamida 2-5 yil mobaynida bajarilgan;

  3. uyumning ayrim uchastkalarining geologik tuzilishini va uyumning parametrlarini aniqlash uchun ishlatish razvedka ishlari bajarilgan. Bunday ishlar neft va gaz uyumlarini ishga tushirish muddatini cho’zib yuborgan.

Uyumlarni razvedka qilish va ishlatishning bunday qat’iy ketma-ketlik sistemasi ayni paytda, neft va gaz qazib chiqarishni ta’minlay olmaydi. SHu bilan birga uyumlarni razvedka qilish va ishlatish texnikasining hozirgi darajasi shuningdek, neft va gaz konlarining geologik tuzilishini ilmiy jihatdan o’rganganlik darajasi konni o’zlashtirish va uni sanoat miqyosida ishlatishga tayyorlashni mukammal texnologik sxemalarini qo’llash imkonini beradi.
Chunonchi, oxirgi o’n yilliklar mobaynida ba’zi bir rayonlarda, shu jumladan Ukraina, G’arbiy Sibir va O’zbekistondagi ayrim neft va gaz konlarida yangi texnologik sxemalardan, ya’ni konni razvedka qilish va ishlatishning parallel va kombinatsiyalashgan sistemalaridan amalda foydalanildi. Bunday parallel sistemaning mohiyati shundan iboratki, neft va gazni sanoat miqyosida qazib chiqarish konni razvedka qilish va ishlatish uchun burg’ilash hamda razvedka va ishlatish quduqlarini burg’ilash razvedkaning mufassal, goho dastlabki bosqichida olib boriladi. Bunday sharoitda burg’ilash uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqaradi.
Kombinatsiyalashgan sistemaning parallel sistemadan farqi shundaki, bunda konni razvedka qilishda faqat ishlatish quduqlaridan foydalaniladi. Bunday sharoitda ishlatish quduqlari ikki asosiy vazifani bajaradi, ya’ni ular orqali kon razvedka qilinadi va keyinroq ulardan konni ishlatishda foydalaniladi. Binobarin bunday quduqlar burg’ilash jarayonida razvedka quduqlari vazifasini ham bajaradi va ularda razvedka jarayoniga xos bo’lgan: kern olish, kon-geofizikasi, gidrogazodinamik va b. tadqiqotlar bajariladi. Burg’ilash jarayoni tugagandan so’ng bunday quduqlardan konni ishlatishda va neft va gaz olishda foydalaniladi.
Neft va gaz uyumlarini sanoat miqyosida razvedka qilishning yangi sxemalarini
ishlatishda konlarni o’zlashtirish muddati, unga sarf bo’ladigan xarajatlar keskin kamayadi. Shu bilan birga razvedka qilishning bunday sxemalari konning geologik tuzilishi xususiyatlarini inobatga olishi, yangi konlarni tez va samarali o’zlashtirishni amaliyotda sinab ko’rishni va konni yanada mukammal o’rganishni talab qiladi.
Konni oxirigacha razvedka qilishda odatda ikki asosiy masala ko’ndalang bo’ladi: 1) mahsuldor bo’lish ehtimoli bor bo’lgan yangi uchastka va maydonlarni izlab topish; 2) kondagi neft-gaz zaxiralarini hisoblash uchun zarur ma’lumotlarni olish maqsadida va uyumni ishlatish bilan bog’liq masalalarni hal etish uchun avvaldan mavjud bo’lgan uyumlar parametrlarini aniqlash.
Yangi aniqlangan maydon va uchastkalarni oxirigacha razvedka qilishda, qoidaga ko’ra, razvedka quduqlari eng yuqorida joylashgan deb taxmin qilinayotgan uyumlar uchun loyihalanadi. Uyumlar cho’ziqligiga ko’ndalang yo’nalishda razvedka ishlari bajarilganda va quduqlar uyum parametrlari ma’lum tomondan noma’lum tomon yo’nalishi bo’yicha ketma-ket qazilganda eng yaxshi natijaga erishish mumkin.
Konni oxirigacha razvedka qilish sistemasi va burg’ilanadigan razvedka quduqlarining o’rni taxmin qilinayotgan neft (yoki gaz) uyumining tipi va shakliga qarab aniqlanadi. Agar neft (gaz) uyumi buzilish yoki nomuvofiqlik yuzalari bilan bog’liq bo’lsa, bunday sharoitda razvedka quduqlari buzilish yoki nomuvofiqlik yo’nalishiga ko’ndalang qilib joylashtiriladi. Yangi aniqlangan maydon va uchastkalarni oxirigacha razvedka qilishda mahsuldor gorizontning fatsial o’zgaruvchanligini, shuningdek, uning litologik qiyiqlanishini inobatga olish kerak. Neft (yoki gaz) uyumining parametrlarini aniqlash uchun burg’ilanadigan quduqlarni loyihalashtirishda ishlatish quduqlari fondining bir qismidan foydalanish mumkinligini hamda yangi burg’ilanadigan uchastkalar burg’ilangan uyumga o’xshash ekanligini inobatga olish zarur. Ochilgan neft va gaz gorizontlarini to’liq baholash uchun uyumning geologik tuzilishi kon-geofizikasi tadqiqotlari hamda quduqlarda (qatlam sinagichlari yordamida) bajarilgan sinov natijalari mukammal o’rganib chiqiladi.
Yangi ochilgan mahsuldor gorizontlarni, ayniqsa razvedka qilinayotgan rayonlardagilarini sanoat miqyosidagi ahamiyatini qiyosiy baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq:

