|
Tarmoq texnologiyalari
|
bet | 8/9 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 29,75 Kb. | | #254372 |
Bog'liq 1-Ma\'ruza. “Tarmoq texnologiyalari va administrlashtirish” fani haqida tushunchaKompyuter tizimlari
Kompyuter tizimi (KT) deganda - axborotni odchash, uning shaklini o‘zgartirish va ishlash uchun modjallangan, funksional jihatidan birlashtirilgan hamda ist‘emolchiga, ya‘ni foydalanuvchiga u talab qiladigan ko‘rinishda axborotni (madumotni) taqdim etadigan tizim tushuniladi. Kompyuter tizimlari - odchash, hisoblash va boshqa yordamchi texnik vositalar majmuasidan iborat bodadi.
Kompyuter tizimini qurishdan maqsad - biror-bir jarayonni mantiqiy boshqarish vazifasini amalga oshirish, texnik diagnostika vazifalari, tasvirlarni ishlash va ko‘pgina boshqa-boshqa vazifalardan birini yoki bir nechtasini amalga oshirish hisoblanadi.
Kompyuter tizimlarini bajaradigan vazifalariga qarab tasavvur qilish nisbatan oson bodgan quyidagi xillarini keltirish mumkin:
odchashlar uchun modjallangan kompyuter tizimlari;
avtomatlashtirilgan boshqarish uchun modjallangan kompyuter tizimlari;
texnik diagnostika uchun modjallangan kompyuter tizimlari;
tasvirlarni ishlash uchun modjallangan kompyuter tizimlari va hokazo boshqa-boshqa xildagi hozirda ishlab chiqilayotgan kompyuter tizimlarining nomlarini keltirib ro‘yxatni davom ettirish mumkin. Masalan, video filmlarni yaratish jarayonida qodlaniladigan kompyuter tizimlari, gazeta, jurnal va kitoblarni nashr qilish kompyuter tizimlari va hokazo.
Endi esa kompyuter tizimlarining bir-nechta belgilariga asosan quyidagicha umumlashtirilgan klassifikatsiyasini keltiramiz:
Qo‘llaniladigan sohasiga qarab - sanoatda, tijoratda, moliya va marketing sohalaridagi kompyuter tizimlari.
Boshqariladigan ob‘ektning xiliga qarab - korxonadagi texnologik jarayonlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan KTlari, loyihalashni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan KTlari va korxonani boshqarish uchun mo‘ljallangan KTlari.
Natijaviy axborotni qanday qo‘llanilishiga qarab
axborot-qidiruv tizimlari, ular axborotni yig‘ish, saqlash hamda foy-dalanuvchining so‘roviga qarab kerakli madumotlarni topib berish vazifalarini bajaradi;
axborot-maslahat beruvchi tizimlar, ular foydalanuvchiga qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar berish vazifasini bajaradi;
axborot-boshqarish tizimlari, ular boshqarish uchun kerak bo‘ladigan madumotlarni yetkazib berish vazifasini bajaradi.
Kompyuter tizimlari - bitta kompyuterli, ko‘p kompyuterli va ko‘p prosessorli tizimlar sifatida quriladi. Bu tizimlar - tezkor (on line) va tezkor bodmagan (off line) rejimlarida ishlashi mumkin.
Kompyuter tizimlarini boshqarish - markazlashtirilgan va markazlash- tirilmagan tarzda amalga oshiriladi. Kompyuter tizimlarining vositalari - bir joyga to‘plangan holda, yoyilgan holda, madumotlarni bir sathli ishlash vositalari sifatida va ko‘p sathli ishlash vositalari sifatida quriladi.
|
| |