|
PEYZOO’TKAZUVCHANLIK XARITALARI
|
bet | 143/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 8.4. PEYZOO’TKAZUVCHANLIK XARITALARI
Qatlamning energetik xususiyatlarini ko’rib chiqishda izobara xaritalarini tuzish orqali bosim taqsimlanishini o’rganishdan tashqari, qatlam bosimini qayta taqsimlanish jarayoniga ta’sir qiladigan qatlam va suyuqlikning elastik xususiyatlarini o’rganish kerak bo’ladi.
Ma’lumki, quduq ishga tushganda quduq tubi bosimi pasayadi, natijada neft qatlamda quduq tomon harakatlana boshlaydi. Qatlam tizimining elastiklik xususiyatlariga ko’ra quduqdagi bosimning o’zgarishi qatlamning quduqqa eng yaqin bo’lgan zonasiga bir lahzada uzatilmaydi, balki bu jarayon bir qancha vaqt mobaynida, asta-sekin sodir bo’ladi. Dastlab qatlam bosimi bevosita quduq tanasi yaqinida kamayadi, so’ng bu kamayish jarayoni qo’shni zonaga, keyin uyum chegaralarigacha va undan tashqariga - mahsuldor qatlamning tabiiy chegaralarigacha tarqaladi. Bosimning quduqdan to qatlamning tabiiy chegaralarigacha bunday asta-sekin o’zgarishi qatlam bosimining qayta taqsimlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon suyuqlik va jinslarning fizik xususiyatlariga bog’liq holda uzoq vaqt davomida (bir necha soatdan bir necha kungacha) sodir bo’ladi. Ishlayotgan quduqda bu vaqtni aniqlash uchun debit va bosim ketma-ket ikki marotaba o’lchanadi (ma’lum vaqt oralig’ida), agar o’lchov natijalari 10% dan ko’pga farq qilmasa, qatlam bosimi sodir bo’lgan qayta taqsimlanish natijasida quduqning ish rejimini barqarorlashgan deb hisoblash mumkin.
Qatlam bosimining qayta taqsimlanish jarayoni qatlam tizimining elastiklik darajasiga bog’liq. Tog’ jinsi va undagi suyuqlik hamda gaz qancha katta elastiklik xususiyatiga ega bo’lsa, qatlam bosimining qayta taqsimlanishiga shuncha ko’p vaqt talab qilinadi va aksincha. Agar qatlam tizimi elastiklik xususiyatiga ega bo’lmasa, ya’ni jins va undagi suyuqlik va gaz mutlaqo qattiq (siqilmaydigan) bo’lsa, u holda quduq ishga tushirilganda yoki uni ish rejimi o’zgartirilganda uyumdagi bosim bir zumda qayta taqsimlangan bo’lardi. Lekin bunday hodisalar amalda kuzatilmaydi, faqat qatlam tizimining elastikligi va shunga bog’liq holda qatlam bosimining qayta taqsimlanish tezligi o’zgarishi mumkin.
Qatlam tizimining elastiklik xususiyatlarini miqdoriy baholash uchun
V.N.SHelkachev majmuaviy ko’rsatkich haqidagi tushunchani kiritdi. Majmuaviy ko’rsatkich bosim 0,1 MPa ga kamayganda jins va suyuqlikning elastikligi hisobiga, jinsdan olingan suyuqlik hajmi jins hajmining qancha qismini tashkil qilishini ko’rsatuvchi qatlamning taranglik sig’imi koeffisientidir. Qatlamning taranglik sig’imi koeffisienti jinsdagi suyuqlikning elastik kengayishini, qatlam elastikligi tufayli g’ovak hajmining kamayishini hisobga oladi va qatlam tizimining solishtirma qayishqoqlik zaxirasini tavsiflaydi. Taranglik sig’imi suyuqlikning siqilish koeffisienti va jins skeleti (g’ovaklar) bilan quydagicha bog’langan:
x=ms+j, (8.17)
bunda m jinsning g’ovaklilik koeffisienti; s suyuqlikning siqiluvchanlik
koeffisienti, m2/N; j jinsning siqiluvchanlik koeffisienti, m2/N.
