• 1.1. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari
  • Texnologiya
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 29,75 Kb.
    bet1/9
    Sana26.05.2024
    Hajmi29,75 Kb.
    #254372
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-Ma\'ruza. “Tarmoq texnologiyalari va administrlashtirish” fani haqida tushuncha





    Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha
    Reja.

    1. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari.

    2. Tarmoq texnologiyalari haqida tushunchalar.

    3. Kompyuter tizimlari.

    4. Kompyuter tarmogi haqida umumiy tushunchalar.



    1.1. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari
    Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga inson faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo'llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo'llashdan maqsad - jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir. Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan sohalarda boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to'liq va o'z vaqtida foydalanishni ta‘minlashga qaratilgan kompleks chora - tadbirlarni hamma joylarda tadbiq etish tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini hamma joyga tadbiq etish qabul qilinajak qarorlar samarasini oshiradi. Bu faqat milliy iqtisod rivojlanishining iqtisodiy ko'rsatkichlari o'sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish, aholining turmush darajasini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga yo'naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli ilmiy yutuqlarga erishishni ham ta‘minlaydi.
    XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan mehnat resurslarining og'ishmay axborotlar sohasiga o'tib borishi tendentsiyasi tabora yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish sur‘ati o'sishi va rivojlanishi jarayonida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo'lgan axborot hajmi oshib borayapti. Bu o'sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon bo'lmoqda.
    Globallashuv, axborot-kommunikatsiya taraqqiyoti axborot almashish jarayoni yanada tezlashtirishga xizmat qilayotir. Bugungi kunda maktab o'quvchisi, hatto bog'cha bolasi qo'lida ham mobil telefon borligi hech kimni ajablantirmay qo'ydi. Uyali aloqa vositalari, planshet, kompyuter texnologiyalari, internetning imkoniyatlari had-hududsiz ekanligi hammaga ayon. Kundalik turmushimizda oddiy voqelikka aylangan ana shunday zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan jamiyatimizning barcha a'zolari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar unumli foydalanishga intilmoqda.
    Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy tushunchalari haqida ma‘lumot beramiz.
    Axborot — bu yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to‘liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og‘zaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin bo‘lgan atrof-muhit (obyektlar, voqea- hodisalar) to‘g‘risidagi madumotlardir. [5]
    Texnologiya so‘zi lotincha “thexnos” -san‘at, hunar, soha va “logos” - fan degan ma‘nolarini anglatadi. Ya‘ni texnologiya - biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari kodinishini bildiradi.[4]

    Download 29,75 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 29,75 Kb.