Tovarlar sifati ekspertizasi faniga kirish. «Tovarlar sifati ekspertizasi»




Download 61.72 Kb.
bet1/9
Sana13.04.2024
Hajmi61.72 Kb.
#194484
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-amaliy
Atmosfera fizikasi (Yu.Petrov, H.Egamberdiyev), Animatsion loyihalar yaratish, Ilmiy maqola va uing turlari, Райимкулов Отабек, 01.Boshlangich talim Savollar. Q2gvD5T, 1-topshiriq, Тесты ик тесты с 1 ответом-fayllar.org, maxliyo opa, mobil tex 12, salom, mavzu Tarbiya manbalarini o’rganish yo’llari.-fayllar.org, 6. loyihalashda BIM Muvaqqat fan dasturi, 1709381293, 1709381407, egamova.i. noan`anaviy energiya manbalari. (referat) (1)

Tovarlar sifati ekspertizasi faniga kirish.

«Tovarlar sifati ekspertizasi» o‘quv fanining maqsadi – oziq-ovqat tovarlarini ekspertiza qilishning ahamiyati, har bir guruh oziq-ovqat tovarlarining sifat ekspertizasini o‘tkazishning o‘ziga xos-xususiyatlari haqida nazariy va amaliy bilimlarni berishdan va amaliy ishlar bajarishga o‘rgatishdan iboratdir.


