mavjudligida yoki qatlam suvining to’yinish hududidan to bo’shalish hududigacha qatlamda tabiiy bosim barqarorlashganda haqiqiy hisoblanadi. Ushbu formulalardan qatlamni ishlatishning faqat boshlang’ich bosqichida foydalanish mumkin. Qatlamdagi boshlang’ich tabiiy barqarorlik uyumni ishlatishda yoki uni uzoq muddat sinov tariqasida ishlatish buzilganda bu formulalar qo’llanilmaydi.
Shuni nazarda tutish kerakki, hisoblash ma’lumotlariga asoslanib belgilangan tutash yuzalarning to’g’riligi quduqdagi bosimning to’g’ri aniqlanganligiga (birinchi galda monometrlar yordamida) bog’liq. Hisoblash yo’li bilan aniqlangan neft-suv tutash yuzasi holatining to’g’riligi qatlamning gazli va suvli zonalaridagi gaz-neft va ayniqsa gaz-suv tutash yuzalari holatini quduqdagi bosimni o’lchab olingan ma’lumotlarga asoslanib aniqlanganlariga nisbatan ishonchli bo’lmaydi.
Hali foydalanishga topshirilmagan neft va gaz konlarida boshlang’ich bosimning taqsimlanishi uning turli qismlarida har xil bo’lishi mumkin. Boshlang’ich bosim qiymatlari orasidagi bu farq qatlamdagi suvlarning regional harakati bilan bog’liq. Holbuki, bosim gradientining qiymati ozgina o’garsa ham neft-suv yoki gaz-suv tutash yuzasining gorizontal holatining o’zgarishiga olib keladi (8.7-rasm).
Masalan, G’arbiy Boshqirdiston va Janubi-SHarqiy Tataristondagi Tuymazin, Bavlin, Romashkin neft konlarida devon davri yotqiziqlaridagi suv-neft tutash yuzasining qiyaligi yaqqol kuzatiladi; shu bilan birga hamma konlardagi tutash yuzaning qiyaligi shimoli-sharqdan janubi-g’arbga, yer osti suvlarining regional harakatlanish tomoniga qaragan. Rossiya Federatsiyasining Stavropol o’lkasi, Kuybishev va Orenburg viloyatlari hududlaridagi gaz konlarida gaz-suv tutash yuzasining qiya holati qayd qilingan. Uyumning siljish balandligini yer osti suvlarining oqim yo’nalishi bo’yicha bosimining o’zgarishiga ko’ra gidrostatik bosim tenglamasidan foydalanib aniqlasa bo’ladi.
Aytaylik I-I chiziqda (8.7-rasm) bosim r ga teng bo’lsin, u holda ushbu chiziqdan h
n balandlikdagi V qanotda r
1 bosim quyidagiga teng:
hnρn ,
р1 р
100
xuddi shu balandlikda A qanotdagi bosim r
2 esa mana bunday:
hnρs ;
р2 р
100
u holda bosimlar farqi quyidagicha
hisoblanadi:
р1 р2 р hsρn р hnρs ,
100 100
bunda neft uyumining siljish balandligi h
N quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
hn 100( р1 р2 ) . (8.11) ρs ρn
Gaz uyumining siljish balandligi h
g esa
h
g 100(
р1 р2 ) tenglama orqali aniqlanadi.
ρs ρg
Sof gaz uyumidagi gaz asosan metandan iborat bo’lgani uchun qatlam sharoitidagi gaz zichligini (suv bo’yicha) bosim 3 MPa bo’lganda 0,02, bosim 10
MPa 0,07 va bosim 15 MPa 0,11 g/sm
3 ga teng deb qabul qilsa bo’ladi.
Qatlam bosimi 15 MPa, qatlam suvi zichligi 1,11 g/sm
3 va bosimlar farqi 0,01 MPa bo’lganda gaz-suv tutash yuzasining siljish qiymati quyidagiga teng:
h
g 1 m.
Bosimlar farqi 0,01 MPa va qatlam nefti zichligi 0,7 g/sm
3 bo’lganda neft-suv tutash yuzasining siljish qiymati quyidagicha aniqlanadi:
h
n 2,5 m,
neft zichligi 0,9 g/sm
3 ga teng bo’lganda esa
h
n 5 m.
Demak, qatlamdagi bosimlar farqi bir xil bo’lgan holatda tutash yuzaning siljish qiymati gaz uyumida eng kichik, engil neft uyumida katta va og’ir neft uyumida eng katta miqdorga ega bo’ladi.
Rossiya Federatsiyasining Romashkin konida qatlam nefti zichligi 0,815 g/sm
3 va qatlam suvlari zichligi 1,18 g/sm
3 bo’lganda neft-suv tutash yuzasining 7 m ga siljigani kuzatilgan. Buning uchun bosimlar farqi quyidagi qiymatga ega bo’lishi lozim: р1 р2 h
n(ρ
s ρ
n) 7(1,180,815) 0,0256 MPa.