Taranglik sig’imi koeffisientidan foydalanib, V hajmli qatlamda bosim ma’lum bir qiymatga r pasayganda, muhitning elastiklik xususiyatlari hisobiga ajralib chiqqan suyuqlik miqdorini V х aniqlash mumkin, ya’ni bosimning pasayishida qatlamning qayishqoqlik zaxirasi quyidagicha aniqlanadi:
V х =x ·V·r bo’ladi. (8.18)
Qatlamning qayishqoq g’ovakli muhitidagi tug’yonlantiruvchi quduqdan tarqaluvchi bosimning qayta taqsimlanish tezligini baholash uchun V.N. SHelkachev tomonidan kiritilgan Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisientidan foydalaniladi. Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti χ qiymati jinsning va undagi suyuqlikning fizik tavsifiga bog’liq; uning miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ko't , (8.19)
χ
μ(mβs βj )
bunda χ Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti, m2/s; ko’t o’tkazuvchanlik
koeffisienti, m2; qatlam sharoitlarida suyuqlik (neft yoki suv) qovushqoqligi,
MPas; m jinslarning g’ovaklilik koeffisienti; s suyuqlik (neft yoki suv)ning siqiluvchanlik koeffisienti, m2/N; j jinsning siqiluvchanlik koeffisienti, m2/N.
(ms+j) qiymati qatlamning taranglik sig’imi koeffisienti x bo’ladi. Tegishli almashtirishlardan so’ng Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisientini aniqlash uchun quyidagi ko’rinishdagi formuladan foydalanamiz:
ko't . (8.20) χ х μβ
Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti qatlamda bosimning qayta taqsimlanishini miqdoriy baholash hamda tug’yonlantiruvchi quduqdan ta’sirlanuvchi quduqqacha bo’lgan masofada bosimning kamayish qiymatini aniqlash imkonini beradi. SHuningdek, uning yordamida tug’yonlantiruvchi quduqdan ta’sirlanuvchi quduqqacha bo’lgan masofada bosim pasayishining yoyilishiga va qaror topishiga ketadigan vaqtni aniqlash mumkin.
Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti qiymati qancha katta bo’lsa, qatlamda bosim shuncha tez tarqaladi va ishlatish quduqlari zonasida energiya zaxiralari shuncha tez to’ladi. Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti past bo’lgan qatlamlarda qatlam bosimi keskin tushib ketadi va quduq favvoralanishini tez to’xtashiga olib keladi; bu holda chegara tashqarisiga suv bostirish hisobiga energiyaning to’ldirilishi juda sekin kechadi.
Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisientini yoki qo’shni quduqlar tug’yonlantirilganda quduqning ta’sirlanishi ustidan kuzatuv olib borish yoki bosimning tiklanish egri chiziqlari bo’yicha aniqlanadi. Qatlam bo’yicha bu koeffisient miqdorining o’zgarishini tahlil qilish uchun odatdagi izochiziqlar xaritasini tuzish metodi bilan teng Peyzoo’tkazuvchanlik xaritalari tuziladi. Bunday xaritalar tarang rejimli sharoitlarda qatlamning ishlatishni tahlil qilishda qo’l keladi.
Qatlam bosimi o’zgarganda jinslarning siqiluvchanligi deyarli o’zgarmaydi, shu tufayli amaliy hisoblashlarda ushbu qatlam uchun uning qiymatini shartli ravishda doimiy deb qabul qilinadi.
Jinslarning siqiluvchanlik koeffisienti taxminan quyidagiga teng:
j=(1,41,7)10-5
Aniqroq hisoblashlar uchun J koeffisienti laboratoriyalarda aniqlanadi. Neft va suvlar uchun siqiluvchanlik koeffisienti 7-bobning mos ravishda 7.2 va 7.3 mavzularida keltirilgan.
Qatlamning elastiklik xususiyatlariga ko’ra uning hajmiy o’zgarishining mutlaq qiymati juda kam, lekin qatlamning umumiy balansida uning energetik xususiyatlarini namoyonlanishiga bosim va temperatura sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari suyuqlik hajmi uni gaz bilan to’yinganligiga qarab o’zgaradi. Qatlam hajmi va uni to’yintiruvchi suyuqliklar hajmi katta bo’lsa, elastik kuchlar qatlamning energetik balansi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lishi hamda qatlamdan neftni quduq tomon siqib chiqarishda sezilarli kuch hisoblanishi mumkin.
Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisientidan neft konlarini ishlatishda va ko’pgina masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin, shuning uchun uni aniqlash va o’rganish muhim ahamiyatga ega.
|
| |