Ekspertiza (lotincha-tajriba) – bu fan, texnika, iqtisod, savdo va boshqa sohalarda maxsus bilim talab qilinadigan ma’lum bir masalalarni yechish uchun mutaxassis-ekspertlar tomonidan tadqiqotlar olib borish demakdir.
Ekspertiza xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llaniladi va uning quyidagi turlari mavjud:
a) tovar ekspertizasi;
b) texnologik ekspertiza;
v) sud ekspertizasi;
g) huquqshunoslik sohasida ekspertiza;
d) tibbiy ekspertiza;
e) auditorlik ekspertizasi;
j) ekologik ekspertiza va h.k.
Iste’mol tovarlari bozorida raqobatni tashkil etish, sifatini takomillashtirish hisobiga tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash zaruriyati ekspertiza uslublarini yaxshi o‘zlashtirgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab etmoqda.
Yuqori bayon etilgan maqsadlarga erishish uchun «Tovarlar sifati ekspertizasi» fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
a) «Tovarlar sifati ekspertizasi» fanining strukturasiga kiruvchi ekspertiza elementlarini aniqlash;
b) tayanch iboralar, atamalar va qoidalarni o‘rganish;
v) oziq-ovqat tovarlari ekspertizasi qo‘llaniladigan sohalarni aniqlash va ularni o‘tkazishning asosiy va tamoyillarini aniqlash;
g) oziq-ovqat tovarlarini ekspertiza qilish usullari va uslublarini o‘rganish;
d) oziq-ovqat tovarlarining sifatini ta’minlashdagi huquq va majburiyatlarni o‘rnatish;
e) oziq-ovqat tovarlarini ekspertiza o‘rnatish uchun zarur bo‘ladigan jihozlar va uslublarni o‘rganish;
j) oziq-ovqat tovarlari ekspertizasini o‘tkazishni tashkil qilishni bilish;
z) oziq-ovqat tovarlari ekspertizasi o‘tkazishda zarur bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish va natijalarni tahlil qilish qoidalarini bilish va boshqalar.
Har qanday fanni o‘rganish, avvalambor unda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarga ta’rif berishdan boshlanadi. Bu fandagi xuddi shunday tushunchalarga «Oziq-ovqat», «Oziq-ovqat mahsuloti», «Oziq-ovqat xom ashyosi», «Oziq-ovqat mahsuloti muomalasi», «Oziq-ovqat mahsulotining sifati», «Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi», «Ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar», «Oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati», «Oziq-ovqat mahsulotini qalbakilashtirish», «Toksikologik – gigienik ekspertiza» kabilar kiradi.
Tovarlar sifati ekspertizasi fanining ob’ektlari materiallashgan oziq- ovqat xom ashyolari va oziq-ovqat tovarlari hisoblanadi. Mazkur fan bo‘yicha nazariy bilimlarni bayon etishda oziq-ovqat tovarlari quyidagi guruhlarga bo‘linib, ularning sifatini ekspertiza qilishning o‘ziga xos-xususiyatlari bayon etiladi: don, un, yorma, non va makaron mahsulotlarining ekspertizasi; ho‘l va qayta ishlangan meva- sabzavot mahsulotlarining ekspertizasi; yog‘larning ekspertizasi; sut va sut mahsulotlarining ekspertizasi; go‘sht va go‘sht mahsulotlarining ekspertizasi; baliq va baliq mahsulotlarining ekspertizasi. Shunday qilib, oziq-ovqat tovarlari ekspertiza faoliyatining asosiy ob’ekti sifatida qaraladi.
Oziq-ovqat tovarlarining iste’mol qiymatini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlaridan biri ularning inson hayoti, sog‘ligi uchun xavfsizligi eng muhim hisoblanadi. Shu sababli ham bugungi kunda hayotiy faoliyatimizda qo‘llanilib kelinayotgan «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi (1993 y.), «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi (1993 y.), «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi (1996 y.), «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi (1997 y.) Qonunlarining qabul qilinishi buning yaqqol namunasidir.
Oziq-ovqat tovarlari bilan ishlaydigan sub’ektlarga esa tovarshunos-ekspertlar, marketologlar, sotuchilar, sotuvchi menejerlar, omborxona xodimlari, oziq-ovqat laboratoriyasi xodimlari kabilarni kiritish mumkin.
Tovarlar sifati ekspertizasi fanining predmeti bo‘lib oziq-ovqat tovarlarining iste’mol qiymati, shuningdek uni bilish va ta’minlash uslublari hisoblanadi. Faqatgina oziq-ovqat tovarlarining iste’mol qiymatigina ularning tovarligini belgilaydi, ya’ni ular iste’molchilarning aniq bir ehtiyojlarini qondiradi. Agar oziq-ovqat tovarlari qiymati bo‘yicha iste’molchi ehtiyojini qondirmasa, u holda bu tovarga talab shakllanmaydi va undan foydalanilmaydi.
Tovarlar sifati ekspertizasi fani ekspertlar, tijoratchilar, marketologlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashda kerak bo‘ladigan birdan-bir fan bo‘lmasdan u tabiiy-ilmiy, matematik, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish asoslari kabi umumixtisoslik fanlari bilan birgalikda o‘rganiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi sifat ekspertizasi, gigienik ekspertiza va fitosanitariya ekspertizasi singari ekspertiza turlarini o‘z ichiga oladi. Oziq-ovqat tovarlarining sifat ekspertizasining yakuniy xulosasi bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va shu asosda muvofiqlik sertifikati beriladi.
Gigienik ekspertizaning maqsadi oziq-ovqat tovarlarining kishilarning hayoti, sog‘ligi va iste’molchilarning mol-mulki uchun xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.
Oziq-ovqat mahsulotlariga gigienik talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) kimyoviy, radiatsion, mikrobiologik, xavfsizlik ko‘rsatkichlarini;
b) baliq va nobaliq suv jonivorlarining parazitologik xavfsizlik ko‘rsatkichlarini;
v) oziq-ovqat qo‘shimchalarining ruxsat etilgan konsentratsiya (PDK) ko‘rsatkichlarini va hokazolarni.
Davlat sanitariya xizmati organlari tomonidan oziq-ovqat tovarlari va xom ashyolariga berilgan gigienik sertifikati oziq-ovqat mahsuloti, texnologiya, uskuna va boshqa jarayonlar amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos ekanligini tasdiqlaydigan hujjatdir. Gigienik sertifikati oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
chiqarishga joriy etishda, chet el tovarlarini mamlakat ichkarisiga olib kirishda majburiy hujjat hisoblanadi.
Gigienik sertifkatni berish uchun asosiy hujjat akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari tomonidan beriladigan sinov bayonnomasi hisoblanadi. SHuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rab-joylash uchun ishlatiladigan materiallar, idishlar ham gigiena sertifikatiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Fitosanitariya ekspertizasi o‘simlik mahsulotlarining karantin xavfsizligini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Fitosanitariya ekspertizasining maqsadi qishloq xo‘jalik zararkunandalarining tarqalishining oldini olishdan iboratdir. Fitosanitariya ekspertizasining natijasi bo‘lib, ekspertiza dalolatnomasi yoki fitosanitariya sertifikati hisoblanadi. O‘simlik xomashyolariga fitosanitariya sertifikatisiz muvofiqlik sertifikati berish taqiqlanadi.



Download 61.72 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 61.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tovarlar sifati ekspertizasi faniga kirish. «Tovarlar sifati ekspertizasi»

Download 61.72 Kb.