-rasm. Izobaralar xaritasini tuzish sanasiga bosimlarni grafik usulda keltirish sxemasi
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Hosil bo’lgan nuqtalardan («pashsha» nuqtalar diagrammasi) bosimning o’rtacha (xronologik) pasayish egri chizig’i tuziladi. So’ngra bu egri chiziq bosimning pasayish sur’atini butun uyum uchun tavsiflaydi, degan faraz bilan, zarur sanada har qanday quduq uchun taqribiy bosim qiymatini aniqlash mumkin. Masalan, izobaralar xaritasi tuzish kuniga (joriy yilning yanvar oyi uchun) 1 va 2 quduqdagi bosimni aniqlash talab etiladi. Bunday notekis o’lchangan va to’plangan dalillarga asoslangan ma’lumotlar qatlamning alohida mahalliy uchastkalariga tegishli bo’lsa, u holda bosimni bir sanaga keltirishda ijobiy natijaga erishish uchun har bir quduqda o’lchangan qatlam bosimining o’zgarish egri chizig’idan foydalaniladi. Ayrim quduqlarning egri chiziqlari bo’yicha bosimni aniqlanayotgan sanaga keltirish usuli yuqorida keltirilgan usulga o’xshash. Ayrim quduqlarda bosimning notekis o’zgarishini ma’lum sanaga keltirish uchun qatlam bosimini o’rtacha pasayish egri chizig’idan foydalanish noto’g’ri natijaga olib kelishi mumkin. Chunki quduqlardan suyuqlikning bir maromda chiqarib olinmasligi va kollektorlarning litologik-fizik xususiyatlari (asosan uning o’tkazuvchanligi)ning har xilligi ayrim quduqlarda bosimning pasayish sur’atining turlicha bo’lishiga sabab bo’ladi. Qatlamning yotish chuqurligi (tog’ jinsining qiyalik burchagi) quduq tubi bosimiga ta’sir etadi (8.9-rasm). Bundan ko’rinib turibdiki, pezometrik yuza gorizontal holatda bo’lsa ham, ayrim quduqlar tubidagi bosim qiymati tog’ jinslarining qiyalik burchagi ta’sirida turlicha bo’ladi. Bosimning taqsimlanish tafsilotini aniqlash uchun uni shartli yuza sifatida qabul qilingan dengiz sathiga keltiramiz. Bunday holatda pezometrik yuza gorizontal bo’lsa, barcha quduqlardagi keltirilgan bosim qiymatiga teng bo’ladi va keltirilgan bosimdagi har qanday, hattoki juda oz miqdordagi nome’yorlikni ham oson aniqlash mumkin.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa -rasm. Izobaralar xaritasini tuzish sanasiga bosimlarni grafik usulda keltirish sxemasi
|