bunda neft (yoki suv) zichligi.
Hisoblangan neft ustuni balandligi (neft quduqlarida neft ustuni balandligi
bo’yicha hisoblash qulay) berilgan quduqning qatlam ustki qismidan hisobga olinib, keltirilgan izobara aniqlanadi (8.10-rasm). Dengiz sathidan pastda joylashgan izobara «manfiy», yuqoridagisi «musbat» ishora bilan yoziladi. Keltirilgan izobara tegishli ishora bilan quyidagi formula yordamida aniqlanadi: hL H , (8.14)
bunda h quduq tubi bosimiga teng bo’lgan suyuqlik ustuni (qatlamning ustki qismigacha), m; L quduq og’zidan qatlamning ustki qismigacha bo’lgan masofa, m; N quduq og’zining
8.11 rasm. Qatlamning ustki qismining turli holatlari ushun keltirilgan (l ) va xaqiqiy (h) izobaralarni
8.10 rasm. Keltirilgan izoaniqlash sxemasi baralarni hisoblash sxemasi
ishora bilan), m.
8.11-rasmda qatlamning ustki qismini mutlaq balandligi turlicha bo’lgan holatlar (hsh.i qatlamning ustki qismi izogipsi) uchun yuqorida ko’rsatilgan formula yordamida keltirilgan izobaralarni hisoblash ko’rsatilgan.
8.12-rasm. Braxiantiklinal burma ushun keltirilgan izobaralar xaritasi 1 – qatlamning ustki qismini izogipslari, m; 2 – keltirilgan izobaralar, m; bosim zonalari: 3 – yuqori, 4 – past;
5 – neftlilikning tashqi
chegarasi; nuqtalar bilan quduqlarning joylashgan joyi ko’rsatilgan
H isoblab topilgan keltirilgan izobaralardan keltirilgan izobaralar xaritasini tuzishda foydalaniladi. Buning uchun keltirilgan izobaralarni reja bo’yicha joylashtirilgan quduqlar yoniga yozib chiqiladi. So’ngra struktura xaritasini tuzish singari interpolyatsiya yo’li bilan keltirilgan izobaralar xaritasi tuziladi (8.12-
rasm). Bu xarita qatlamning egilish burchagining bosim miqdoriga ta’sirini istisno etadi va qatlam bosimlari
taqsimlanishini samarali tahlil qilish imkonini beradi. Xaritada qatlamni notekis ishlatish oqibatida yuzaga kelgan depressiya zonasining va yuqori bosimli zonalarning keskin tabaqalanishi aniq ko’rinib turibdi. Qatlamni ishlatishni tahlil
|
|