Telekommunikatsiyalar tarmog




Download 29,75 Kb.
bet3/9
Sana26.05.2024
Hajmi29,75 Kb.
#254372
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Ma\'ruza. “Tarmoq texnologiyalari va administrlashtirish” fani haqida tushuncha

Telekommunikatsiyalar tarmog(i bu - uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma dumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni ta‘minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui.
Telekommunikatsiyaning yadrosini tashkil etuvchi - telefon tarmogd XX asrda interaktiv xizmatlarning asosiy ikki aloqa turini - telefon va telegraf xizmatlari orqali amalga oshirilardi. Telegraf aloqasi asta-sekin o‘tmishning vositasiga aylanib bormoqda, lekin telefon aloqasi esa uning o ‘mini zabt etayotgani, infokommunikatsiyalar xizmatlari bozorining muhim o ‘rinlarini egallashda davom etmoqda. Boshqacha qilib aytganda, jahonda telekommunikatsiyalarning globallashuvi shakllanmoqda, aloqaning yangi avlodi jadal kirib kelmoqda.
XXI asrda telefon aloqasining sifatli rivojlanishi quyidagi yo ‘nalishlar asosida amalga oshiriladi:

    • Axborot uzatish, kommutatsiyaning raqamli usullariga o‘tishni tugatish;

    • Telefon tarmog‘i abonentlariga taqdim etilayotgan xizmatlar ko‘lamini oshirish;

    • Telefon tarmog‘ining asosiy elementlarida o‘tkazuvchanlik qobiliyatini maksimal oshirish;

    • Tarmoqdan foydalanish mavqeyini kengaytirish va turli texnik vositalar qurilishi uchun undan foydalanish;

    • Xizmat ko‘rsatish hamda ma‘lumotni uzatish servis sifati ko‘rsatgichlarini oshirish;

    • Aloqani barqaror ishlashini ta‘minlashda samarali texnik ekspluatatsiya usullaridan foydalanish;

    • Eng muhimi, telefon tarmoqlari qurilishi xarajatlar ko‘lamini kamaytirish, tarmoqni rivojlantirish va texnik xizmatlar ko‘rsatilishini ta‘minlashdan iboratdir.

Ma‘lumotni uzatish texnologiyasining so‘nggi tanlovi asosan geografik, iqtisodiy va siyosiy omillarga bog‘liq. Asosan, barcha bank tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadi. Ular orasida ISDN, X.25 tarmog‘i va Relay ham bor.
Infokommunikatsiyalar tizimlarining rivojlanishida NGN tizimi - yangi turdagi zamonaviy xizmatlarni o‘zaro qo‘llab quvvatlashga qodir. Bozorda yangi turli aloqa xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda. NGN avlod tarmoqlari orqali turli asosiy va qo‘shimcha xizmatlarni joriy etish ularni boshqarish va keyinchalik o‘zgartirish kabi muhim vazifalarni amalga tatbiq etish mumkin.

Download 29,75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 29,75 Kb.