|
Loyihalashda bim texnologiyalari muvaqqat fan dasturi
|
bet | 1/5 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 30,47 Kb. | | #155880 |
Bog'liq 6. loyihalashda BIM Muvaqqat fan dasturi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
FarPI rektori
__________O‘.R. Salomov
2023 yil “___” ____________
LOYIHALASHDA BIM TEXNOLOGIYALARI
MUVAQQAT FAN DASTURI
Bilim sohasi:
|
300 000 – Ishlab chiqarish texnika sohasi
|
Ta’lim sohasi:
|
340 000 – Arxitektura va qurilish
|
Mutaxassislik:
|
5340100 – Arxitektura
|
Farg`ona – 2023
Fan/modul kodi
BIMTD
(bakalavr)
|
O’quv yili
2023-2024
|
Semester
7
|
ECTS – kreditlar
5
|
Fan/modul kodi
Tanlov
|
Ta’lim tili
O’zbek/rus
|
Xaftadagi dars soatlari
6
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari ma’ruza/amaliy(soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Loyihalashda BIM texnologiyalari
|
24/36
|
90
|
150
|
2
|
I. Fanning mazmuni
“Loyihalashda BIM texnologiyalari” fani O‘zbekistondagi siyosiy va iqtisodiy rivojlanish, jamiyatni demokratlashtirish islohotlari, ijtimoiy va ilmiy – texnik taraqqiyot, mamlakatimizdagi arxitektura va qurilish sohasidagi olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini rivojlantirishda kerakli bilim va ko‘nikmalar beradi. Funksional hamda yangi qurilish ashyolaridan foydalangan holda, arxitekturaviy loyihalash va qurilishning uslublari rivojlana boradi. Bu o‘z navbatida yosh arxitektor mutaxassislar tayyorlashda yangicha texnologiyalarni qo‘llashni va yondoshishni talab etadi.
Arxitektor mutaxassislikligini o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor Arxitekturaning eng muhim qismi bo‘lgan “Loyihalashda BIM texnologiyalari” fanini o‘rgatishga qaratiladi. Ushbu fanning sillabusi zamonaviy bino va inshootlarni loyihalashdagi talablarni qamrab oladi.
Asosiy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1 – mavzu BIM texnologiyasi. Autodesk Revit dasturi imkoniyatlari bilan tanishuv.
BIM texnologiyasining zamonaviy arxitektura sohasidagi o’rni va ahamiyati. Autodesk Revit dasturini o’rnatish, interfeys sozlamalarini amalga oshirish. Asosiy ish stoli parametrlari bilan umumiy tanishuv. Autodesk Revit dasturini arxitektura va konstruksiya sohasidagi yutuqlari.
2 – mavzu. Autodesk Revit dasturi arxitektura bo’limi
Arxitektura bo’limi imkoniyatlari. Wall (devor) buyrug’i. Devor o’lchamlari, hususiyatlari. Tayyor devorni o’zgartirish. Tekstura berish. Devor chizish turlari.
Arxitektura bo’limi imkoniyatlari. Door (eshik) buyrug’i. Eshik o’lchamlari, hususiyatlari. Tayyor eshikni o’zgartirish. Tekstura berish. Eshik chizish turlari. Window (deraza), roof (tom), ceiling (potolok) buyruqlari. Deraza o’lchamlari, hususiyatlari. Tayyor derazani o’zgartirish. Tekstura berish. Deraza chizish turlari.
3– mavzu. Autodesk Revit dasturi konstruksiya bo’limi
Konstruksiya bo’limi imkonyatlari. Beam (to’sin) buyrug’i. Tayyor to’sinni o’zgartirish. Tekstura berish. Armaturalash. Column (ustun) buyrug’i. Tayyor ustunni o’zgartirish. Tekstura berish. Armaturalash. Column (ustun) buyrug’i. Tayyor ustunni o’zgartirish. Tekstura berish. Armaturalash. Structural foundation (poydevor) buyrug’i. Tayyor fundamentni o’zgartirish. Tekstura berish. Armaturalash.
4 - mavzu. Autodesk Revit dasturida bino elementlarini modellashtirish.
Bino fundamenti, devo, orayopmalar, eshik, deraza, pol, potolok va tom elementlarini modellashtirish. Cad dasturlarida fayllarni import qilish. Semeystva yuklash. O’lcham qo’yish turlari va qoidalari. Matn yozish va xonalar tasnifini shakllantirish. Tayyor bo’lgn binoni chegaraviy holatga sinash.
|
|
| |