  1. quduqda bajarilgan tajriba ishlari asosida aniqlangan quduq debiti miqdori va uning barqarorligi;

  2. kollektorning fizik-litologik tavsifi, qalinligi, g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi;

  3. struktura o’lchami, uning geologik tuzilishining murakkabligi, neft (gaz) uyumining struktura bilan o’zaro bog’liqligi va uyumning shakli;

  4. gorizontning rejimi, qatlam bosimi va uning razvedka quduqlarini sinash jarayonida o’zgarishi to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar, neftning gazga to’yinish bosimi, gaz omili, uning miqdorining quduqni sinash vaqtida o’zgarishi, quduqlarni o’zaro ta’siri to’g’risidagi ma’lumotlar;

  5. ushbu neftgazli oblastdagi mazkur gorizontning avval o’rganilgan boshqa mahsuldor gorizontlarga nisbatan stratigrafik joylashgan holati;

  6. gorizontning joylashgan chuqurligi, joyning relefi, temir yo’l magistrallari va asfalt yo’llarning yaqinligi va sh.o’.larga bog’liq bo’lgan iqtisodiy omillar.

Qayd etilgan barcha ko’rsatkichlarni birgalikda hisobga olish razvedka quduqlarini sinashdan olingan ma’lumotlarni to’liq baholashga imkon beradi. Konning sanoat miqyosidagi ahamiyati to’g’risida xulosa izlov-razvedka burg’ilashi va geologik, geofizik, gidrodinamik tadqiqotlar majmui ma’lumotlari tahliliga asoslanadi.
Konni baholashda hozirgacha burg’ilab ochilmagan, chuqurroqda joylashgan neftli va gazli gorizontlarning bo’lishi mumkinligini nazarda tutish kerak. Ochilgan neft gorizontlarni baholashda esa neft konlari uchun neft va yo’lakay gazning tavsifini, tabiiy gaz konlari uchun esa tabiiy gazning qatlam sharoitidagi tavsifini, shuningdek, neft va gazning tovar sifatini hisobga olish lozim.
Kon maydonlarida bajarilgan razvedka ishlari jarayonida jinslarning kesimini belgilash uchun tadqiqotlar olib borish, neftli va gazli gorizontlarni aniqlash, shuningdek, neft qatlamlarida neft va yo’lakay gazlar zaxirasini, gazli gorizontlarda esa gazning zaxirasini aniqlash uchun keng ko’lamda muhim tadqiqotlar o’tkaziladi.
Razvedka ishlaridan olingan ma’lumotlar puxta ishlanib, sistemaga solinadi. Natijada konning geologik tuzilishi, mahsuldor qatlamlar va qatlam suyuqliklarining fizik va kollektorlik xususiyatlari aniqlanadi.
Razvedka ishlarining piravordida ba’zi bir konlarda neft hoshiyasining mavjudligi belgilanadi. SHuning uchun razvedka quduqlarida, ayniqsa qatlamning chegara tashqarisi zonasiga tushgan quduqlarda qatlam bosimi miqdorini o’lchash va statik sathni belgilash uchun sinash ishlarini bajarish lozim. Bular asosida suvning regionda harakatlanishini va past bosimli zonalarda bo’lishi ehtimol qilingan neft hoshiyalarini topish mumkin.
Nihoyat, razvedka quduqlarida uyumni tajribaviy ishlatish vaqtida gidrorazvedka
(gidroeshitish) ishlarini amalga oshirish lozim. Bunday ishlar natijasida to’silgan neft uyumlari va mahsuldor qatlamlarning litologik tarkibini har xilligini aniqlash mumkin bo’ladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Download 11,69 Mb.